Jigaming dezintoksikatsiyalovchi faoliyati buzilganda bemomi ko'zdan kechirish
vaqtida qator belgilami aniqlash mumkin. Bular jigar belgilari deb atalib qonda estrogenlar
miqdorining ortishi va bir qator biologik faol moddalaming jigarda zararsizlantirilishining
buzilishi oqibatida yuzaga keladi.
♦ Tomirli yulduzchalar;
♦ «Jigar kaftlari»;
♦ Soch о ‘sishining buzilishi;
♦ Ginekomastiya - erkaklarda ко ‘krak bezlarining kattalashishi
PERKUSSIYA
jigar perkussiyasi uning o'lchamlari va yuqori hamda' pastki chegaralarini aniqlashga
imkon beradi. Uni o'pkaning pastki qirg'og'i bilan yopilgan qismi perkussiyasida tovushning
bo'g'iqlashgani aniqlanadi. Bu jigaming nisbiy bo'g'iqligi bo'lib, yuqori qismi a’zoning aniq
chegarasiga va diafragmaning gumbazi sathiga to 'g 'ri keladi. Jigaming o'ng o'pka bilan
yopilgan qismi ustida perkussiyasida mutlaq bo 'g 'iq tovush aniqlanadi. Bu jigaming mutlaq
bo'g'iqligi bo'lib, uning yuqori chegarasi o'pkaning pastki qismiga mos keladi
Perkussiya yordamida jigaming mutlaq bo ‘g ‘iqlik chegaralarini aniqlash
A - O'ng qo'ltiq osti oldingi chizig'i E - Oldingi o'rta chizig'i
В - O'ng o'rta o'mrov chizig'i F — Chap o'rta o'mrov chizig'i
D - O'ng to'sh oldi chizig'i
Jigar chegaralarini aniqlash
Jigarning yuqori mutlaq bo'g'iqlik chegarasini aniqlash
• Perkussiya ohistalik bilan bajariladi;
• Aniq o‘pka va bo'g'iq jigar tovushi orasidagi farqqa qarab chegaralar aniqlanadi.
0 ‘ng o'pka pastki chegaralarini aniqlashga o'xshash uchta vertikal chiziqlar bo'ylab
yuqoridan pastga qarab perkussiya o'tkaziladi:
• О ‘ng to ‘sh oldi chizig ‘i bo ‘ylab;
• 0 ‘ng о ‘rta о ‘mrov chizig‘i bo ‘ylab;
• O'ng qo'ltiq osti oldingi chizig'i bo‘ylab. .
Bunda plessimetr - barmoqni qovurg'alar oralig'iga parallel qo‘yish zarur.
Perkussiya bo'g'iqlashgan tovush aniqlanguncha amalga oshiriladi
Jigaming yuqori mutlaq bo'g'iqlik chegarasi o'ng to'sh oldi chizig'i bo'yicha
VI qovurg 'aning yuqori qirg 'og ‘iga to ‘g ‘ri keladi;
О ‘ng о ‘rta о ‘mrov chizig 4 bo ‘yicha VI qovurg‘aga to ‘g ‘ri keladi;
О ‘ng qo ‘Itiq osti oldingi chizig 'i bo 'yicha VII qovurg ‘aga to ‘g ‘ri keladi.