Vobkent tuman “Barkamol avlod ” bolalar maktabining 2022- yili davomidagi faoliyati bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi



Yüklə 58,24 Mb.
səhifə8/12
tarix13.09.2023
ölçüsü58,24 Mb.
#143161
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Sh.Salimov HISBOT YILLIIK 2022

Line_follower_tanlovi
2022- yilning 11-noyabr kuni Vobkent tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Robototexnika" to'garak a'zolari o'rtasida "Line follower" viloyat tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.Tanlovda estetik did bilan, nizom talablariga javob beradigan robot yasagan va faol ishtirok etgan tògarak a'zolari maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Unga ko‘ra,
O‘rin ,,Robototexnika" to'garagi a'zosi Erkinov Shaxzod
O‘rin ,,Robototexnika" to'garagi a'zosi Raxmatov E'zozbek
O‘rin "Robototexnika " to'garagi a'zosi Qobilov Sharofjonlar egallashdi.


E R K I N V O H I D O V - Q A L A MI O' T K I R I J O D K O R !
Vobkent tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Yosh adabiyotshunoslar" to'garagi o'quvchilari tomonidan iste'dodli shoir Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligiga bag'ishlab tadbir tayyorlandi. Tadbirda xalq arbobining o'lmas xazinalari bo'lmish asarlari o'qib eshittirilib, Erkin Vohidovning she'rlaridagi chuqur ma'no mohiyati o'quvchilar ongiga yana bir bor singdirildi.Tadbir davomida tògarak a'zolari tomonidan Erkin Vohidovning hayoti va ijodi hamda asarlari yuzasidan sahna kòrinishlari namoyish etildi.Xalq shoiri Erkin Vohidovning hayoti va ijodiga baģishlab òtkazilgan tadbir òquvchilar ongida chuqur taassurot qoldirdi.

Buxoro viloyati Vobkent tuman "Barkamol avlod " bolalar maktabining Tasviriy san'at tògaragi a'zosi Raupova Azizaning chizgan suratlari viloyat Yoshlar ittifoqi markazida tashkil etilgan kòrgazmaga taqdim qilindi. "Yilning eng iste'dodli rassomi" nominatsiyasi bilan taqdirlangan Azizaning chizgan suratlari hakamlar hayati tomonidan maqul topilib esdalik sovĝalari bilan taqdirlandi.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari "Direktorlar Kengashi" hududlarda......


Buxoro viloyati Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyati bilan Sirdaryo viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Mirzohamdamova Mohira yaqindan tanishdi.Tanishuv jarayonida Vobkent tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida mavjud tògaraklarning mashg'ulot jarayonlari bilan tanishdilar va pedagoglar bilan òzaro ilģor ish tajribalarini ommalashtirish tògrisida qizģin mulohazalar olib borildi.Shuni ham aytish joizki, Robototexnika yònalishida yuqori natijalarga erishgan toģarak a'zosi Erkinov Shahzod tomonidan tayyorlangan "Electromobile Car " mashinasi ishlash mexanizmlari bilan tanishib òtdilar.

#Ijodkor bolalar ta'tilda..


Vobkent tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Ijodkor bolalar ta'tilda" shiori ostida "Zamonaviy raqslar " ko'rik tanlovi bo'lib o'tdiKo'rik tanlovda "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garaklariga qatnashuvchi raqsda iste'dodli o'quvchi yoslar qatnashdilar. Ko'rik tanlovda zamonaviy va milliy raqslar namoyish etilib, raqslar barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi."Ijodkor bolalar ta'tilda" shiori ostida "Zamonaviy raqslar " ko'rik tanlovining tashkil etilishidan ko'zlangan asosiy maqsad o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish va "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garaklariga o'quvchilarning qiziqishlarini yanada oshirishdir.

Buxoro viloyati Vobkent tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan 23-umumiy órta ta'lim maktabida tashkil qilingan Tasviriy san'at tògaragi a'zolari ishtirokida joriy yilning 18-noyabr kuni Ózbekiston Respublikasi Davlat bayroĝi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan rasmlar tanlovi bòlib òtdi.Oq qoĝozda davlat ramzlarini tasvirlayotgan òquvchilar qalblarida vatanga bólgan muhabbat va shukronalik hissini tuygan holda bugungi tanlovda ishtirok etishdi Mustaqil Ózbekistonimizning gòzal tarixi, bejirim inshootlari, takrorlanmas kelajagi va milliy davlat ramzlari bor ekan mamlakatimiz taraqqiy etaveradi.Rasmlar tanlovi yakunida ĝolib òquvchilar aniqlanib taqdirlandi.

⏳"KUCH BILIM VA TAFAKKURDA!
Bugun 25-noyabrda Vobkent tumani Barkamol avlod bolalar maktabida tògarak rahbarlarining bilim va tafakkurlarini sinab kòrish maqsadida "Zakovat" intellektual òyini tashkil etildi.Òyinda pedagoglar 3 ta guruhda "Intelligent" "Renessans" "Bingo" guruhlarida jamoaviy tarzda faol qatnashdilar.Qizģin tarzda davom etgan bellashuv "BINGO" jamoasining ģalabasi bilan yakunlandi.G'oliblarga diplom va badiiy kitoblar esdalik sifatida topshirildi.Zero, zakovatli muallim qòlida ta'lim oluvchi òquvchilar zukko va dono kelajak avlodlari bòladilar.

✅"20- noyabr Butunjahon bolalar kuni" va "8-dekabr Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi" munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni" Respublika kòrik-tanlovining tuman bosqichi 29-noyabr kuni Vobkent tuman "Barkamol avlod " bolalar maktabida tashkil etildi.Kórik- tanlov quyidagi yónalishlarda tashkil etildi:
1."Bola huquqlari "ga oid rasm
2." Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida" mavzusida oid rasm.
Ishtiroklarning ijodiy ishlari 2 yònalish bóyicha hakamlar hayati tomonidan kórib chiqildi hamda Nizomga muvofiq baholandi.Tanlovda ishtirok etgan to‘garak a'zolari maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovĝalari bilan taqdirlandilar. 1-órinni Tasviriy san'at tògaragi a'zosi Raupova Aziza egalladi va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qólga kiritdi.

Buxoro viloyat Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi o’quvchilarining Viloyat “Barkamol avlod”da tashkil etilgan “Xalq ta’limi sovrini” ko’rik tanlovi va “Bolalarga bering dunyoni” tanlovlarda ishtiroki

Yüklə 58,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin