Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


MAVZU: MARKAZIY OSIYO VA ERON MADANIYATI



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

MAVZU: MARKAZIY OSIYO VA ERON MADANIYATI
Reja:
1. Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatning o‘ziga xos 
xususiyatlari.
2. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar madaniyati.
3. Yunon-Baqtriya madaniyati miqiyosida sharq elinistik 
madaniyati.
4. Qadimgi Eron madaniyati.
Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarga Markaziy Osiyodagi 
qadimgi madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari, hududimizdagi ilk 
davlatlar madaniyati haqida ma’lumotlar berish.
Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati 
tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning o‘rta asrlardagi madaniyatiga 
butun dunyo allaqachon munosib o‘rin bergan. Hatto Baqtriya
Marg‘iyona, Sug‘d, Parfiya, Farg‘ona, Xorazm, Choch xalqlarining 
qadimgi madaniyati ham jahon xalqlarini hayratga solmoqda. 
Markaziy Osiyo mintaqasining qadimgi madaniyatini o‘rganish o‘n-
yillar ilgari boshlangan bo‘lsa tadqiqotchilarning bu madaniyatining 
o‘ziga xosligi va boy mazmuni lol qoldirdi. Markaziy Osiyo 
madaniyati G‘arb va Sharqning buyuk madaniyat elementlarni bir 
butunlikda uyg‘unlashtirib o‘ziga xos individuallik kasb etadiki, bu 
xususiyat keyingi taraqqiyot uchun ham negiz bo‘lib qoladi.
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining vujudga kelishi sha-
roitlarini belgilashda dastavval jo‘g‘rofiy o‘rni va tabiiy vositalarga 
e’ti borni qaratish kerak bo‘ladi. Markaziy Osiyo mintaqasining 
tabiati turli millat bilan farq qiladi. Bu yerda serhosil vodiy va 
vohalar, sersuv daryolar, qaqroq cho‘llar, dashtu adirlar, Pomir va 
Tangritog‘ning baland muzofatlari bilan yonma-yon joylashgan. 
23
barcha turlari o‘z mohiyati, mazmuni bo‘yicha odamning mehnat
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan sezgisi, kayfiyati va fikrlarini ifodalash 
shaklidan boshqa narsa emas.
Orin’yak – salyutr bosqichiga kelib, tasviriy san’at vujudga kela 
boshlagan. Toshga, suyakka juda sodda ko‘rinishdagi suratlar tasviri 
tushirila boshlagan. Agar o‘sha davrda ibtidoiy odamlar tomonidan 
ishlangan suratlarga nazar tashlansa, ko‘proq hayvonlar va noaniq 
aks ettirilgan insonlar tasvirini ko‘ramiz, Madlen bosqichiga kelgach 
tasviriy san’at asarlari bir muncha mukammallasha borgan.
Neolit davri tasviriy san’ati asosan turli xil shakllarga boy bo‘lgan 
manzarali tasvir yo‘li bilan rivojlanadi. Bu davrga kelib, odamga 
xizmat qiluvchi, hatto kundalik turmushda ishlatiladigan oddiy 
buyumlarni, chunonchi, loydan ishlangan idishlarni ham bo‘yashga 
harakat qilishgan. Kiyimlar, uy jihozlari, qurollarga ham turli xil, 
ba’zan juda chiroyli naqshlar solingan.
Musiqa san’ati mehnat jarayonida paydo bo‘lgan. Ashula ham 
ish vaqtida chiqadigan ovozlardan va odamning harakatdagi ritmlik 
bilan chambarchas bog‘liq holda paydo bo‘lgan, ya’ni ashula dastlab 
ritmga solingan nuqtadan iborat bo‘lgan. Uning eng dastlabki sodda 
shakli regitativ ko‘rinish kasb etgan. Demak, ibtidoiy qo‘shiqdagi 
asosiy narsa ritmdir, shuning uchun ham sodda qo‘shiqlarning so‘zlari 
ko‘pincha ayrim tovush va so‘zlarni qayta-qayta takrorlashdan 
iboratdir. Kuy esa birmuncha keyinroq paydo bo‘lgan. Ibtidoiy 
davrda cholg‘u asboblari unchalik rivojlanmagan, eng qadimgi 
musiqa asboblarining barcha turlari – urib chalinadigan, puflab 
chalinadigan, keyinchalik simlik (kamon yoyining tebranishiga 
asoslangan holda paydo bo‘lgan) musiqa asboblari vaqtlar o‘tishi 
natijasida vujudga kela borgan. Raqs san’atining paydo bo‘lishi ham 
o‘ziga xos xususiyatga ega. Sodda raqs faqat gimnastika xarakteriga 
ega ekanligiga hech shubha yo‘q. Ovga yoki boshqa bir qabila ustiga 
yurish oldidan tushiladigan raqslar jismoniy tarbiya va mashq yoki 
o‘ziga xos ichki junbushga kelish yo bo‘lmasa qo‘zg‘alish xarakteriga 
ega bo‘lgan. Shuningdek ibtidoiy raqslar afsungarlik va totemistik 
tasavvurlar bilan ham bog‘liq bo‘lgan. Raqs tushganda ashula yoki 
musiqa chalinadi. Ko‘p qabilalarning tilida ashula va raqs bir so‘z 
bilan ifodalanadi. Madlen davriga oid bo‘lgan suratlarda raqs kiyimi 
kiygan va raqs tushib turgan odamlarning tasvirlari uchrab turadi. 


24
Demak, raqs yuqori paleolit davridayoq vujudga kelgan.
Sodda raqsdan san’atning yana bir turi – drama kelib chiqishi 
haqiqatdan ham, qoloq qabilalarning raqslari ko‘pincha chinakam 
tasviriy mazmunga ega va pantomima – so‘zsiz drama san’atining ilk 
shakllarini ifodalaydi. Ko‘pgina xalqlarda ekishdan tortib to yig‘im-
terimgacha bo‘lgan butun dehqonchilik jarayonini ifodalovchi 
ashulalarga cholg‘u asboblari jo‘r bo‘ladi. Shu bilan birga raqs 
tushilib, o‘sha jarayonlar dramatik ravishda ifodalanadi.
Ibtidoiy davrda og‘zaki ijodiy-folklor (inglizcha, folk – xalq, 
lore – ijodiyot so‘zidan olingan) keng rivojlangan. Uning eng 
dastlabki turi o‘tmish haqidagi rivoyatlar hisoblangan. Ertak alohida 
rivojlangan bo‘lsa, doston, topishmoq maqollar bir muncha keyinroq 
– inson miyasining keyingi taraqqiyoti mahsulidir.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviy madaniyatning turli-tuman 
elementlari kishilik jamiyati moddiy hayotining taraqqiyotiga 
bevosita bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji va tabiat 
hodisalariga bo‘lgan munosabatlarning chuqurlashuviga bevosita 
bog‘liq bo‘lgan. Kishilarning moddiy ehtiyojining oshishi natijasida 
mehnat unumdorligini oshirishga bo‘lgan intilish hamda shu 
paytgacha jumboq bo‘lib turgan tabiat hodisalarining asl mohiyatini 
ochishga bo‘lgan urinishlar ma’naviy madaniyati tashkil etuvchi 
turli xil elementlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin