19-DARS
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
137
Intranetga
ulanish uchun foydalanuvchilarga login va parollar taqdim etiladi va ular ma’lum
cheklovlar bilan cheklanadi.
VPN
(Virtual Private Network – xususiy virtual tarmoq) – yuqori tezlikka
ega internet orqali
ulanish mumkin bo‘lgan himoyalangan kompyuterlar tarmog‘i.
Korxonaning dunyoning turli burchaklarida joylashgan ofislarini virtual tarzda yagona tar-
moqqa birlashtirish uchun VPNdan foydalaniladi.
Virtual xususiy tarmoq deb atalishiga sabab, bunda ikkita lokal tarmoq
bir-biri bilan Internet
(virtual muhit) orqali aloqa qiladi.
VPN orqali bir ofis xodimi dunyoning boshqa bir burchagidagi ikkinchi ofis tarmog‘iga kirishi,
birorta kompyuterga ulanishi, u yerdagi videokameralarni kuzatishi mumkin. VPNda shunday
dasturiy ta’minot
va texnik vositalar mavjudki, bir-biridan uzoqlarda joylashgan ikkita ofis
xuddi lokal tarmoqdagidek ishlay oladi.
Virtual xususiy tarmoqda ma’lumot almashish uchun himoyalangan kanaldan foydalaniladi.
Ya’ni Internet orqali uzatilayotgan ma’lumot yot foydalanuvchi tomonidan yashirin yoki
ruxsatsiz kuzatilmasligi uchun shifrlanadi.
I I I BOB.
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
138
AMALIY MASHG‘ULOT
№
Topshiriqlar
1-topshiriq.
1.
PAN – __________.
a) butun mamlakat kabi katta
hududda ishlaydigan tarmoq;
b) barcha qurilmalarni ulaydigan bitta odam uchun qurilgan tarmoq;
d) odatda, bitta uyni qoplaydigan juda kichik tarmoq;
e) uy, maktab yoki ofis kabi kichik maydonda ishlaydigan tarmoq.
2.
Ethernet ___________.
a) ikkita tarmoq tugunlari aloqa qilish usulini belgilaydigan qoidalar to‘plami;
b) ma’lumotlar uzatish protokolining bir turi.
U kompyuter, kalit va marshrutizatorlarni
birlashtirish uchun ishlatiladigan kabel va ulanish turlarini belgilaydi;
d) kompyuter yoki tarmoqni Internetga ulaydi;
e) kompyuterlarni
tarmoqdan olib tashlashi, foydalanuvchilarga kirishni cheklashi
mumkin.
3.
“Internet – kompyuter tarmog‘ining namunasi”. Jumla to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi?
Fikringizni asoslang.
2-topshiriq.
4.
Kichik guruhlarda bajaring.
Deylik, siz bir qurilmadan boshqa qurilmaga ma’lumotlar uzatish jarayonlariga duch
keldingiz. Jadval 2-ustuniga ma’lumot
uzatish jarayonlari, 3-ustuniga esa ushbu
jarayonlarni amalga oshirish uchun qaysi tarmoqdan foydalanganingizni yozing
(tarmoq soni bitta yoki bir nechta bo‘lishi mumkin).
Dostları ilə paylaş: