3-DARS
INTERNET VA UNING XIZMATLARI
INTERNET VA UNING XIZMATLARI
187
Ma’lumotlar uzatishni boshqarish protokoli – TCP/IP
Ma’lumotlar uzatishni boshqarish protokoli (Transmission Control Protokol – TCP)
yuborilishi
lozim bo‘lgan axborotni qismlarga bo‘ladi. Har bir qism raqamlab chiqiladi. Bunday jarayon
axborot to‘liq qabul qilinishi hamda axborotnig qismlari to‘g‘ri tartibda joylashtirilishi uchun
bajariladi. Ushbu tartib raqamini tarmoq orqali uzatish uchun protokolda “paket” mavjud va
bu paketga zarur ma’lumot “yozib qo‘yilgan” bo‘ladi. Yuborilayotgan axborotning ma’lum qismi
TCP paketiga joylashtiriladi.
TCP paketi, o‘z navbatida, IP-paketiga joylashtirilib, tarmoqqa
uzatiladi.
Axborot qabul qilib olinayotgan tomonda TCP protokolining dasturiy ta’minoti “paketlar”ni
yig‘ib oladi va ular ichidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri tartibda joylashtiradi. Agar ba’zi paketlar tushib
qolgan bo‘lsa, dastur axborot yuboruvchidan ularni qayta yuborishni so‘raydi. To‘g‘ri
tartibda
yig‘ilgan ma’lumot TCP xizmatidan foydalanayotgan amaliy dasturga uzatiladi.
Ajratilgan aloqa kanallarini ijaraga olgan holda Internetga kirish usulidan aksariyat hollarda
provayderlar foydalanadi. Bu usul oddiy telefon tarmoqlari orqali Internetga kirishga nisbatan
yangi imkoniyatlar bermasa-da, tezkor aloqa hamda doimiy va uzluksiz ulanish uning afzalligi
sanaladi. Internet dasturlari uchun ulanishning qanday usulidan foydalanishning farqi yo‘q. Bu
faqat tarmoqdan axborot qabul qilish va uzatish tezligiga ta’sir etadi, xolos.
Internet yoki
undan foydalanish deyilganda, uning juda ko‘p tarmoqli xizmatlaridan foydalan
-
ish nazarda tutiladi. Foydalanuvchi o‘zining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, har bir real
vaqtda Internet tarmog‘ining u yoki bu xizmatlari bittasidan foydalanadi.
Internetning har xil xizmatlari turli amaliy protokollarga ega, ya’ni
har bir xizmat maxsus
amaliy protokollar orqali boshqariladi. Bunday amaliy protokollar faoliyati maxsus dasturlar
orqali boshqarib turiladi. Quyida ularning ayrimlari keltirilgan:
• gipermatnli uzatish protokoli (HTTP – Hypertext Transfer Protocol) – veb-sahifalarnig foy
-
dalnuvchi veb-brauzeriga yuborilishini boshqaruvchi protokol. U hujjat, ma’lumot, rasm, video
kabi ma’lumotlarni Internet orqali kompyuterlar o‘rtasida
uzatishda yordam beradi;
• xavfsiz gipermatnli uzatish protokoli (HTTPS – Hypertext Transfer Protocol Secure) –
HTTPning xavfsiz versiyasi. Bunda ma’lumotlar uzatishdan oldin shifrlanadi. Bunday tex
-
nologiyadan, asosan, banklar tomonidan mijozlar Internet-banking bo‘yicha operatsiyalarni
amalga oshirishda foydalanadigan barcha nozik ma’lumotlar uchun foydalaniladi;
• Internet xabarlariga kirish protokoli (IMAP – Internet Message Access Protocol) – elektron
pochtaga ixtiyoriy qurilmadan bog‘lanish imkonini beradi, pochta
serveri hamda pochta mi-
jozi o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi;
• pochta aloqasi protokolining 3-versiyasi (POP3 – Post Office Protocol 3) – xabarlarni elek
-
tron pochta orqali qabul qilish uchun ishlatiladi;
• oddiy pochta uzatish protokoli (SMTP – Simple Mail Transfer Protocol) – xabarlarni elektron