Vobkent tuman “Barkamol avlod ” bolalar maktabining 2022- yili davomidagi faoliyati bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi



Yüklə 58,24 Mb.
səhifə2/12
tarix13.09.2023
ölçüsü58,24 Mb.
#143161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sh.Salimov HISBOT YILLIIK 2022

Malumotnomasi
B uxoro viloyati Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida joriy yilning 15-sentabr kuni “Ochiq eshiklar “ kuni tantanai ravishda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Ma’lumki, davlatimiz mustaqilligining 31 yilligini keng nishonlamoqda. “Ochiq eshiklar” kuni o’quvchi qizlarning ajoyib raqslari va ifodali she’r o’qishlari bilan boshlandi. O’zbekiston Respublikasi madhiyasi hilpirab turgan davlat bayroqlari ostida yangrar ekan qalblarimizda o’zgacha vatan shukuhi barq urdi.Dastlab maktab direktori G.Mirzayeva so’zga chiqib, o’quvchi va to’garak rahbarlarini mustaqilligimizning 31 yilligi hamda “Ochiq eshiklar” kuni birinchi qo’ng’iroq tantanasi munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etdi. To’garak rahbarlari tomonidan maktab hovlisida qo’l ishlari yarmarkasi tashkil qilindi. ajoyib raqslar ketidan birinchi qo’ng’iroq sadolari yangradi va barcha o’quvchilar mustaqillik darslariga kuzatib qo’yildi.



Maktab zimmasiga o’quvchi –yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali ularning boshlang’ich kasb-hunar sirlarini o’rganishini ta’minlash, kelajakda Vatan koriga yaraydigan qilib tarbiyalash maqsadidao’zlari sevgan kasb yoki hunarni o’rganishi uchun zamin hozirlash, maktabda faoliyat olib borayotgan bo’limlar faoliyatini bugungi davr talablari asosida tashkil etilishini ta’minlash vazifasi turadi.




Ana shunday vazifalarni to’laligicha amalga oshirish maqsadida esa 2022 yil davomida amalga oshirish lozim bo’lgan vazifalar asosida maktabning joriy o’quv yiliga mo’ljallangan ish rejasi tuzilib, Pedagogika kengashida tasdiqlandi va o’quv yili davomida ushbu reja asosida faoliyat olib borildi.Rejada belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish maktab monitoring mutaxassisi tomonidan amalga oshirildi.


“Barkamol avlod” bolalar maktabida amalga oshirilishi lozim bo’lgan faoliyatni to’liq shakllantirish, amaliyotga tadbiq etish uchun aniq bir asos bo’lishi tabiiydir. Belgilangan faoliyatning asosi esa – maktab pedagogika kengashi, Direktor huzuridagi yig’ilishlari, maktab pedagog hodimlar bilan o’tkazilgan o’quvlar, maktab iqtidorli o’quvchilar bilan olib borilgan faoliyat, yuqori tashkilotlardan kelgan xat va buyruqlarning bajarilishi, o’quv yilining birinchi va ikkinchi yarim yilligi bo’yicha to’garaklar a’zolarining bilim, malaka, ko’nikmasini aniqlash maqsadida olib borilgan Davlat talablari asosida oraliq nazorat ishari natijalari, har oyning birinchi jumasida o’tkaziladigan Ma’naviyat o’quvlari, 2022- yil “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla ”yiliDavlat dasturi asosida tuzilgan chora-tadbirlarning bajarilishi, to’garak a’zolarining ma’daniy hordiq chiqarilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan turli tadbirlarorqali amalga oshiriladi.

Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilganligi va uning samaradorligi haqida to`xtalar ekanmiz, avvalo, maktabda o`tkazib boriladigan tadbirlarning saviyasi, ularning o`tkazilish jarayonida maktab o`quvchilarining qo`l ishlari ko`rgazmalari muntazam tashkil etilib borishi barchaga manzur bo`ladi.


Kitobxonlikni yanada rivojlantirib borish va kitob mutolaasiga bo`lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida “Bolaga kitob bering”, “Zukko kitobxon” nomlari ostida kitob yarmarkasi, ko`ngilochar tadbirlar tashkillashtirildi. Shular jumlasidan kitobxonlikni yanada targ`ib qilish maqsadida turli tanlovlar, tadbirlar, musobaqalarda g `olib ishtirokchilarga kitoblar hadya etib borilyapti.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Manaviyat va ijodni qo’llab- quvvatlash maqsadli jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-5039-sonli va 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5040-sonli qarorlari ijrosini hamda Viloyat hokimining 2021 yil 17 fevraldagi 1/744-sonli “Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig’ilish bayoni” 4-ilovasiga muvofiq “Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2022 yilga mo’ljallangan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha boshqarma, korxona va tashkilot hamda muassasalarda har hafta seshanba kuni “Ma’rifat soati” o’tkazish rejalashtirilgan. Shularni inobatga olgan holda maktabda har haftaning seshanba kuni “Ma’rifat soat”lari va har oyning birinchi juma kunida “Ma’naviyat o`quv”lari o`tkazilib kelindi. O`tkazilish yuzasidan ma’lumotlar tayyorlandi



Yüklə 58,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin