3-DARS
AR – TO‘LDIRILGAN VOQELIK TEXNOLOGIYASI
AR – TO‘LDIRILGAN VOQELIK TEXNOLOGIYASI
233
QR-skaner orqali skaner qilish bilan kod joylashgan sayt, buyum,
reklama yoki biror narsa
haqidagi ma’lumotni gipermurojaat orqali smart qurilma yordamida qidirib topish mumkin.
Ular real dunyo bilan raqamli axborot va kommunikatsiya kanallarini bog‘lab turadi.
QR-kodni yaratish uchun kerakli axborot o‘lchami aniqlab olinadi va maxsus generator
dasturidan foydalaniladi. Masalan, qrcoder.ru sayti orqali QR-kodni
onlayn tarzda yaratish
mumkin.
Hozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar QR-kodli ma’lumotlarni oson o‘qiy oladi.
Buning uchun QR-kodni o‘qiydigan dasturni ishga tushirish yetarli.
Zamonaviy to‘ldirilgan voqelik texnologiyasi axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi
o‘zgarishlar tufayli har xil turlarga ega.
Markerga asoslangan to‘ldirilgan voqelikni
ishga tushirish uchun ko‘pincha QR-
kodlaridan yoki
boshqa shu kabi naqshlar
bilan yaratilgan markerlardan foydalaniladi.
Tabiiy dunyodagi marker rasmga olingan
vaqtda to‘ldirilgan voqelik ilovasi tomonidan
ushbu marker tanib
olinadi va unga mos
raqamli kontent ishga tushadi.
Tasvirga asoslangan AR markerga
asoslangan ARga nisbatan biroz
takomillashgan bo‘lib, u foydalanuvchiga
virtual obyektni ixtiyoriy joyga joylashtirish
imkonini beradi.
Ushbu AR turida
tasvirlar marker vazifasini
bajaradi. Uning yordamida virtual muhitni
aniqlab, virtual
obyektlarni joylashtirish
mumkin. Tasvirga asoslangan ARga namuna sifatida tibbiyot kitoblaridagi tasvirlarning
jonlantirilishini misol keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: