3-DARS
INTERNET VA UNING XIZMATLARI
INTERNET VA UNING XIZMATLARI
189
Elektron pochta birinchi va eng ommabop elektron aloqa shakllaridan biri bo‘lib, foydala-
nuvchilarga Internet orqali xabar yoki fayl yuborish imkoniyatini bergan. Elektron pochta bilan
ishlashda IMAP, POP3 SMTP protokollaridan foydalaniladi. Elektron
pochta SMTP protokoli
orqali jo‘natiladi, POP3 protokoli orqali esa qabul qilib olinadi.
Elektron pochta (e-mail) xizmati
texnologiya. Web 3.0 asosida foydalanuvchi ma’lumotlari olinadi va unga mos foydali
ma’lumot yoki takliflar taqdim etiladi. Web 2.0 saytlari barcha tashrif buyuruvchilarga bir
xil
kontentni taqdim etsa, WEB 3. 0 platformalari har bir foydalanuvchining xohishiga ko‘ra,
sayt tarkibini moslashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi. WEB 3. 0 ga blokcheyn,
IoT, bigdate texnologiyalarini misol keltirish mumkin. Bu texnologiyalarga keyinroq batafsil
to‘xtalamiz.
Elektron pochta quyidagi usullarda qo‘llaniladi:
• mijozlar yoki
xodimlar bilan muloqot qilish;
• do‘stlar va oila a’zolari bilan aloqada bo‘lish;
• fayllarni biriktirish orqali yuborish;
• potensial mijozlarga marketing xabarlarini yuborish.
I I I BOB.
INTERNET VA UNING XIZMATLARI
190
Ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish narxini tushirish uchun Internet kompaniyalari Internet
orqali ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi texnologiyalarni ixtiro qildi.
VoIP
– ovozni raqamli signalga aylantiruvchi, to‘g‘ridan to‘g‘ri kompyuter,
VoIP telefoni yoki
boshqa ma’lumot uzatuvchi qurilmadan qo‘ng‘iroq qilish imkonini beruvchi texnologiya; foyda-
lanuvchiga Internet orqali bir yoki bir nechta foydalanuvchi bilan gaplashish
imkonini beruvchi
raqamli aloqa turi.
Hozirgi kunda videokonferensaloqalar ham VoIP asosida amalga oshirilmoqda. U, aksariyat
hollarda, VoIP shartnomasining bir qismi sifatida taqdim etiladi. Videokonferensaloqa video
-
qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish yoki qabul qilish uchun onlayn platformadan foydalanadi.
VoIP xizmatlarini taqdim etuvchilar: Skype,
Google Hangouts, WhatsApp, TeamSpeak,
Telegram va h. k.
Dostları ilə paylaş: