I V BOB.
AR – TO‘LDIRILGAN VOQELIK TEXNOLOGIYASI
232
39-dars. AR – TO‘LDIRILGAN VOQELIK
TEXNOLOGIYASI
XXI asr texnologiyalar asri,
texnika bilan boyitilgan, kompyuter vositachiligidagi asrdir. Endi
inson uchun tabiiy hayotda yashash yetarli emas, u texnologik
taraqqiyotga imkon beruvchi
boy tajribalarni yaratishni istaydi. Bunday yangiliklardan biri to‘ldirilgan voqelik (AR) bo‘lib,
u insonlarga turli tadqiqotlarni o‘tkazish, laboratoriya ishlarini bajarish,
taniqli insonlar bilan
raqsga tushish, uzoq mamlakatlarga sayohat qilish, boshqa
sayyoralarni ziyorat qilish, hatto
o‘z vaqtini orqaga qaytarish imkoniyatlarini beruvchi texnologiyadir.
To‘ldirilgan voqelik texnologiyasi
– bu atrofdagi haqiqiy dunyo obyektlari ustida interfaol
raqamli elementlar joylashtirilgan voqelikdir. Ushbu texnologiya vizual
qurilma orqali virtual
elementlardan foydalangan holda haqiqiy dunyoni to‘ldirishga qaratilgan. AR virtual obyektlari
real dunyoni ko‘rish uchun kameradan olingan ma’lumot bilan bir vaqtning o‘zida to‘ldiriladi va
kuzatiladi. Natijada, real dunyo sun’iy elementlar hamda yangi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Bular
odatiy smartfon va planshetlar, to‘ldirilgan voqelik ko‘zoynaklari, statsionar ekranlar, proyeksion
moslamalar kabi texnologiyalar uchun dasturlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
AR texnologiyalarda qo‘llaniladigan yana bir element –
bu QR-kod.
QR-kod orqali belgi (harf, raqam va maxsus belgi)lardan
iborat axborotlarni kodlash mumkin.
Axborot sifatida
sayt manzili, telefon, elektron pochta manzili, biror
obyektning joylashgan koordinatasi kabi ma’lumotlar
ishlatilishi mumkin. Ushbu ikki o‘lchamli shtrix kodni
AR
(ing.
Augmented reality
– to‘ldirilgan voqelik) – har qanday
qurilma ekrani orqali har
qanday raqamli ma’lumot (rasm, video, matn, grafika va h. k.)ni proeksiyalash.
Dostları ilə paylaş: