Himoyaga ruxsat beriladi


KIRISH  Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix12.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#112261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi:
O`zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi 
taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog‘liqligini bugungi kunda deyarli har bir 
mutaxassis va xo`jalik yurituvchi sub`ekt anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi 
kunda 
respublikamiz 
iqtisodiyotiga 
investitsiyalarni, 
xususan, 
xorijiy 
investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o`tkazilayotgan 
iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta`minlashning muhim asosiga aylanganligi 
bilan bog‘liqligini tushunib olish qiyin emas. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va 
siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning 
ahamiyati kattadir. Ma`lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda, jahon 
tajribalarini o`rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika 
sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.
Bu borada so`z ketganda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini 
ta`kidlashimiz lozim: "Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika 
va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va 
rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ....... nechog‘lik katta 
hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini kimgadir isbot qilib berishga hojat yo`q. Bu 
avvalombor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish, bu oxir - 
oqibatda respublikamiz hududlari, shahar va tumanlarimizdagi eng muhim ijtimoiy 
muammolarni yechish demakdir".
Investitsiyalar -
qayta ishlab chiqarishdan ortgan va endilikda uni kengaytirish, 
qo‘shimcha daromod olishga yo‘naltirilgan mablag‘‘lar (investitsiyalar) 
iqtisodiyotning hajm jihatdan o‘sishini, ya‘ni, yangi korxonalarning qurilishi, 
asbob-uskunalar keltirilishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi ta‘minlaydi. Bu 
masalaning bir tomoni, ikkinchi tomondan, investitsiyalar faqatgina iqtisodiyotdan 
tashqari so‘gliqni saqlash, ta‘lim, infratuzilmani yaxshilash (m.s qishloqlarda 
turmush tarzini oshirish), ichimlik suvi va atrof muhitni muhofazalash kabi 
muammolarning ham yechuvchisi sanaladi.
1.
I. Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O„zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo„llari va 
choralari” O'zbekiston nashriyoti, 2009 yil 


5
Shunday ekan bu masalani o‘rganish, tahlil qilish dolzarb hisoblanadi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin