243
XV-BOB
.
BOLADA IRODAVIY SOHANING RIVOJLANISHI
Bobning qisqacha mazmuni:
1. Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar
ning o‘rni
2. Bola shaxsida irodaviy harakatlarning rivojlanishida
nutq
ning o‘rni
4.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda malaka va
odatlarning rivojlanishi
15.1. Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar
ning o‘rni
Maktabgacha yosh davri o‘z xulq
-atvorini, ichki va tashqi
harakatlarini
ongli tarzda boshqarish qobiliyati sifatida irodaning tarkib topish davridir.
Ta’lim
-tarbiya jarayonida kattalar va
tengdoshlari ta’siri ostida bolada o‘z
xatti-
harakatlarini boshqarish, maqsadga erishish ko‘nikmalari shakllanadi.
Bunda bola yuzaga kelgan qiyinchiliklarni
еngib o‘tishga harakat qiladi. Bola
o‘z holatini, masalan, mashg‘ulotlarda
tarbiyachi talab etgani
dek tinch
o‘tirish, qimirlayvermaslik kabi harakat
larni nazorat qilish malakalarini
egallaydi.
Bog‘cha yoshidagi bola o‘z idroki,
xotirasi, tafakkurini boshqara
boshlaydi. Agar 3 yoshli bolaga muzda sirpanchiq uchayotgan bolalar
tasvirlangan rasmni ko‘rsatib, ulardan qaysi biri qo‘lqopini yo‘qotganligi
so‘ralsa (bolalardan biri qo‘lqopsiz va qo‘lqop qor ustida yotgani
tasvirlangan) bola bunga javob bermaydi. Masalani hal qilish uchun barcha
rasmdagi figuralarni ketma-
ket ko‘zdan kechirish lozim. Bolaning n
igohi esa
tartibsiz tarzda biridan ikkinchisiga sakrab ketadi, keyinchalik bola kattalar
yordamida ixtiyoriy idrok qilishga o‘rganadi va shunga o‘xshash masalalarni
muvaffaqiyatli
е
cha boshlaydi. Esda olib qolish
va qayta esga tushirish
boshqariladigan ja
rayonga aylana boradi. To‘rt yoshga
еtganda bola o‘z
oldiga kattalar topshirig‘ini yoki yoqimli she’rni esda olib qo
lish maqsadini
qo‘ya oladi. To‘rt yoshli bolalarda aqliy faoliyatni boshqarish qobiliyati
kuzatiladi. Masalan, boshqotirmani hal qilishda ular qismlarni bir butun,
yaxlit qilib birlashtirishda sabr bilan turli xil variantlarni qo‘llab ko‘radilar,
bunda ular bir variantdan izchil tarzda ikkinchisiga o‘ta oladilar.
Bu yoshda xulq-atvorni ongli ravishda boshqarish shakllana boshlaydi.
Irodaviy harakatlar yuzaga kelishi
bilan bir qatorda ixtiyorsiz, impulsiv
harakatlar ham saqlanib qoladi. Irodaviy harakatlar genezisiga murojaat
qiladigan bo‘lsak, maktabgacha davr mobaynida irodaviy harakatlar ham
ularning umuman xulq-
atvoridagi vazni ham o‘zgarib
boradi. Kichik bog‘cha
244
yo shida bolaning xulq-atvori deyarli butunlay impulsiv xatti-harakatlardan
tashkil topsa, 4-5 yoshli bolalarda
iroda namoyon qilish kuchayadi, biroq
xulq-
atvorda ular katta o‘rin egallamaydi. Faqat katta bog‘cha yoshida bola
nisbat
an irodaviy zo‘riqishlarga qobil bo‘la boshlaydi. Shunday qilib,
irodaviy harakatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi Xarakter
li bo‘lib, xulq
-
atvorda ularni qo‘llash sohasi hamda egallagan o‘rni chegaralangan.
Bola irodasining rivojlanishi maktabgacha yosh davrida yuz beradigan
xulq-
atvor motivlarining o‘zgarishi bilan uzviy bog‘langan. Bola uchun eng
muhim bo‘lgan motivlar guruhining birinchi o‘rinda turishi shunga olib
keladiki, bola qo‘yilgan maqsadga ongli tarzda erisha boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi
bolalar irodaviy harakatlarining rivojida o‘zaro
bog‘liq 3 ta tomonni ajratib ko‘rsatish mum
kin. Bular:
Maktabgacha yosh davrida harakatlar maqsadga yo‘nalganligining
tarkib topishida vazifani bajarish jarayonidagi
muvaffaqiyat va
muvaffaqiyatsizlik katta ahamiyat kasb etadi. Ular qiyinchiliklarni
е
ngib
o‘tish va maqsadni ushlab turish davomiyligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Maqsadga erishishdagi omadsizlik bolani unchalik tashvishlantirmaydi. 4-5
yoshli bolalarda esa omadsizlik ularni quyushqondan chiqaradi; faoliyat
muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bo‘lsa
bolalar ishni oxirigacha
еtkazishga intiladilar. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar ham o‘zlarini shunday
tutadilar. Hatto ularning ba’zilari ishga boshqacha munosabatda bo‘
la
boshlaydilar, ni
ma bo‘lsa ham qiyinchiliklarni
еngib o‘tishga harakat
qiladilar, o‘z kuchlarini yana bir bor sinab ko‘rishlari uchun imkon
so‘raydilar,
е
ngilishdan bosh tortadilar.
Bog‘cha yoshi davrida tarbiyachi ta’siri ostida bola o‘z harakatlarini
maqsaddan ancha yiroq motivlarga, xususan ijtimoiy Xarakterdagi
motivlarga (onasiga sovg‘a qilish) bo‘ysundirishga o‘rgana boshlaydi. Bola
Dostları ilə paylaş: