19-DARS
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
131
HAN
(uy hududi tarmog‘i), odatda, bitta uy yoki uy ofisini qamrab
oluvchi juda kichik tarmoq
hisoblanadi. Unga ulangan har qanday qurilma aqlli texnika, printer, aqlli hisoblagich, hatto
ayrim xavfsizlik tizimlari bilan birgalikda resurslar (masalan, Internet)dan foydalanish
imkoniyatiga ega. Bu tarmoqdagi kompyuterlar bir-biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilish, o‘zaro
fayllar uzatish,
xabarlar yuborish, shuningdek, tarmoq o‘yinlarini o‘ynash imkoniyatlariga ega.
HAN simli yoki simsiz tarmoq bo‘lishi mumkin.
Jadvalda HANning afzallik va kamchiliklari keltirilgan:
1-rasm. Simli (chapda) va simsiz (o‘ngda) tarmoq
Afzalliklari
Kamchiliklari
–
bir necha foydalanuvchiga
bitta Internet tarmog‘iga ulanish
imkoniyatini beradi;
– bitta tarmoq orqali printer, faks,
fayl kabi manbalardan hamkorlikda
foydalanish mumkin;
– bir
necha foydalanuvchi bir xil
apparat va Internetdan foydalanishi
natijasida xarajatlar kamayadi.
– Internetdan kimdir katta
faylni yuklab olayotgan
bo‘lsa, boshqa foydalanuvchilar uchun Internet tezligi
keskin
kamayishi mumkin;
– agar xavfsizlik ta’minlanmagan bo‘lsa, yaqin atrof uy
tarmoqlari fayl
va papkalarga kirishi mumkin, shuning
uchun parol o‘rnatish lozim;
– tarmoqqa ulanadigan
qurilmalar sonidan kelib
chiqib, zarur barcha jihozlarni sotib olish qimmatga
tushishi mumkin.
• MAN/WMAN (Metropolitan Area Network – kengaytirilgan tarmoq);
• WAN (Wide Area Network – mintaqaviy tarmoq);
• WAN (Global Area Network – global tarmoq).