I V BOB.
BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARI
198
Bulutli hisoblash texnologiyalari deyilganda, odatda, ma’lumotlarni saqlash,
boshqarish,
qayta ishlash uchun Internetga ulangan kompyuterlardan
foydalanish jarayoni tushuniladi.
Bulutli hisoblash kompyuter
resurslari, dasturlari va quvvatini foydalanuvchiga internet-xizmat
ko‘rinishida taqdim etadi.
Virtual xizmatlarni taqdim etish va har qanday darajadagi
axborot resurslariga kirishni ta’minlovchi bulutli xizmat
ko‘rsatuvchi provayder
bulutli provayder
deb ataladi. Xizmatlarga
kirish esa avtomatlashtirilgan
boshqaruv paneli yordamida
Hisoblash
(ing.
computing
) – qandaydir maqsadga yo‘naltirilgan vazifani bajarish
uchun kompyuter texnologiyalaridan foydalanish jarayoni.
Bulutli hisoblash
(ingl.
cloud computing
) – Internet serverida ma’lumotlarni qayta
ishlash uchun apparat yoki dasturiy ta’minotdan foydalanish jarayoni.
Bulutli provayder
(ing.
cloud provider
) – bulutli hisoblash asosida xizmat ko‘rsatuvchi
tashkilot. U turli xil virtuallashgan resurslar (virtual server, virtual tarmoq,
virtual saqlash
tizimlari)dan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: