I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
271
chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga qaytaradi. Doktor dasturlar kо‘p miqdordagi
viruslarni aniqlash va yо‘q qilish imkoniyatiga ega (AVP, AidsTest, Scan, Kaspersky
Antivirus,
Norton Antivirus, Doctor Web, Panda).
Revizorlar
– eng ishonchli himoyalovchi vosita. Dastlab dastur va diskning tizimli sohasi
haqidagi ma’lumotlarni xotiraga oladi, so‘ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi. Mos
kelmagan holatlar haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi (ADinf, Kaspersky Monitor)
.
Vaksinalar
dasturlar
ishlashini davom ettirib, ularni viruslar yuqtirgandek qilib
o‘zgartiradi. Natijada, viruslar bu dasturni zararlangan, deb hisoblaydi
va bunday fayllarga
“yopishmaydi”. Faqat ma’lum viruslarga nisbatangina vaksina qilinishi uning kamchiligi
hisoblanganligi sababli bunday antivirus dasturlar keng tarqalmagan (Anti Trojan Elite,
Trojan Remover, Dr.Web CureIt, Web WinWord).
Filtrlar
kompyuter tezkor xotirasida qo‘riqlovchi dasturlar ko‘rinishida (rezident kabi)
joylashadi, viruslar tomonidan zararni ko‘paytirish va ziyon yetkazish maqsadida operatsion
tizimga qilinayotgan murojaatlarni ushlab qoladi hamda bu haqida foydalanuvchiga
ma’lum qiladi. Foydalanuvchi ushbu amalni bajarish yoki bajarmaslikka ko‘rsatma beradi.
Filtr-dasturlar foydali bo‘lib, u virus kо‘payib ulgurmasidan oldin aniqlab beradi.
Ular disk
va fayllarni tozalay olmaganligi sababli, viruslarni yо‘q qilish uchun boshqa dasturlar kerak
bо‘ladi (Flushot Plus, Antirus, Outpost Security Suite, Agnitum Outpost Firewall)
.
Yangi viruslarning to‘xtovsiz paydo bo‘lib
turishini hisobga olib, antivirus bazalarini
doimiy ravishda yangilab turish hamda kompyuter (protsessor, operativ xotira, operatsion
tizim)ga mos antivirus dasturlarining oxirgi versiyalaridan
foydalanish talab qilinadi
.
Kompyuterda viruslarni qidirish ma’lumot tashuvchilarni skanerlash (ingl.
scan
) orqali
amalga oshiriladi. Skanerlash vaqtida operativ xotira va saqlash vositalarining virus bilan
zararlangan yoki zararlanmaganligi tekshiriladi. Skanerlash natijasida aniqlangan viruslar
o‘chiriladi yoki bartaraf etiladi. O‘zgartirilgan (zararlangan) fayllar
imkon qadar asl holatiga
qaytariladi.
Quyidagilar hozirgi kunda eng keng tarqalgan antivirus dasturlari hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: