I I I BOB.
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
182
AMALIY MASHG‘ULOT
Maktabda ikkita kompyuter sinfxonasi mavjud. Ushbu sinf xonalarining birida 8 ta,
ikkinchisi
-
da 10 ta statsionar kompyuter mavjud. О‘qituvchilar shaxsiy noutbuklari hamda mobil telefon
-
lari orqali tarmoqqa ulanishi kerak. Maktab ichki elektron pochta tizimiga ega. Barcha о‘qituv-
chilar markazlashgan holda saqlanuvchi papka va fayllarga kirishi kerak.
Maktab Internetga
ulangan. Ushbu tarmoq uchun tarmoq loyihasini tayyorlang.
1-bosqich. Maqsadni belgilash. Internetga ulanish imkoniyatiga ega HAN tarmog‘ini tashkil
etish.
2-bosqich. Tarmoq arxitekturasini aniqlash. Arxitekturasiga ko‘ra
bir xil darajali kichik tar
-
moq. Ma’lumotlar har bir qurilmaning о‘zida saqlanadi.
3-bosqich. Aloqa vositalarini aniqlash. Statsionar kompyuterni ulash uchun simli yoki sim
-
siz aloqadan foydalaniladi. Noutbuk, planshet va mobil telefonlar kо‘chma qurilmalar bо‘lgan
-
ligi bois simsiz aloqadan foydalaniladi
4-bosqich. Tarmoq qurilmalarini aniqlash. Tarmoqni tashkil etish
uchun WAP svitch kerak
bо‘ladi.
5-bosqich. Tarmoq dizaynini chizish.