I I I BOB.
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
172
Tarmoqdagi har bir tugun yagona nom bilan aniqlanishi lozim.
Shunda tarmoq qurilmasi
yuboruvchi va qabul qiluvchini aniqlay oladi va ma’lumotlarni uzatish uchun yо‘nalish yo‘lini
belgilaydi. Tarmoqdagi tugunlar nomining yagonaligini ta’minlash
maqsadida IP-manzillash
deb nom olgan tizim qo‘llaniladi.
IP-manzil
IP-manzil Internet protokolidan foydalanadigan tarmoqning har bir tuguniga beriladi.
IP-man
-
zili ma’lum bo‘lgan kompyuter bilan dunyoning istalgan nuqtasidan aloqa qilish mumkin.
Biroq MAC manzilidan farqli o‘laroq, tugun bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa ko‘chirilsa,
IP-manzil o‘zgarishi mumkin. Bu takrorlanmas IP-manzillar qurilma (kompyuter, svitch, router,
...)da emas, balki tarmoq interfeysida bо‘ladi.
IP manzillarning hozirda ikki turi mavjud:
1) IPv4 (Internet protokolining 4-avlodi).
2) IPv6 (Internet protokolining 6-avlodi).
IP-manzilning dastlabki 4-versiyasi qisqacha IPV4 deb nomlanadi. IPV4 manzil 32
bitli uzun-
likka ega bo‘lib, uni 8 bitdan iborat 4 ta qismga bo‘lish va o‘nlik raqamlar ko‘rinishida
yozish
mumkin. Yozilishda ular bir-biridan nuqta bilan ajratiladi va 0 dan 255 gacha bo‘lgan
sonlarni
qabul qiladi. Bu manzil kompyuterni aniqlash uchun yetarli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z
ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: