3-DARS
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
173
Misol sifatida quyidagini keltirishimiz mumkin:
11000000 00000000 00000010 00100000.
Ushbu sonni to‘rtta 8 bitli blokka ajratamiz va ularning o‘nlik sanoq sistemasidagi qiymatini
hisoblaymiz:
11000000=192; 00000000=0; 00000010=10; 00100000=32.
Demak, o‘nlik sanoq sistemasida ushbu raqamli manzil quyidagiga teng bo‘ladi:
IPV4 manzil
kompyuterning tarmoqdagi raqamlar bilan ifodalangan
yagona manzili nomi
bo‘lib, 4 bayt uzunlikka ega. Har bir bayt nuqta bilan o‘zaro ajratib yoziladi.
Demak, manzilda ko‘rsatilgan 1- va 2-baytlar (192.0) tarmoq manzilini, 3-bayt (10) qism
tarmoqni, to‘rtinchisi (32) esa qism tarmoqdagi kompyuter manzili (shu
IP manzil tayinlangan
kompyuter raqami)ni beradi.
Raqamli manzil (192.0.10.32/27) kо‘rinishda berilishi ham mumkin. U holda slesh (/)
belgisidan keyin yozilgan 27 soni qism tarmoq maskasidagi birliklar sonini anglatadi:
11111111.11111111.11111111.11100000
(27 ta 1 soni va 5 ta 0 soni), buni о‘nlik sanoq sistemasiga о‘tkazadigan bo‘lsak,
255.255.255.224 ga teng bо‘ladi, ya’ni 27 soni qism tarmoq maska manzili 255.255.255.224
ekanligini bildiradi.
Ko‘p qurilmalar bilan Internetga ulanishda 32-bitli IP-manzil yetarli bo‘lmaydi, chunki u
4,3(4 294 967 296) mlrd dan kam yagona manzillarni taklif qiladi.
Bunday hollarda IP-
manzilning 128 bitli 6-versiyasi (qisqacha IPV6) qo‘llaniladi.
IPv6 ipv4 dan farqli ravishda keng imkoniyatga ega bо‘lib, 128 bitdan tashkil topgan.
IPv6 manzili ikki nuqta bilan ajratilgan o‘n oltilik raqamlarning sakkizta guruhi bilan
ifodalanadi:
2001: CDBA: 0000: 0000: 0000: 0000: 3257: 9652.
192 . 0 . 10 . 32
11000000 . 00000000 . 00000010 . 00100000
1 bayt = 8 bit
4 bayt = 4 * 8 = 32 bit