Himoyaga ruxsat beriladi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix12.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#112261
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
2. Siyosiy omillar: 
 kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), 
offshor hududlari va boshq.); 
 rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish; 
 iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish
xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash); 
 bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar. 


20
1.2. Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb 
qilish sabablari. 
Chet el investistiyalari – kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor 
mamlakatlarning iqtisodiy sub‘ektlari hamda qo‘shma korxonalarning real va 
moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag‘‘lardir. Chet eldan investistiyalash kapital 
oqimining bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni 
yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investistiyalar chet ellik kapital egasiga 
qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag‘lar oqimini ta‘minlash 
maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib o‘tish, qochish, ya‘ni mamlakatlararo 
ko‘chib yurish xosdir. 
Huquqiy nuqtai nazardan ular o‘zlarining milliy huquqiy sharoitlarini qabul 
qiluvchi mamlakatning huquqiy sharoitlariga almashtiradilar. Chet el investistiyalari 
mohiyat jihatidan o‘z milliy investistiya muhitini o‘zga muhitga almashtiradi. 
Xavfsizlik, daromatdorlik, kapitallashuvdan tashqari chet el investistiyalarining 
o‘ziga xos muhim belgisi aniq maqsadlarni ko‘zlaydi. Shu sababli, o‘zaro 
manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, kirib borish sharoitlarini 
hisobga olish investistiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chishining asosini 
tashkil etadi. 
Chet el investistiyalari ichki investistiyalardan farqli ravishda mamlakat
valyuta, milliylashtirish, rekvizistiya kabi qo‘shimcha tavakkalchilikka to‘qnashish 
ehtimoliga ega bo‘ladi. Demak, chet el investistiyalarining risk doirasi ancha 
kengdir. 
Xorijiy investistiyalar kapitalni qulayroq joylashtirish hamda uzoq muddat 
davomida undan foyda ko‘rish maqsadida eksport qiluvchi mamlakatlarning kapital 
qabul qiluvchi mamlakatlarning real va moliyaviy aktivlariga qo‘yilishini bildirgan 
holda bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o‘tayotgan kapital oqimidir. 
O‘zbekiston uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida bevosita chet el 
investistiyalarini jalb etish vositalari ishlab chiqaradigan bazaviy sanoat tarmoqlarda 
yangi qo‘shma korxonalar barpo etish orqali jalb qilish ma‘qulroq. Bu bilan yangi 
texnologiyalarni, 
intellektual 
potenstialni 
va 
menejmentni 
rivojlantirish 


21
ta‘minlanadi, buning uchun investistiya muhitini yaxshilash, qo‘shma korxonalarni 
tashkil qilishda va yangi loyihalarga bevosita chet el investistiya oqimini har 
tomonlama rag‘batlantirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish kerak.
Xorijiy investistiyalarning o‘ziga hos xususiyatlaridan biri ularning 
mamlakatlararo ko‘chishi, faqat o‘z maqsadini ko‘zlashi, amal qilish sharoitlarining 
o‘zgarishi, ancha qulay shartlar bilan qo‘yilishi, ishonch qozonishi hisoblanadi. 
Demak, chet el investistiyalari bir iqtisodiyot sub‘ektlarining kapitalini boshqasiga 
bog‘lab qo‘yish bo‘lib, buning natijasida mamlakatlar va mintaqalar bo‘ylab kapital 
ko‘chishi yuz beradi. Xorijiy tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, bevosita chet el 
investistiyalarini jalb qilishning salbiy tomonlari ham bor. Chet el korxonalarining 
salbiy tomonlari – ichki bozorni boshqarish imkoniyatlari, ishlab chiqarishning 
baynalminallashuvi oqibatida ko‘plab chet el valyutasining chiqib ketishidir. 
Bevosita chet el investistiyalari eksportyor mamlakatning ishlab chiqarish 
kapitalini uni qabul qiluvchi mamlakatda bevosita tovarlar va xizmatlar ishlab 
chiqarish maqsadlarida kiritishdan iborat. Bunday investistiyalar korxonalar 
akstiyalari umumiy hajmining 10-25 %dan ortiq bo‘lmaydigan nazorat paketini sotib 
olish shaklida yoki o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini qurish yoxud qo‘shma 
korxona akstiyalarining kamida 25 %ini (AQSh va Jahon Tiklanish va Taraqqiyot 
banki statistikasi bo‘yicha esa kamida 10%) sotib olinganda bevosita investistiyalar 
hisoblanadi. 
Barcha hollarda ham bevosita chet el investistiyalari (BChI) kapital 
eksportyorlariga investistiyalash ob‘ektining ishlab chiqarish faoliyatini 
boshqarishda samarali qatnashish imkoniyatlarini yaratadi. Ular o‘z egasiga 
mamlakat chegaralaridan tashqarida investistiyalar kiritgan firmalar va korxonalar 
ustidan nazorat o‘rnatishni ta‘minlaydi, monopoliyalarga qo‘yilgan to‘siqlarni 
bartaraf etish, o‘z mahsuloti eksportini kengaytirish, xom ashyo va energiya 
manbalari ustidan nazorat o‘rnatish, ancha arzon ishchi kuchidan foydalanish 
imkoniyatlarini beradi. 
Kapitalga bo‘lgan talab va taklif bank foiz siyosati bilan tartibga solinadi. Bank 
foiz stavkasidan farq qilgan holda investistiyalardan tushadigan natija qanchalik 


22
yuqori bo‘lsa, investistiyalarga talab shu qadar ko‘proq bo‘ladi. Bu esa o‘z 
navbatida investistiyalarni moliyalashtirishning manbai tarzida bank kreditiga 
talabni yanada oshiradi. Bank kreditiga talabning ko‘tarilishi foiz stavkalarining 
yanada ko‘tarilishiga olib keladi. 
Respublikada ko‘p ukladli xo‘jalik iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida 
investistion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifalar 
quyidagilardan iborat:
 ijtimoiy va hususiy manfaatlarni;
 ayrim mamlakatlarni, korporastiyalarni, xalqaro moliya institutlarini,
 investorlar manfaatlarini to‘g‘ri aniqlash; 
 ularning o‘zaro maqbul nisbatlarini to‘g‘ri aniqlash;
 ularning huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilashva boshqalar. 
Ma‘lumki, chet ellik investorlar o‘z investistiyalarini kiritish to‘g‘risida qaror 
qabul qilar ekan, birinchi navbatda o‘zlarining manfaatlari va maqsadlarini hisobga 
oladi. O‘zbekistonda chet el investistiyalari davlat tomonidan qonun yo‘li bilan 
himoya qilinadi. Investistiyalashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab 
chiqilgan halqaro shartnomalarning tamoyillariga muvofiq belgilangan 
O‘zbekiston Respublikasi hukumati iqtisodiyotda, ayniqsa uning ustuvor 
tarmoqlarida sanoatlashtirish va zamonaviylashtirish borasidagi siyosatni amalga 
oshirishda bevosita xorijiy investistiyalarni rag‘batlantirish siyosatini yoqlaydi. 
Qulay investistion iqlim mamlakat tarmoqlarida tuzilmaviy o‘zgarishlarni tez 
amalga oshishiga, xorijiy investistiyalar hajmi oshishiga yordam bermoqda. 
O‘zbekistonda investistion siyosatning rivojlantirishni asosiy omillaridan biri – 
Davlatning investiston dasturidir. Ushbu dasturning asosiy maqsadi investirlarni 
manfaatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish va shuningdek ular uchun imtiyozli 
rejimlar joriy etilgan sohalarni aniqlashga qaratilgan.
Mamlakatimizdagi investistiya jarayonlarining takomillashib borayotganligi 
namoyon etuvchi yana bir jihat–davlat byudjetidan moliyalashtirish tarkibidagi 
nisbatlarning sezilarli darajada o‘zgarib borayotganligi hisoblanadi. Investistiya 
jarayonlariga davlat byudjetidan moliyalashtirilgan mablag‘‘lar dinamikasi shuni 


23
ko‘rsatadiki, agar 2005 yilda davlat byudjetdan moliyalashtirilgan mablag‘‘larning 
36,2% respublika byudjeti, 63,8% mahalliy byudjet hisobiga ta‘minlangan bo‘lsa, 
2009 yilda bu nisbat tegishli ravishda 35,5% va 64,5% ni tashkil etishi ko‘zda 
tutilmoqda. Bu esa investistiya jarayonlarini moliyalashtirishda mahalliy 
byudjetlarning ishtiroki va roli kengayib borayotganligini ko‘rsatadi.
Milliy 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishda xorijiyinvestistiyalarning ahamiyati 
benihoyat katta bo‘lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: 
- birinchidan, xorijiy investistiyalar ishlab chiqarishga zamonaviytexnika va 
texnologiyalarni joriy etib,eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni 
rivrjlantiradi; 
- ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va 
buning uchun xorijiy investistiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish 
va pirovardida aholining me‘yordagi turmush darajasini ta‘minlash imkonini 
yaratadi; 
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan 
ta‘minlaydi;
- to‘rtinchidan, 
korxonalarning 
eskirgan 
ishlab 
chiqarish 
quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi. 


24

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin