Himoyaga ruxsat beriladi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix12.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#112261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
1-chizma 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni 
bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul 
birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, 
veksel‘‘lar va boshqa qimmatli qog`ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. 
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar, 
inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. 
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya`ni ular 
mulkiy shuquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy meshnatga oid shakldagi 
investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan 
iborat. Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor 
munosabatlarining nechog`lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o`ziga xos 
tomonlariga qarab har xil bo`ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi 
investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, ―nou-xau‖, kashfiyotlar, tovar 
belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi. 
Investitsiya 
turlari 
aqliy 
(intellektual)
moddiy
moliyaviy


10
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va 
uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog`ozlarga (aktsiyalar, 
obligatsiyalar) 
qo`yilishi 
mumkin. 
Investitsiyalar 
yalpi 
va 
sof 
investitsiyalargaajratiladi. Yalpi investitsiyalar – bu ishlab chiqarish vositalarining 
iste`mol qilingan qismini qoplash hamda ularni qo`shimcha o`sishi maqsadida ishlab 
chiqarish jamg`armalari va aholi mablag‘`lari qo`yilmalaridir. Boshqacha so`z bilan 
aytganda, yalpi investitsiyalar o`z ichiga amortizatsiya va sof investitsiyalarni 
qo`shadi. Sof investitsiyalarni aniqlash uchun yalpi investitsiyalardan amortizatsiya 
ajratiladi. 
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o`rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning 
ahvoli qanday ekanligini, ya`ni yuksalish, yo turg`unlik yoki pasayish davrini 
boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi investitsiyalar 
amortizatsiyadan ortiq, ya`ni sof investitsiya yuqori bo`lsa, iqtisodiyot yuksalishda 
bo`ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o`sadi. 
Yalpi investitsiya va amortizatsiya bir-biriga teng bo`lgan chog`da iqtisodiyot 
turg`unlik holatida bo`ladiBu vaziyatda sof investitsiyalar nolga barobar va iqtisod 
shu yilda qancha kapital iste`mol qilgan bo`lsa, uni qoplash uchun shuncha ishlab 
chiqaradi.Ishchan faollik pasayib borayotgan iqtisodiyotuchun (asegnatsiya holati) 
yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan kam bo`lgan holdagi vaziyat xosdir, ya`ni 
iqtisodiyotda yil davomida kapital ishlab chiqarilganiga nisbatan ko`proq iste`mol 
qilinadi. Bunday holatda sof investitsiyalar ishorasi manfiy bo`lib, uning mutlaq 
qisqarishini bildiradi. Natijada, yil oxirida kapital hajmi yil boshidagiga qaraganda 
kam bo`ladi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, 
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, 
intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda 
tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki 
investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo‘ladi. 
Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya`ni qarz va 


11
kredit), xamda bevosita va portfel‘ investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar nimaga 
yo‘naltirilganligi ular kaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin