Tashkent 2022 Mavzu; Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlashda antivirus, ids, ips, te vositalarining o’rni. Reja



Yüklə 19,17 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü19,17 Kb.
#207666
  1   2   3   4   5
Tashkent 2022 Mavzu; Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlashda-fayllar.org


Tashkent 2022 Mavzu; Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlashda antivirus, ids, ips, te vositalarining o’rni. Reja

Tashkent - 2022


Mavzu; Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlashda antivirus, IDS, IPS, TE vositalarining o’rni.
Reja;



  1. Axborot va jinoyat.


  2. Axborot bilan ishlashda axloqiy va huquqiy me’yorlar.


  3. Viruslar ta’siri.


  4. IDS, IPS, TE vositalarining o’rni.


Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

AXBOROTLARNI HIMOYALASH VA ANTIVIRUSLAR HAQIDA

Keyingi paytlarda axborotni himoya qilish muammolari nafa qat mutaxassislarni, balki barcha hisoblash texnikasidan foydalanuvchilarni o‘ziga jalb etmoqda. Bu, albatta, kompyuter texnikasining inson hayoti va faoliyatiga jadallik bilan kirib kelayotgani bilan bog‘liq. «Axborot» tushunchasiga yondashuv ham tubdan o‘zgarib bormoqda. Bu atama keyingi paytda ko‘proq sotib olinadigan, sotiladigan yoki biror narsaga almashinadigan o‘ziga xos mahsulotni ifodalamoqda. Shuni aytish lozimki, bunday mahsulot aksariyat hollarda o‘zi saqlanayotgan hisoblash texnikasidan o‘nlab, hatto yuzlab barobar qimmat turadi. Internet axborot «o‘g‘rilarini» (axborot o‘g‘rilari kompyuterlar yaratilgunga qadar ham bo‘lgan) yangi pog‘onaga ko‘tardi. Endi kompyuter, modem va yetarli dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan malakali dasturchi dunyoning ixtiyoriy burchagida joylashgan turli davlat tashkilotlari, xususiy korxona, internet xizmatidan foydalanayotgan shaxs va hokazolarga tegishli axborotlarni o‘z xonasidan chiqmasdan o‘zlashtirib olishi (o‘g‘irlashi), ularni g‘arazli maqsadlarda o‘zgartirishi yoki biror boshqa zarar yetkazishi mumkin. Bu o‘z­o‘zidan axborotni himoyalash extiyojini keltirib chiqaradi.


Kompyuterlar inson ish faoliyatini yengillashtirish maqsadida ishlab chiqarildi. Ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Ammo shu bilan birga jamiyatning kompyuter tizimlaridan bog‘liqligi ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda tibbiyot, soliq va bank tizimi, transport kabi asosiy sohalarda boshqaruv va tashhis ishlari kompyuterlar zimmasiga yuklatilgan. Kompyuter tizimlari harbiy sohada ham alohida o‘rin tutadi.
Jamiyatni kompyuterlashtirishning ma’lum bir pog‘onasida kompyuterlar yakka va uyushgan jinoyatchilar guruhlarini o‘ziga jalb etdi. Ular tomonidan yetarli texnik va dasturiy vositalar yordamida qiyinchiliksiz maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, diversiya, firibgarlik va boshqa jinoiy ishlarning amalga oshirilishi mumkin bo‘lib qoldi. Adliya, kriminalistika, milliy xavfsizlik soha mutaxassislari yangi, kutilmagan muammoga duch keldi.
1971­yilda AQSHning «Nyu­York Penni Sentral Reylroud» temir yo‘l kompaniyasi qimmatbaho yuk ortilgan 200 ta vagoni yo‘qolganini payqab qoldi. Bu ishni tekshirish jarayonida bir qancha boshqa firmalarning ham vagonlari yo‘qolgani aniqlandi. Sinchkovlik bilan olib borilgan tekshirish vagonlar yo‘qolishining sababi kompyuterga atayin noto‘g‘ri manzil kiritilganida ekanini ko‘rsatdi. Bu rasmiy qayd etilgan birinchi «elektron jinoyat» edi. Hozirgi kunga kelib kompyuterlar ham, aloqa tizimlari ham beqiyos darajada rivojlanib ketdi. Bu esa, o‘z navbatida, «elektron jinoyatchilar»ga ham yangi imkoniyatlar ochib berdi.


Yüklə 19,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin