Ushbu maqolada chet tili, xususan, arab tili o‘rganuvchilariga yangi leksik materialni o‘rgatish bosqichlari va bu jarayonda qo‘llaniladigan metodlar haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar


U ning rangi oq.  Ikkinchi talaba:  U



Yüklə 72,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü72,21 Kb.
#186892
1   2   3   4   5   6   7   8
arab tili

U
ning rangi oq. 
Ikkinchi talaba: 
U
ni bozor yoki do‘kondan sotib olamiz. 
Uchinchi talaba: 
U
ndan non tayyorlanadi. 
To‘rtinchi talaba: 
U
ni suv bilan qo‘shib, xamir qoramiz”. 
Leksik mashqlarni bajarish jarayonida so‘zning turli nutq 
namunalarida ishlatilishiga imkon yaratilishi juda zarur. Negaki, 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-527-533 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
532
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
leksik ko‘nikmani shakllantirishda uning kontekstda ro‘yobga chiqarilishi kutilgan 
natija garovidir. Faqatgina yakka so‘z va uning tarjimasi ustida ishlash so‘zni "bilish" 
demakdir, "egallash" emas.
Leksikaning qo‘llanilishi.
Oddiy “bilish” deganda, so‘z ma’nosini yodda 
saqlash yoki shaklini tanib olish holati ko‘zda tutiladi. “Egallash” esa ko‘nikma 
darajasida bilish demakdir. Leksikani egallaganlik darajasi so‘zlarni nutqda erkin 
qo‘llay bilish bilan o‘lchanadi. Til o‘rganuvchisi istalgan so‘zni bamaylixotir nutqda 
ishlata olsa, so‘zning latent davri (esda saqlash muddati) ta’minlangan va u puxta 
o‘zlashtirilgan hisoblanadi. Mashq qilish bosqichidan leksikaning qo‘llanilishi 
bosqichiga qadam qo‘yilar ekan, fikr bayon qilishda sodir bo‘ladigan leksika 
tanlovida ong ishtiroki pasayadi, ya’ni o‘quvchi o‘z fikrini ifodalovchi so‘zlar ustida 
uzoq o‘ylanmaydi.
Leksika bilan tanishish va mashq qilish bosqichlarida leksik birlik ustida 
ishlash birlamchi edi. Biroq qo‘llanilish bosqichida nutq birlamchi o‘ringa chiqadi va 
leksika vosita sifatida nutqiy xizmat qiladi.
Leksikaning qo‘llanilishi bosqichida fikrni bayon qilishga doir bir qator 
mashqlarni o‘tkazish mumkin: 

Harakat, hodisa va narsani sharhlab berish; 

Yangi so‘zlarni qo‘llab, rasmni tasvirlash. (Rasm o‘rganilgan mavzu 
doirasida bo‘lishi lozim); 

Biror nutq mavzusini tasvirlash (Masalan: Sayohat qilgan davlating 
haqida so‘zlab ber); 

O‘qilgan matnni yangi so‘zlar ishtirokida gapirib berish

Tinglangan matnning mazmunini bayon qilib berish; 

Tomosha qilingan videoni so‘zlab berish. Agar film so‘zsiz bo‘lsa ( مليف
تماص), o‘quvchini mushohadaga undash va film zamirida yotgan ma’no haqidagi 
fikrlarini so‘rash mumkin.
Sanab o‘tilgan metodlarni o‘rta va yuqori bosqich o‘rganuvchilariga nisbatan 
tatbiq etish tavsiya etiladi. 
XULOSA 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, til o‘rganishda uning lug‘at boyligi va 
imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish va puxta o‘zlashtirish eng zaruriy talablardan 
hisoblanadi. 
Shu 
sababli 
chet 
tili 
xususan, 
arab 
tili 
o‘qituvchilariga bu ishga mas’uliyat bilan yondashish, leksik 
materialni taqdim etish va mashq qildirishda turli metodlardan 



Yüklə 72,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin