etiologiya, patogenez, uchrash chastotasi, vujudga kelish muddati,
rivojlanish
tezligi,
kechishining
og‘irligi
nuqtai-nazaridan
o‘rganiladi.
Ikkinchi bosqichda vrach harakati (harakatsizligi) turli
vaziyatlar nuqtai-nazaridan baholanadi.
Shartiilik tibbiy yordam ko‘rsatilgan sharoitni ko‘zda
tutadi. Formal va faktik sharoitlar farqlanadi. “Formal” sharoitlar
me’yoriy-huquqiy hujjatlar, idoraviy yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar,
buyruqlar va sh. k. bilan belgilanadi. “Faktik” sharoit deganda
mazkur holatda tibbiy yordam ko‘rsatilgan, tibbiy xodimning
imkoniyatida bo‘lgan sharoitni anglatadi.
Asoslanganlik nuqtai-nazaridan baholash tibbiy xodimning
harakat qilishi uchun turtki bo‘lgan asoslarni o ‘rganishni ko‘zda
tutadi. Bular qatoriga bemor shikoyatlari, patologik holatning klinik
namoyon bo‘lishi, aniqlangan patologiya va uning asoratlarini
rivojlanish qonuniyatlari, rejalashtirilgan yoki o ‘tkazilgan tibbiy
muolajalarning ehtimoliy oqibatlarini kiritish mumkin.
Tibbiy xodim harakatlari o‘z vaqtida yoki o ‘z vaqtida
bo‘lmasligi mumkin. Patologik jarayonning rivojlanish tezligi va
kechish og‘irligi nuqtai-nazaridan o‘z vaqtida amalga oshirilgan
harakatlar
Dostları ilə paylaş: