Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Mavzuga oid tayanch iboralar
Mustaqillik, tarixiy xotira, ma’naviy meros, teatr, kino san’ati, 
musiqa, tasviriy san’at, amaliy san’at, Yoshlar ittifoqi, ma’naviy qa-
driyatlar.
179
uchun» festivali shunday teatrlarda bolalarga xizmat ko‘rsatishni 
tubdan yaxshilash ishiga xizmat qiladi.
XXI asr o‘zbek teatrining taraqqiyotida alohida sahifa ochdi. 
Qadimgi ko‘ngilochar milliy tomoshalar va Yevropadan kirib kelgan 
maxsus teatrlar uyg‘unligida shakllangan o‘zbek teatri bu asrda 
haqiqiy o‘zbek milliy teatrini vujudga keltirdi. O‘zbekiston teatrlari 
o‘z ijodiy-uslubiy izlanishlari, turli asarlar talqinlariga yangicha 
yondashuvlar bilan teatr san’ati uslubi va ifoda vositalarning 
takomillashuviga sabab bo‘lmoqda.
Mustaqillik davrida teatrlarimiz faoliyatida ko‘pgina diqqatga 
sazovor o‘zgarishlar yuz berdi. Teatrlarning repertuar siyosati
rejissura va aktyorlik san’atidagi yangiliklar, spektakllarning prokati, 
tomoshabinlar bilan aloqalarning yangicha mazmun, shakllari va 
nihoyat, ushbu maxsus teatrlarning xalqaro san’at va madaniyat 
maydonida orttirgan tajribalari e’tiborga loyiq.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston teatrlari funksiyasi o‘zgardi. 
Ular o‘z faoliyatlarida tomoshabinlarga mazmundor, ta’sirli, qiziqarli 
spektakllar tayyorlashga ahamiyat berdilar. Mamlakatimizda 
faoliyat olib borayotgan professional teatr va teatr-studiyalari 
xalqimiz ma’naviy dunyosini, tafakkurini boyitadigan sahna asarlari 
yaratmoqdalar. Ushbu dargohlarda minglab ijodiy va texnik xodimlar 
faoliyat olib boryapti. 
Mustaqillik davrida birorta ham teatr o‘z faoliyatini to‘xtatgani 
yo‘q. Nodavlat va xususiy teatrlar paydo bo‘lmoqda. Teatrlarning 
xalqaro miqyosda yutuqlarga erishayotgani e’tiborni tortadi. 
Teatrlarimiz jamoalari AQSH, Turkiya, Pokiston, Germaniya, Polsha, 
Buyuk Britaniya, Isroil kabi xorij mamlakatlarida o‘tkazilgan turli 
teatr festivallarida qatnashib, turli sovrin va mukofotlarga sazovor 
bo‘lganligi quvonchlidir. Teatr ijodkorlari mamlakatimiz hayotining 
turli jabhalarida faol ishtirok etmoqdalar. Vatanimiz oliy organi – 
Oliy Majlisga, viloyat, tuman va shahar mahalliy Kengashlariga 
deputatlikka saylanmoqdalar. Bu esa teatr ijodkorlariga bo‘lgan 
yuksak ishonchning dalilidir. Teatr san’atimiz ayni kunlarda bozor 
iqtisodiyoti sharoitiga kirib bormoqda. 
2018-yil O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzurida ilk bor harbiy 
teatr-studiya - «Turon» tashkil etildi. Mazkur teatr nafaqat harbiylar 
va ularning oilalari, balki barcha uchun xizmat ko‘rsatadi.Boshqa 


180
sohalarda bo‘lgani singari, 2017-yil teatr san’ati sohasida ham keng 
islohotlar boshlandi. Eng avvalo, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan 
Harakatlar strategiyasida teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-
ma’rifiy tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, 
ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yildi. 
Madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, madaniyat 
va san’atning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, 
yosh avlodni milliy va umuminsoniyga sadoqat ruhida tarbiyalash 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat 
va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bugungi kunda 
mamlakatimizdagi mavjud 37 ta teatr faoliyatini ta’minlash uchun 
2017-yilning o‘zida davlat budjetidan 81 milliard so‘mdan ortiq 
mablag‘ ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-
yil 14-maydagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari 
xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy 
etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 
qaroriga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari artistlari, ma’muriy-
boshqaruv, badiiy-rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining mehnat 
haqi miqdorlari o‘rtacha 45 foizga oshirildi.
O‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos 
hissasining yuksak e’tirofi sifatida Ta’lim, fan va madaniyat 
masalalari bo‘yicha islom tashkiloti - AYSESKO tomonidan 
2007-yilda “Toshkent shahri – Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon 
qilindi. Aziz poytaxtimizning bunday nomga sazovor bo‘lganligi 
nafaqat xalqimizga, balki butun musulmon olamiga iftixor 
tuyg‘usini bag‘ishladi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bu asrlar 
davomida ajdodlarimiz lmom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja 
Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Mahmud az-Zamaxshariy 
kabi mutafakkir zotlarning diniy ilmlar sohasida qilgan buyuk 
kashfiyotlari, islom madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasiga yuksak 
bahodur. Bunday sharafga yurtimizning islom dini bilan bog‘liq 
tarixi, musulmon dini va madaniyatiga qo‘shgan hissasi, ulug‘ 
ulamolarning qoldirgan ma’naviy merosi, o‘z navbatida, ularni jahon 
miqyosida targ‘ib qilish borasidagi ishlar tufayli muyassar bo‘ldik. 
Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon 
qilinishi bilan bog‘liq bosh tadbirlar sifatida Toshkent va Samar qand 
181
shaharlarida “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘sh-
gan hissasi” mavzusida hamda Samarqand va Buxoro shaharlarida 
“O‘zbekiston – islom dunyosining buyuk mutafakkirlari yurti” mav-
zusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi. Anjumanga 
dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar Vatanimizda 
mustaqillikning ilk-yillaridanoq Sharq durdonalari sanalmish 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy 
obidalarni saqlash, qayta tiklash va ta’mirlash, qadimiy va boy 
merosimizni asrab-avaylash ishlarini ko‘rib lol qolishdi.
Toshkent shahriga «Islom madaniyati poytaxti» degan nomning 
berilishi xalqimizning farzandlarida g‘urur uyg‘otadi, ayni paytda 
yanada ko‘proq mas’uliyat yuklaydi. Yurtboshimiz so‘zlari 
bilan aytganda, «necha yuz-yillar mobaynida yurtimiz hududida 
yaratilgan buyuk madaniy va ma’naviy merosning tub mohiyatini, 
uning ko‘pchilikka ma’Ium bo‘lmagan qirralarini nafaqat musulmon 
olamiga, balki butun jahon ahliga keng targ‘ib qilish, shu tariqa 
islom dini tinchlik, ma’rifat, yuksak axloq-odob ifodachisi ekanini 
yana bir bor namoyon etish borasida ko‘p ish qilishimiz zarurligini 
yaxshiroq anglash talab etiladi.
Mustaqillik sharoitida ma’naviy isiohotlar zamirida madaniy-
ma’rifiy muassasalar faoliyati tubdan o‘zgardi, yangi mazmun kashf 
etdi, shaklan kamol topdi. Bu o‘zgarishlar istiqlol bergan imkoniyatlar 
asosida sodir bo‘ldi. Zero, bu sohaning yangilanishi tarixiy zarurat 
edi. Sobiq sho‘rolar davrida madaniy-ma’rifiy muassasalar xalq 
manfaatlariga xizmat qilish o‘rniga, zo‘raki ravishda kommunistik 
g‘oyalarni targ‘ib qilish maskanlariga aylantirilgan edi. Mustaqillik 
sharoitida esa madaniy-ma’rifiy muassasalar xalqning ma’naviy 
ehtiyojlarini qondirish, milliy an’analarini tiklash, xalq ijodini 
ravnaq toptirish, yangi milliy mafkurani targ‘ib etish maskaniga 
aylandi. Mustaqillik tufayli respublikamizda milliy-ma’naviy 
tiklanish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgandan so

ng, madaniy-
ma’rifiy muassasalar xalq ma’naviyati kamoloti yo‘lida xizmat 
qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 
Birinchi Prezidentimiz Farmoni asosida respublikamizda 
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi (hozirgi ma’naviyat 
va ma’rifat kengashi markazlari) va uning tarmoq tizimlarining 
vujudga kelishi madaniy-ma’rifiy muassasalar (jumladan, klublar, 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin