Uchinchi davr – eramizgacha IV asr oxiri – eramizning IV asri qadimgi va antik davrlar san’ati va davlatchiliga tarixi. Bu O‘rta Osiyo viloyatlarining hokimlik sifatida Ahmoniylar
davlati va Aleksandr Makedonskiy saltanati tarkibiga kirish doi-
ra sida mahalliy davlatchilikning shakllanish vaqti. Bir vaqtning
o‘zida mahalliy davlatchilik uyg‘onishi jarayoni sodir bo‘ladi (Xo-
razm, Farg‘ona, Sug‘d, Qang‘yuy). Bu davr madaniyati va san’a-
ti unga zamondosh bo‘lgan «Eron-ahmoniy va sak-skif san’ati
(Amu daryo xazinasi) bilan aloqada rivojlanadi». Yunon-Baqtriya
va Xorazm antik san’ati rivoji mahalliy an’analariga tayanadi
(Baqtriya, Xorazm) va unga mahalliy san’at bilan qorishib ketgan
sharqiy ellinizm ta’siri sezilarli bo‘lgan. Mahalliy davlatchilikning
asosiy belgilari bo‘lmish rivojlangan tanga tizimi, shaharsozlik va
hunarmandchilik bilan birga Sug‘d va Xorazm mahalliy yozuvining
paydo bo‘lishi uni yanada mustahkamladi va rivojlantirdi. Umuman,
bu yahlitlik tarixiy davr uchun Old Sharq, Hindiston va Uzoq Sharq
mamlakatlari madaniyati an’analari bilan hamkorlikda san’atning
jadal rivojlanishiga xosdir.
O‘zbekiston madaniyati va san’atida qadimgi va antik davrlar
turli diniy, madaniy va badiiy an’analarning o‘zaro hamkorlik
o‘zga madaniy an’analarni idrok etishdagi umumiy tolerantlik bilan
11
bosqichi haqida guvohlik berib turibdi.
Bugun jamiyatning bozor
munosabatlariga o‘tishi davrida davlat san’atning bosh homiysi
hisoblanadi, ayni vaqtda, ijodiy erkinlik san’at va madaniyat
sohasida yetakchi va asos soluvchi tamoyil bo‘lib qolaveradi.
So‘nggi-yillarda respublikada «kuchli davlatdan kuchli jamiyatga»
tamoyili e’lon qilindi,
ya’ni o‘z yo‘nalishiga ko‘ra oshkora fuqaroviy
jamiyat qurishga bel bog‘laganmiz. Ilmiy tuzilma sifatida san’at shu
modelni amalga oshirishga ko‘proq moslashtirilgan. Aynan ijodiy
jarayonlar vositasida tolerantlik va oshkoralik g‘oyalarini jamiyatga
nisbatan barqaror va yanada samaraliroq tatbiq etish imkoni yuzaga
kelgan.
Madaniyat va san’atni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan
holda davlat ijodiy arboblarga o‘z badiiy g‘oyalarini erkin ifoda
etish uchun to‘la huquq berib qo‘ygan, bu O‘zbekiston intilayotgan
fuqaroviy jamiyatning imtiyozlaridan biri hisoblanadi.
Shunday qilib, bugun san’at madaniy va davlat qurilishining eng
muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Boy tarixiy o‘tmishi sharofati
bilan O‘zbekiston madaniyati va san’ati o‘ziga xos an’ana va
uslubni saqlab qolgan, bu ma’lum darajada madaniyatlarning o‘ziga
xosligiga tahdid solayotgan, tobora avj olib borayotgan sivilizatsiya
sharoitlarida g‘oyat muhimdir.