“Xalqaro bank ishi va moliya” фани 1-mavzu. Globalizatsiya va xorijiy firmalar. Xalqaro valyuta tizimlari


 Yangi bank xizmatlarining paydo bo‘lishi, turlari va ularni joriy qilish yo‘llari



Yüklə 45,12 Kb.
səhifə12/12
tarix07.01.2024
ölçüsü45,12 Kb.
#209747
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-mavzu. Xalqaro bank moliya (1)

1.4. Yangi bank xizmatlarining paydo bo‘lishi, turlari va ularni joriy qilish yo‘llari.
Depozitlar yirik xalqaro banklar passivlarini katta qismini tashkil etadi. Misol uchun, 2017 yilning boshlarida olti yirik Yaponiya banklarining depozitlari jami passivlar summasining 84.7 foiziga yetgan. AQSHning yirik transmilliybanki hisoblangan Citucorp depozitlari -76,5%, Angliyaning Barclays Bankda- 80,7 %, Fransiyaning Bangue Nationale de Paris – 78,1 % va nemislarning Deutsche Bankida- 62,6 % ga yetadi. Xalqaro va transmilliy banklarning depozit siyosati qator o‘ziga xos tomonlarga ega. Ularning passivlari shakllanishida manbalarni kengaytirish hisobiga depozitlarni jalb qilishda ulgurji deb ataluvchi yondashish yetakchilik qilmoqda, buni tarkibida korxonalar, hukumatlar, individual omonatchilar, turli fondlarning mablag‘lari va xayriya jamiyatlarining ham bo‘sh mablag‘lari mavjud. TMBlarning faoliyatining xalqaro miqyosda kengayishi depozit bazalarini deversifikatsiya qilishga olib keladi, chunki omonatchilarning doirasi kengaymoqda va ssuda kapitalini yig‘ilish miqdori oshmoqda.
Iqtisodiyotni xalqaro milliylashuvi sharoitida TMB depozit bazasini
shakllanishida o‘ziga xoslik, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi
bilan va depozitlarni ―ko‘p valyutali‖ aspektda boshqarish bilan bog‘liqdir. Bu
shunda o‘z aksini topmoqdaki, TMB valyuta operatsiyalarini aniq yo‘lga qo‘yilgan
tizimda boshqarishni shakllantiradi, shu jumladan, valyuta bazalari o‘rtasidagi
muvofiqlikni ta’minlaydi. Xalqaro bozorda sodir bo‘layotgan hodisalarga qarab,
TMBlar o‘zining depozitlari miqdorini va hamda ularni valyuta tarkibini
o‘zgartirmoqdalar. Bu nafaqat xorijiy operatsiyalarning valyuta riskini
kamaytirish imkoniyatiniyaratibgina qolmay, balki undan kattagina foyda olish
imkoniyatini ham bermoqda.
TMBning kredit operatsiyalari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Albatta, tushunarli, harakat bir necha bor boshqacha tartibda amalga
oshiriladi. Avvalo, aytaylik rivojlanayotgan davlatda joylashgan ba’zi bir
kompaniyalar TMB mahalliy bo‘limlariga murojaat qilib kredit so‘raydilar. Undan
keyin yuqorida yozilgan barcha mexanizm ishga tushishi uchun harakatga solinadi.
Natijada kompaniya unga mahalliy banklar kredit berishi mumkin bo‘lgan foizga
nisbatan, ancha past foizda kredit oladi, chunki mahalliy banklar ushbu davlatni
barcha soliqlarini to‘lashadi va undan tashqari ular kapital bozoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri
chiqib arzon resursga ega bo‘la olmaydilar. Shunday qilib, o‘zining bo‘limlarini
ratsional joylashtirganligidan olgan afzalligini hayotga tatbiq etib TMBlar
raqobat jangida yutib chiqadilar.
Keyingi vaqtlarda xalqaro bank xizmatlarining murakkablashish tendensiyasi yuzaga kelmoqda. Shunday murakkab xizmatlardan xalqaro moliyaviy lizing, faktoring va forfeytinglar ulushi ayniqsa ko‘payib bormoqda. Lizing (inglizchada lease ijaraga olmoq), ya’ni lizing oluvchi buyurtmasi bo‘yicha sotib olingan yoki o‘zida mavjud bo‘lgan mol-mulkni lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchiga foydalanish uchun berilishini o‘zida mujassamlashtiradi. Bunda lizing oluvchi shartnoma bo‘yicha mana shu 
olinadigan mol-mulkni aniq kelishilgan ma’lum to‘lov bilan shartli muddatga ishlatish huquqiga ega bo‘ladi. Birinchi bo‘lib lizing Amerikaning ―Bel nomli telefon kompaniyasi tomonidan qo‘llanilgan, ya’ni ular telefon apparatlarini 
sotishmagan, balki foydalanish uchun ijaraga berishgan. Hozirgi vaqtda lizing beruvchi sifatida tarkibida lizing bo‘limi yoki 
lizing kompaniyalari bilan banklar qatnashmoqda. Lizing kompaniyalari odatda
banklar bilan juda chambarchas bog‘langan yoki ularning ―sho‘ba korxonalari 
hisoblanadi.
Yüklə 45,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin