► Plessimetr barmoq taxminan mo'ljallangan jigar pastki qirg'og'iga parallel shunday
masofada qo'yiladiki, zarb ta’sirida timpanik tovush eshitilishi kerak (masalan, kindik
sathida yoki pastroqda).
Perkussiya quyidagi chiziqlar bo'ylab o'tkaziladi:
• O'ng o'rta o'mrov;
• O 'ng to ‘sh oldi;
• O'ng qo'ltiq osti chizig'i;
• Jigar о ‘Ichamlarining sezilarli kattalashishida chap to 'sh oldi chizig 'i bo ‘yicha.
► Navbatma-navbat yuqorida keltirilgan topografik chiziqlar bo'ylab plessimetr -
barmoq yuqoriga qarab timpanik tovush mutlaq bo'g'iq tovush chegarasiga yetganga
qadar sekin - asta surib boriladi.
► Plessimetr - barmoqni pastki qirg'og'idagi teriga belgi qo'yiladi
Jigarni Kurlov usuli bo‘yicha perkussiya qilishda qadamba-qadam bajariladigan harakatlar
Bemorning holati- Bemor chalqanchasiga boshini pastroq qo‘ygan, oyoqlarini cho‘zgan, qo'llarini yoniga uzatgan holda yotadi. Vrach esa unga o‘ng tomondan yondoshishi lozim.
Dastlab jigaming yuqori chegarasini aniqlash lozim. Buning uchun plessimetr - barmoqni ikkinchi qovurg‘a yo‘nalishiga parallel ravishda qo‘yish kerak.
• Perkussiya o‘rta - o'mrov chizig'i bo'yicha qovurg'alar oralig'i bo'ylab yuqoridan pastga qarab bajariladi (sog'lom kishida jigaming yuqori chegarasi V qovurg'a oralig'ida aniqlanadi,
• Marker bilan plessimetr - barmoqning aniq o'pka tovushi tomonida belgi qo'yiladi.
perpendikulyar ravishda kindik darajasida qo'yiladi;
• Pastdan yuqoriga qarab bo‘g‘iq tovush yuzaga
kelgunigacha perkussiya qilib boriladi (jigaming pastki
chegarasi, 66-rasm);
• Marker bilan belgilab qo‘yiladi;
• Yuqori chegarasini belgilash uchun o‘ng o‘rta o‘mrov
chizig‘iga perpendikulyar chapga tushiladi, birinchi
tekshirishda olingan oldingi o‘rta chiziq (xanjarsimon
o‘siq asosida) marker bilan belgilanadi