8
1.1 Xorijiy investitsiyalarning mohiyati, turlari va
investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillar.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib
«qo`yish», «mablag‘`ni safarbar etish», «kapital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng
ma`noda investitsiya mablag‘`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni
safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va
boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar
hamda
ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy
va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga
yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur.
Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va
ijobiy - ijtimoiy samaraga
erishishdir.
O`zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan
boshlab qabul qilindi va o`tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtirildi. Investitsiya
to`g`risida O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko`rsatilishicha,
investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga
erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘`lari, banklarga qo`yilgan omonatlar,
paylar, qimmatli qog`ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar,
mashinalar
asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.
Bu iqtisodiy ta`rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida to`laligicha faoliyat
ko`rsatishini aniq tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan,
investitsiyaning
o`ziga va investitsiya faoliyatining ob`ektlariga keng ta`rif berilgan; ikkinchidan,
investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog`liqligi
ta`kidlab o`tilgan.
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul
qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta
turini ajratish mumkin: