I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
280
58-dars. AXBOROTLARNI HIMOYALASH VA
ZAXIRALASH USULLARI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Biometrik pasport
(e-pasport, ePasport yoki raqamli pasport) – pasportning bir turi.
Biometrik
pasport ham elektron, ham qog‘oz ko‘rinishidagi pasport bo‘lib, unda pasport egasi haqida biometrik
maʼlumotlar saqlanadi. Biometrik pasportlarda kontaktsiz aqlli karta (ingl.
contactless smart card
)
texnologiyasidan, jumladan, mikroprotsessor chiplari (komputer chiplari) va antennadan (chipga
quvvat yetkazish va kommunikatsiya uchun) qo‘llaniladi.
Milliy haydovchilik guvohnomasi
da jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR)
va qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni bevosita aloqasiz amalga oshirish
imkonini beruvchi maxsus
elektron belgi (NFC Smart-kart) mavjud.
ID (identifikatsiya) karta
– shaxsning biografik ma’lumotlari, raqamli fotosurati, barmoq izlari
(16 yoshga to‘lganida) va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini (16 yoshga to‘lganda)
saqlovchi
plastik karta ko‘rinishidagi hujjat. Jahon tajribasida undan nafaqat shaxs va fuqarolikni tasdiqlovchi
guvohnoma, balki bank plastik kartasi,
haydovchilik guvohnomasi, ochiq kalit, elektron hamyon
sifatida ham foydalaniladi.
Inson hayoti davomida ko‘plab yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin (masalan,
moddiy va
ma’naviy yо‘qotishlar). Inson uchun qayta tiklab bo‘lmas darajadagi bebaho narsani yo‘qotish,
odatda, uning ko‘p narsadan ko‘ngli qolishiga sabab bo‘ladi. Deylik, ota-onangizga sovg‘a
olish uchun bir necha oydan beri jamg‘arib yurgan mablag‘ingizni ayni bayram arafasida
yo‘qotib qo‘ydingiz yoki tug‘ilgan kuningizga sovg‘a qilingan kompyuterni avtobusda unutib
qoldirdingiz. Bunday holatlar sizni qayg‘uga
solishi aniq, lekin bu yo‘qotishlarning o‘rnini
to‘ldirish, tez orada undan ham a’losiga erishish mumkin.
Yoki yillar davomida bir necha dasturlash tilida tuzilgan va testdan o‘tkazilgan dasturlar kodini,
shaxsiy qiziqishlaringiz asosida to‘plangan ma’lumotlar yozilgan yon daftarchangizni yoki
olamdan o‘tgan yaqin insonlaringiz rasmlari jamlangan fotoalbomni yo‘qotib qo‘ydingiz. Qayta
tiklanishi qiyin bo‘lgan yoki umuman tiklab bo‘lmaydigan bunday yo‘qotishlar
sizni avvalgidan-
da ko‘proq tushkunlikka soladi.
Agar siz shaxsiy ID-kartangiz, biometrik pasportingiz yoki umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi
shahodatnomangizni yo‘qotib qo‘ysangiz, nima bo‘lishi mumkin? Chunki bunday hujjatlar
sizga taalluqli muhim ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi.
Ko‘pchilik davlatlar qatori O‘zbekistonda
ham ePasport, ID-karta yoki shunga o‘xshash
hujjatlarni qasddan yaroqsizlantirish, ehtiyotsizlik oqibatida yo‘qotib qo‘yish ma’muriy
javobgarlikka sabab bo‘ladi.