19-DARS
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
129
NAZORAT ISHI. O‘TILGAN MAVZULAR YUZASIDAN TEST TOPSHIRIQLARI
Kompyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun
ularni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ldi. Kompyuterlarni
tarmoqqa birlashtirishning
asosiy maqsadi foydalanuvchilarga axborot resurslaridan foydalanish imkonini berish hamda
hamkorlikda ishlashini tashkil etishdan iborat. Foydalanuvchilar tarmoq orqali bir vaqtning
o‘zida bir xil ma’lumot
va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bunda
axborot tashuvchi qurilmalardagi joy,
shuningdek, printer, skaner, modem, lazerli disklar
majmuining birgalikda ishlatilishi mablag‘ni tejash imkonini beradi. Tarmoqdan foydalanganda
axborotni
saqlash ishonchliligi ortadi, chunki qimmatli axborotlarni juda oddiy usulda qayta
nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o‘rtasida axborot almashish jarayoni
yengillashadi.
Kompyuter tarmog‘i (Network, Net – tarmoq va work – ishlash)–
kompyuterlar, ular
о‘rtasidagi aloqa kanallari, axborot almashish va birgalikda ishlashini ta’minlovchi
dasturlar tizimi.
Server – xizmatlarni taqdim etuvchi markaziy kompyuter.
IP-manzil – tarmoqqa ulangan qurilmaga berilgan noyob manzil.
Tugun – har qanday tarmoq qurilmasi.
Xost – tarmoqdagi boshqa xostlar (qurilmalar) bilan aloqa o‘rnatuvchi va xizmat
ko'rsatuvchi qurilma (yoki server).
Bugungi raqamli dunyoda deyarli hamma va har narsa bir-biriga bog‘langan.
Buning
natijasi o‘laroq, ma’lumotlarni real vaqtda ishlab chiqish, almashish va butun dunyo
bo‘ylab tarqatilishini kuzatish mumkin.
Ikki yoki undan ortiq o‘xshash qurilmalar yoki bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq insonlar
guruhi
tarmoq
deb ataladi.
Apparat qurilmalari hamda tarmoq dasturiy ta’minoti orqali bir-biri bilan o‘zaro hamohang
ishlay oladigan kompyuter va boshqa qurilmalar majmuiga esa
kompyuter tarmog‘i
deyiladi.
Dostları ilə paylaş: