2022-yil 10-may kuni J. Erkinov T. Anvarova bilan nikoh tuzish uchun Fuqarolik holati



Yüklə 58,96 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.05.2023
ölçüsü58,96 Kb.
#108848
9-kazus 2



9-kazus
2022-yil 10-may kuni J.Erkinov T.Anvarova bilan nikoh tuzish uchun Fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish bo ‘ limiga murojaat qildi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd
etish bo ‘ limi mudirasi nikoh tuzish tartibini tushuntirdi. Birinchidan, nikoh tuzish uchun yozma
rozilik bo ‘ lishi, ikkinchidan, nikoh tuzish uchun ariza berilgandan keyin bir oylik muddat
belgilanishi, uchinchidan, nikoh nikohlanuvchilarning shaxsan ishtirokida qayd etilishi va nikohni
vakil yoki ishonchnoma orqali rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmasligini tushuntirdi.
Biroq, J.Erkinov va T.Anvarova qonunchilikda bir oylik muddatning belgilanishi nikohlanuvchi
shaxslar nikohga erkin, ixtiyoriy, tenglik hamda o‘zga shaxslarning majburlovisiz kirayotganligini
aniqlashtirish uchun zarur ekanligini, ular bunday muddat belgilanmasa ham o ‘ zaro rozilik va
ixtiyoriylik asosida turmush qurmoqchi ekanliklarini bildirib, nikohni ariza berilgan kuniyoq ro
‘yxatdan o‘tkazishni talab qildilar. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limi mudirasi
ushbu talabni rad etdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Bunda, J.Erkinov va T.Anvarova argumenti hamda Fuqarolik
holati dalolatnomalarini qayd etish bo ‘ limi mudirasining qarorini O ‘ zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi normalari va ularning mohiyatiga tayangan holda tahlil qiling hamda shaxsiy
fikringizni asoslagan holda bayon eting
1- savol nikoh tuzosh uchun qayso organga murojat qilish kerak
Javob: Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi( oila kodeksi.
13-modda)
2-savol nikohni tuzosh uchun ariza beruvchilarga qanday talablar qoyiladi
Javob: aroza beruvchilar 18yoshga to’lgan bo’lishlari shart .Uzri sabablari bo’lganida , alohida
hollarda 1yoshgacha kamaytirilishi mumkin. (Oila kodeksi 15-modda)
Ariza beruvchilar ro’yxatga olingan boshqa nikohda bo’lmasliklari kerak
Bir shajarada tog’ridan-to’g’ri tutashgan qarindosh bo’lmasligi kerak.( Oila kodeksi 16-modda)
3- nikoh tuzish ariza berilgandan keyin qancha muddatda va qanday holatda amalga oshiriladi?
Javob: Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga
ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.
4-savol ariza berilgan kuniyoq nikoh tuzishni ro’yxatga olish mumkinmi?
Javob: Alohida hollarda ya’ni homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligida nikoh ariza
berilgan kuniyoq ro’yxatga olinishi mumkin (Oila kodeksi 13-modda)
5-savol. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni ro‘yxatga olishni rad etganda
qaysi organga murojat qilish kerak?
Javob: Ariza beruvchi sudga yoki bo’ysunuv tartibiga ko’ra yuqori turuvchi organga murojat qilishi
mumkin (Oila kodeksi 13-modda)
Xulosa: bu holatta ariza beruvchi J. Erkinov va T. Anvarovaning ariza bergan kuni nikohni ro ’
yxatga olish bo ’ yicha talabi qonunga muvofiq emas yani fuqoro J. Erkinov va T. Anvarovada
nikohni ariza bergan kuni ro’yxatga olishga ruxsat beruvchi alohida hollar mavjud emas. Fuqorolok
holati dalolatnomalarini qayd etish bo ’ limi mudirasining fuqoro J. Erkinov va T.Anvarovaning
nikohni ariza bergan kuniyoq ro’yxatga olish talabi uchun ularda alohoda hollar bo’lmagani uchun
rad etishi qonunga muvofiq hisoblanadi.
Foydalanilgan manba: lex.uz
Tayyorladi: Hamidov Olmosxon

Yüklə 58,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin