Himoyaga ruxsat beriladi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix12.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#112261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
2-chizma 
Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror 
ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab 
chiqarishga qo`shiladigan investitsiyalar kiradi. Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga 
texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o`zlashtirishga 
qo`shiladigan investitsiyalar kiradi. Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson 
salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, 
nomoddiy 
ne`matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo`shiladigan 
investitsiyalar kiradi. 
Xorijiy investitsiyalar ko`lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya`ni xalqaro 
investitsiyalar ko`rinishiga ham ega bo`ladi. Xalqaro investitsiyalar – jahon 
mamlakatlari o`rtasida xarakatda bo`lgan investitsiyalardir. 
Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o`rtasidagi faol 
harakati zamonaviy jahon xo`jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib 
turuvchi xususiyatlariga aylandi. Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon 
Xorijiy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud:
KAPITAL
INNOVATSIYA
IJTIMOIY
asosiy fondlarni 
vujudga 
keltiruvchi va 
takror ishlab 
chiqarishga, 
shuningdek, ishlab 
chiqarishning 
boshqa shakllarini 
ishlab chiqarishga 
qo`shiladigan 
investitsiyalar
inson salohiyatini, 
malakasi va ishlab 
chiqarish 
tajribasini 
oshirishga, 
shuningdek, 
nomoddiy 
ne`matlarning 
boshqa shakllarini 
rivojlantirishga 
qo`shiladigan 
investitsiyalar
texnika va 
texnologiyalarning yangi 
avlodini ishlab chiqish 
va o`zlashtirishga 
qo`shiladigan 
investitsiyalar


12
xo`jaligidagi tovarlarni chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaktda 
xalqaro investitsiyalarning o`rtacha yillik o`sish sur`ati 30%dan oshadi. Bu 
ko`rsatkich jahon savdosi o‘sishi sur`atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro 
investitsiyalar o`zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo`lgan ishlab 
chiqarish, pul va tovar shakllarida jamgarilgan zaxiralarni mujassamlashtiradi. 
Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga, 
hamda davlatlararo harakatda bo`ladi. 
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, 
rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chikkan holda guruhlashtiriladi. 
Quyilish ob`ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.Real 
investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘`larini korxonaning moddiy va 
nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy 
kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog`liq bo`lib, ko‘pchilik hollarda 
investitsion loyixalar doirasida amalga oshiriladi. SHuning uchun shaxsiy 
mablag‘`lar bilan birga qarzga olingan mablag‘`lar xam foydalanilishi mumkin. 
Nomoddiy investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga 
oshirilib, kadrlarni tayyorlash va kayta tayyorlashga, ilmiy-tadkikot va tajriba-
konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini 
yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi.Fan-texnika taraqqiyotini tezlashuvi bilan 
intellektual salohiyat ishlab chiqarishni eng kuchli omiliga aylandi, uning jiddiy 
unsuri bo`lib qoldi. XX asr boshlarida fan ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish 
uchun sarflanadigan qo‘yilmalar oshib bordi. SHuning uchun ham jahonda real 
investitsiyalar tarkibida ilmiy izlanishlar, fan, ta`lim, kadrlar tayyorlash uchun 
sarflanadigan harajatlar o`sib bordi. Masalan, AQSH, Yaponiya va boshqa 
rivojlangan mamlakatlarda fan va ilmiy izlanishga sarflanadigan qo`yilmalar o`sish 
sur`atlari asosiy fondlarga sarflanadigan investitsiyalardan ustundir. Jahon bozoriga 
kirib borish, keng ko`lamda marketingni rivojlantirish, batafsil axborotga ega 
bo`lish, yuqori darajadagi komp‘yuter tizimlarini tashkil etishni, yuqori malakali, 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va mazkur sohada dunyodagi rivojlangan 
davlatlar darajasiga erishishni talab etadi. Shuning uchun xam jadal sur`atlar bilan 


13
rivojlanish real investitsiyalar tarkibida fan, texnika, ta`lim, kadrlarni kayta 
tayyorlash uchun sarflanadigan real investitsiyalar asosiy o`rinlardan birini egallashi 
zarur. 
Asosiy fondlarga sarflangan real investitsiyalar maqsadi sarflanish yo`nalishlari 
va boshqa ko`rsatkichlarga ko`ra hududlararo, tarmoqlararo, texnologik, qayta ishlab 
chiqarish tarkiblariga ega. Asosiy fondlarga sarflangan investitsiyalarni, ularning 
aktiv (mashinalar, asbob-uskunalar) va passiv (bino, inshootlar) qismlarini tashkil 
etish uchun sarflangan umumiy harakat yig`indisidagi ulushi investitsiyalarning 
texnologik tarkibini tashkil etadi. Qayta ishlab chiqarish tarkibi investitsiyalarning 
kanday maqsadlarga yo`naltirilganligi; yangi qurilishga, ishlab turgan korxonalarni 
kengaytirishga, rekonstruktsiyaga va yangi texnika bilan qayta kurollantirishga jalb 
qilingan harajatlarni umumiy harajatlardagi har birining nisbiy jihatdan ulushini 
ko`rsatadi. Investitsiyalarning hududlararo va tarmoqlararo tarkibi esa ularning 
nisbiy jihatdan hududlar va tarmoqlar bo`yicha taqsimotini bildiradi.Rivojlangan 
mamlakatlarda real investitsiyalarning asosiy qismini shaxsiy investitsiyalar tashkil 
etadi. Davlat sektorida real investitsiyalar sarfi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy 
muvofiqlashtirish siyosati asosida kreditlar, subsidiyalar ajratiladi, davlat kapital 
qo‘yilmalari muvozanatlashtiriladi va real investitsiyalar o`zlashtiriladi.Davlat 
tomonidan o`zlashtiriladigan investitsiyalar dastlabki bozor infratuzilishini va u 
bilan bog`liq bo`lgan tarmoqlarni rivojlantirishga sarflanadi. Investitsiyalarni 
samaradorligini oshirish asosiy kapitalni aktiv elementlarini vujudga keltirish va 
o`stirish hisobiga amalga oshiriladi. Investitsiyalar yo‘naltirilaetgan sohalar va 
ularni ishlatishdan olinadigan natijalarga kura real va moliyaviy investitsiyalarga 
bulinadi. Real investitsiyalar deb real kapitalning o‘sishiga olib keladigan, ya`ni 
ishlab chiqarish mablag‘lari, material boyliklarning o‘sishini ta`minlash uchun 
qo‘yilgan qo‘yilmalarga aytiladi. Moliyaviy investitsiya deb aktsiyalar, 
obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar uchun qo‘yilgan 
qo‘yilmalarga aytiladi. Bu qo‘yilmalar buyum ko‘rinishdagi kapitalning o‘sishini 
uzida mujassam etmasada, lekin foyda shu jumladan spekulyativ foyda ya`ni 
qimmatli qog‘ozlar kursi o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan foyda keltiradi. 


14
Moliyaviy investitsiyalarning ikki xil ko‘rinishida bo‘ladi. Aktsiyalarni sotib olish
real moddiy ko‘rinishdagi kapitalni yaratmaydi. Lekin kelajakda spekulyativ 
ko‘rinishda foyda olish mumkin bo‘ladi. Aktsiyalarni sotishdan tushgan mablag‘ni 
ishlab chiqarish uchun, asbob uskunalr sotib olish uchun sarflaganda u real kapitalga 
aylanadi va real investitsiya ko‘rinishini oladi. Shu sababdan qimmatli qog‘ozlarni 
oldi-sotdi operatsiyalari natijasida olinadigan spekulyativ foyda keltiruvchi 
moliyaviy investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni sotish natijasida pul ko‘rinishdagi 
real moliyaviy investitsiyalarni farqlash lozim.
Real investitsiyalarni tavsiflash ularni hajmi va daromad keltirishi asosida 
amalga oshiriladi. Moliyaviy investitsiyalar kapitalni, to`lov va moliyaviy 
majburiyatlarning barcha turlarini o`zida mujassamlashtiruvchi, moliyaviy 
aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vositalarning eng muhimlari 
qimmatli qog`ozlardir: ulushli (aktsiyalar) va qarz (obligatsiyalar). Real 
investitsiyalardan farqli o‘laroq moliyaviy investitsiyalarni ko‘prok portfel‘ 
investitsiyalar deb atashadi, chunki bu holda investorning asosiy maqsadi bo`lib 
moliyaviy 
aktivlarning 
mukammal 
yig‘masini (investitsiyalar portfelini) 
shakllantirish va qimmatbaho qog`ozlar bilan amalga oshiriladigan turli 
operatsiyalarni 
boshqarish 
hisoblanadi.Moliyaviy 
investitsiyalar 
shaxsiy 
kompaniyalar va davlat idoralari tomonidan muomalaga chiqarilgan aktsiyalarga, 
obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog`ozlarga va bank depozitlariga, uzoq 
muddatga jalb kilinadigan qo‘yilmalardir. Moliyaviy investitsiyalarning asosiy 
qismi, kapitalni noishlab chiqarish sohasiga sarflanishini bildiradi. Moliyaviy 
investitsiyalar aksariyat holatlarda real investitsiyalarning manbai bo`lib xizmat 
qilishi mumkin. Moliyaviy investitsiyalar erkin bozor infratuzilmasi rivojlangan 
mamlakatlarda, qimmatli qog`ozlar bozori orqali kapitalni sohalar bo`yicha 
taqsimlanishida muhim ahamiyatga bo`lgan davlatlarda ko`proq tarqalgan. 
Rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy investitsiyalarining tarkibida asosiy o`rinni 
shaxsiy investitsiyalar tashkil qiladi.
Shaxsiy investitsiyalar, tadbirkorlar, xususiy firmalar, kontsernlar va aktsioner 
tashkilotlar tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarga sarflanadigan mulkdorlik va 


15
intellektual boyliklarni anglatadi. Yetuk qimmatli qog`ozlar bozori mavjud bo`lgan 
mamlakatlarda shaxsiy investitsiyalarni ko`pgina qismi maxsus investitsiya fondlari 
tomonidan sarflanadi. Xorijiy investitsiyalarning moliyaviy shakli (portfel‘ 
investitsiyalar) milliy iqtisodiyotda istiqbolli korxonalarni aniklash va keng 
mikyosda investitsiyalashni amalga oshirishga asos bo`la oladi. 
Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha 
bo`lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga beriladi) 
bo`ladi. Masalan, oddiy aktsiyalar umuman biror – bir muddat bilan cheklanmaydi. 
Masalan, depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi – bu qisqa muddatli 
qo‘yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilda qaytarish muddati bilan uzoq 
muddatli qo‘yilmalar vositasidir. Lekin, uzoq muddatli qimmatli qog`ozlarni sotib 
olish va qisqa muddatdan, masalan olti oy o`tgandan so`ng, investor uzoq muddatli 
vositalardan qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko`pincha 
investorlar ana shunday vositalarni tanlaydilar va o`z pullarini qisqa muddatlarga 
qo`yishni xohlaydilar.
Mulk shakllaridan kelib chikib investitsiyalar xususiy, davlat, qo`shma va 
xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining 
va fuqarolarning mablag‘`larini tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga qo‘yilishini 
anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va davlat korxonalarining 
mablag‘`larini hududiy joylashtirilish bo`yicha investitsiyalar ichki va tashqi 
investitsiyalarga bo`linadi.
Xorijiy investitsiyalar davlat yoki xususiy investitsiyalar shaklida bo`lishi 
mumkin. Birinchi shaklda davlat investitsiyalari ishtirok etib, bunda bir davlat 
boshqa davlatga kreditlar yoki boshqacha shakldagi qarzlar berishi mumkin. Bunday 
munosabatlarga xalqaro huquq normalari qo`llaniladi. Ikkinchi shaklda esa, bir 
mamlakat xususiy firmalari, kompaniyalari yoki fuqarolari boshqa mamlakatning 
tegishli sub`ektlariga beradigan investitsiyalar tushuniladi. Davlat investitsiyalari 
deb davlat tomonidan milliy daromadning davlat byudjetining mablag‘lari 
ko‘rinishida mamlakat iktisodiningrivojlanishi uchun sarflaetgan mabalaglariga 
tushuniladi. Xususiy investitsiyalar deb xususiy kompaniyalar, axoli va tadbirkorlar 


16
tomonidan mabalglarning qo‘yilishiga aytiladi. Investitsiya munosabatlari shu 
darajada murakkab va ko`p qirraliki, ko`pincha davlatlar o`rtasidagi munosabatlar 
xususiy shaxslar o`rtasidagi munosabatlar bilan uzviy bog`langan bo`ladi. Bunday 
aloqa investor huquq va talablarni davlatga topshirganda yaqqol ko`rinadi.
Maqsadiga ko`ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel‘ investitsiyalarga 
bo‘linadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalni to‘g`ridan-to‘g`ri eksporti bo`lib, 
investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda 
korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy 
investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo‘ladi. 
Xalqaro statistikada investitsiyalarni BXIlar turiga kiritish bo`yicha har xil 
yondashuvlar mavjud. Xorijiy investorlar tomonidan nazorat qilish huquqini 
belgilovchi ko‘rsatkich sifatida ular ega bo`lgan aktsionerlik kapitalining hissasi 
ko‘rsatkichidan foidalaniladi. Bu ko‘rsatkich AQSHda 10%, Frantsiya va Buyuk 
Britaniyada 20%, Germaniyada 25%dan 50% gacha, O`zbekistonda esa 49% 
darajasida belgilangan. Shuningdek, shu korxonaning boshqaruvida bevosita amalga 
oshirilayotgan investitsiyalarning uzoq muddatli ekanligi xam uning muhim 
belgilaridan 
biridir. 
Investitsiyaning 
bu 
ko‘rinishi 
tavakkalchilikni, 
investitsiyalardan foydalanish samaradorligi uchun ma`suliyatni davlat va axoli 
zimmasiga yuklamasdan, balki ularni tadbirkorlik tizimlari o‘rtasida taqsimlashning 
eng yaxshi va sinalgan usuli hisoblanadi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin