Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Tibbiy xodimlarning lavo/im jinoyatlari



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Tibbiy xodimlarning lavo/im jinoyatlari
Lavozim jinoyatlari boshqamv tartibiga qarshi yo ‘naltiriladi 
va bu tibbiy xodimlar faoliyatiga nisbatan bu turdagi jinoyatlardan 
“Hokimyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish” (205-modda), 
“Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish” 
(206-modda), “Mansabga sovuqqonlik bilan qarash” (207-modda), 
“Mansab soxtakorligi” (209-modda), “Pora olish” (210-modda) 
kabi holatlar ko‘proq uchrab turadi.
Qayd etilgan jinoyatlaming subyekti faqat mansabdor shaxs 
bo‘la oladi. Qonunchilikka muvofiq mansabdor sifatida mulk 
shaklidan qat’iy nazar tashkilot, muassasa, korxonada ma’muriy- 
xo ‘j alik, tashkiliy, taqsimlash va nazorat qilish huquqiga ega bo ‘lgan 
shaxslar tushuniladi. Tibbiy xodimlardan ushbu toifaga sog‘liqni


saqlash muassasalari rahbarlari va ulaming o‘rinbosarlari, muassasa 
tuzilmalari rahbarlari (bo‘lim, bo‘linma, laboratoriya, dorixona 
mudirlari), shuningdek bosh (katta) hamshiralar taalluqlidir.
Vrachlar va o‘rta tibbiy xodimlar o ‘z kasbiy vazifalarini 
bajarish jarayonida, ya’ni tashxisot, davolash, profilaktika 
amaliyotlarini o ‘tkazishda, mansabdor shaxs hisoblanmaydi va 
mos tarzda mansab jinoyatlarining subyekti bo‘la olmaydilar. 
Ammo, ayrim holatlarda ular mansabdor shaxs sifatida e’tirof 
etilishi va shunga ko‘ra javobgarlikka tortilishlari mumkin. Bu 
kabi hollar vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish, 
nogironlikni aniqlash, attestatsiyadan o‘tish masalasini hal etish, 
toifa kategoriyasini berish, harbiy xizmatga layoqatni (ruxsat berish 
yoki ozod etish) aniqlash va shu kabi holatlarda kuzatiladi. Bunday 
holatlarda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar mansab jinoyatlari sifatida 
talqin etilishi mumkin.
Mansab jinoyatlari quyidagi uchta belgining bo‘lishi bilan 
ajrab turadi:
1. mansabdor shaxsga egallab turgan mansabiga mos tarzda 
unga yuklatilgan majburiyatlarini buzishi;
2. ijtimoiy xavf alomatlarining vujudga kelishi;
3. huquqbuzarlik va oqibat o ‘rtasida bevosita sabab-oqibat 
bog‘lanishining mavjudligi.
Hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish 
deganda, fuqarolaming huquqlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan 
manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p 
miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkazilishiga olib kelgan 
mansabdor shaxsning o ‘z vakolatlaridan qasddan foydalanishi 
tushuniladi. Masalan: noto‘g‘ri taqsimlash, ishga qabul qilish 
va xodimlami ishdan bo‘shatish, muassasa rahbari tomonidan 
xodimlarni asossiz rag‘batlantirish yoki jazolash; aniq ko‘rsatmalar 
bo‘lganda bo‘lim mudiri yoki navbatchi vrach tomonidan 
bemorning yotqizilishini rad etilishi yoki ahvoli og‘ir bemorlami 
shifoxonada erta chiqarilishi.


Agarda shu kabi oqibatlar mansabdor shaxs tomonidan o‘ziga 
qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan 
harakatlami qasddan sodir etishi natijasida vujud kelsa, hokimiyat 
yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish sifatida baholanadi. 
Bunda mansabdor shaxs tomonidan ma’lum holatlarda amalga 
oshirilishi ko‘zda tutilmagan harakatlami sodir etishi inobatga 
olinadi. Masalan, shifoxona bosh vrachining birgalikda echilishi 
lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan shaxsan bir o ‘zi qaror qabul 
qilishi; oila vrachi birdan 30 kunga vaqtincha mehnatga yaroqsizlik 
varaqasini berishi va sh. k.
Mansabdor shaxsning o‘z vazifalariga loqaydlik yoki 
vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida ulami bajarmasligi 
yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolaming huquqlari yoki 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki 
jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon 
etkazilishi, fuqarolarga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir tan jarohati 
etkazilishi, odam o ‘lishi; giyohvandlik vositalari va psixotrop 
moddalarning ko‘p miqdorda 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat yoki 
bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga 
sabab bo‘Isa, mansabga sovuqqonlik bilan qarash sifatida 
baholanadi. Masalan: tibbiy xodimning sanitariya-epidemiologiya 
tartibini qo‘pol darajada buzishi og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargan 
shifoxona ichi infektsiyasining tarqalishiga sabab bo‘lishi; 
fizioterapiya bo‘limida texnika xavfsizligi talabalarining buzilishi 
elektrotravma natijasida bemorning o'limiga sabab bo‘lishi; 
rentgen apparatning nosozligi yoki mutaxassisning yo‘qligi sababli 
rentgenologik tekshiruv o ‘tkazishning imkoni bo‘lmaganligi kalla 
suyaklaridagi jarohatlarni aniqlanmay qolishiga sabab bo‘lishi. 
Bu kabi holatlarda davolash-diagnostika jarayonini tashkil etishga 
mas’ul bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari yoki ularning 
tuzilmalarining rahbarlari mansabga sovuqqonlik bilan qaraganligi 
uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Mansabdor shaxsning g ‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlami


koV.lab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar 
kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib, soxta hujjatlar 
tuzishi va taqdim etishi fuqarolaming huquqlari yoki qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat 
manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon etkazilishi 
mansab soxtakorligi sifatida tasniflanadi. Nisbatan jiddiyroq jazo 
bu kabi jinoyatlarni takroran yoki uyushgan guruh manfaatlari 
yo‘lida sodir etilgan holatlar uchun ko‘zda tutilgan. Masalan: harbiy 
xizmatdan ozod qilish yoki aksincha, yuborish maqsadida soxta 
hujjat taqdim etish; tan jarohatining og‘irlik darajasini pasaytirish 
uchun vrach qovurg‘adagi siniqni kasallik tarixida qayd etmasligi. 
Aksariyat holatlarda ushbu jinoyat boshqa jinoyatlar, masalan, pora 
olish bilan birga sodir etiladi.
Pora olish deganda mansabdor shaxsning o‘z xizmat 
mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin 
bo‘lgan 
muayyan 
harakatni 
pora 
berayotgan 
shaxsning 
manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan 
o ‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, 
moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy naf ko‘rishi tushuniladi. 
Jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlarga bir guruh mansabdor shaxslar 
tomonidan oldindan til biriktirib, uyushgan guruh manfaatlarini 
ko'zlab, ta’magirlik yo‘li bilan, mas’ul mansabdor shaxs tomonidan 
sodir etilishi va juda ko‘p miqdorda pora olinishi kiradi.
Mansab jinoyati bo‘lmasa ham, boshqaruvning belgilangan 
tartibiga qarshi jinoyatlar toifasiga “tovlamachilik yo‘li bilan haq 
berishni talab qilish” (214-modda) ham kiritilgan. Tovlamachilik 
bilan haq berishni talab qilish, ya’ni davlat organining mulk 
shaklidan qat’iy nazar korxona, muassasa yoki tashkilotning, 
jamoat birlashmasining, fuqarolar o ‘z o ‘zini boshqarish organining 
mansabdor shaxs boim agan xizmatchisining xizmat vazifasi 
doirasiga kiradigan muayyan ishni bajarishi yoki xizmat ko‘rsatishi 
evaziga haq berishni yoki mulkiy yo‘sindagi manfaatni talab qilish, 
shuningdek, shaxsan qasddan fuqarolaming huquqlari yoki qonun


bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishining oldini olish uchun 
haq berishga majbur etadigan ahvolga solib qo‘yishi tovlamachilik 
bilan haq berishni talab qilish sifatida tasniflanadi. Ushbu jinoyat 
subyekti sifatida deyarli barcha tibbiy xodimlar - vrachlar,o‘rta va 
kichik tibbiy xodimlar ham bo‘lishi mumkin.
Tibbiy xodimlaming mansab jinoyatlarining aksariyati 
asosan qasddan sodir etiladi, faqat mansabiga sovuqqonlik bilan 
qarash bundan mustasno bo‘lib, u asosan ehtiyotsizlik orqasida 
vujudga keladi.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin