Himoyaga ruxsat beriladi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix12.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#112261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Ikkinchi 
bob 
O‘zbekiston 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishda 
xorijiy 
investitsiyalarning ahamiyati va uning hozirgi holatining tahliliga bag‘ishlangan 
bo‘lib, unda mamlakatimining makroiqtisodiy investitsion faoliyati tahlili
shuningdek, xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlari bilan hamkorligi 
bayon etilgan. 
Uchinchi bob ―Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy 
investitsiyalarning o‘rni‖ mavzusini o‘qitishning texnologik modelini yaratish deb 
nomlanib, unda ushbu mavzu bo‘yicha ma‘ruza o‘qish texnologiyasi va amaliy 
mashg‘ulotlarni tashkil etishning texnologik modeli keltirilgan.
Xulosa va takliflar qismida ishga yakuniy, umumlashtiruvchi xulosalar 
berilib, tegishli takliflar kiritilgan.
 
 


7
I BOB: XORIJIY 
INVESTITSIYALARNING 
MOHIYATI VA JALB QILISH 
SABABLARI. 


8
1.1 Xorijiy investitsiyalarning mohiyati, turlari va 
investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillar. 
 
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib 
«qo`yish», «mablag‘`ni safarbar etish», «kapital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng 
ma`noda investitsiya mablag‘`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni 
safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va 
boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda 
ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy 
va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga 
yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. 
Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy - ijtimoiy samaraga 
erishishdir. 
O`zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan 
boshlab qabul qilindi va o`tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtirildi. Investitsiya 
to`g`risida O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko`rsatilishicha, 
investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga 
erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘`lari, banklarga qo`yilgan omonatlar, 
paylar, qimmatli qog`ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar 
asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir. 
Bu iqtisodiy ta`rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida to`laligicha faoliyat 
ko`rsatishini aniq tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning
o`ziga va investitsiya faoliyatining ob`ektlariga keng ta`rif berilgan; ikkinchidan, 
investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog`liqligi 
ta`kidlab o`tilgan. 
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul 
qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta 
turini ajratish mumkin: 


9

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin