Bemor chalqanchasiga boshini pastroq qo'ygan, oyoqlarini cho'zgan holatda yotadi.
Vrach esa unga o'ng tomondan yondoshishi lozim
Paypaslashni o'tkazish texnikasi
Agar perkussiya yordamida jigar chegaralarining pastga siljiganligi aniqlanmasa, unda
paypaslashni o'tkazish uchun chap qo'lning kafti va to'rtta barmog'i o'ng bel sohasiga
qo'yiladi va bosh barmoq yon hamda old tomondan qovurg'a yoyi bo'ylab bosiladi
0 ‘ng qo'l barmoqlarini ozgina bukkan holda uning kafti o‘rta o‘nlrov chizig‘i bo‘ylab
qovurg‘a yoyidan pastga qo'yiladi va barmoq uchlari bilan qorin devoriga ohista bosiladi
So‘ngra bemordan chuqur nafas olish so'raladi, vrachning qo'llari qimirlamay turishi
kerak. Bu jarayon bir necha marta takrorlanadi.
• Bunda shifokor jigar pastga siljib barmoqlarga kelishini va so'ngra siljib imdan
uzoqlashishini sezishi lozim
2. Jigarning pastki qirg‘og‘ini baholash (kattalashmagan jigarda)
Paypaslash vaqtida quyidagi holatlar baholanadi:
• Konturlari;
• Shakli;
• Og ‘riq bor yo ‘qligi; ■
• Konsistensiyasi.
♦ Mabodo jigar pastki qirg ‘og’i paypaslansa sog ‘lom kishida о ‘tkir, og ‘riqsiz, silliq
va yumshoq bo ‘ladi
0 ‘lchami kattalashgan jigarni paypaslash
Oldin o'tkazilgan perkussiya natijalari jigar chegaralarini pastga siljiganini ko'rsatsa
(ayniqsa gepatomegaliyada) uni paypaslash juda qulay.
• Bunda barcha chiziqlami (o'ng oldingi qo'ltiq ostidan, chap to'sh oldi chizig'igacha)
ozgina pastki qismi paypaslash nuqtalari bo'lib xizmat qiladi. Paypaslash vaqtida jigarning
pastki qirg'og'ini baholash bilan bir qatorda quyidagilarga e’tibor beriladi: