o'z
qonunlariga
ega:
1. Dastlab, ontogenezda oddiy kechinmalarni ifodalovchi emotsiyalar
paydo bo'ladi. Bu kechinmalar tabiiy ehtiyojlarning qondirilishiga bog'liq
ravishda vujudga keladi (qondirilsa - ijobiy, qondirilmasa - salbiy
emotsiyalar vujudga keladi). Bunday emotsiyalar hayvonlarda ham
mavjud. Biroq boladagi eng oddiy emotsiyalarni hayvonlardagi eng oddiy
emotsiyalardan farqlash kerak. Chunki emotsiyalaming namoyon bo'lish
shakli insonda sotsial Xarakterga ega.
Ikki yoshdan boshlab bola uchun shodlik, xursandchilik, umuman
ijobiy emotsiyalarni ifodalovchi reaksiyalar eng informativ (ko'p axborot
beradigan) bo'lib hisoblanadi. Tajribalardan birida 2-9 yoshdagi bolalarga
fotosuratlardan turli mimik reaktsiyalarni (hayronlik, jahl, qo'rquv,
xursandchilik va boshqalarni ifodalovchi reaktsiyalarni) aniqlab olib,
so'ngra ko'rsatib berish taklif etilgan. Tajribadan shu narsa ma'lum bo'ldiki,
bolalar birinchi bo'lib xursandchilikni ifodalovchi mimik reaktsiyalarni
ko'rsatganlar. Demak, dastlab ijobiy emotsiyalarni ifodalovchi mimik
236
reaktsiyalarni aniqlash, boshqa reaktsiyalar orasida tanish va namoyon eta
bilish qobiliyati shakllanadi.
Shubhasiz, ijobiy emotsiyalar maktabgacha yoshdagi bolaning psixik
va jismoniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq V.A.Suxomlinskiy
ta'kidlaganidek, agar bola shodlikni mehnatsiz, ruhiy kuchlarini ishga
solmay qo'lga kiritaversa, ertami kechmi uning yuragi bir parcha "muz" ga
aylanib qolishi mumkin. Unda sovuqqonlik paydo bo'lishi mumkin.
2.Emotsiyalaming
rivojlanishi
ularning
differentsiyasi,
kechinmalarning boyib borishi orqari ro'y beradi. Ijobiy emotsional yoki
salbiy emotsional bo'yoqlarka ega bo'lgan kechinmalarga misol qilib,
oziqaga bo'lgan ehtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli bola o'z
boshidan o'tkazadigan kechinmalarni keltirish mumkin. Maktabgacha
yoshdagi bolada salbiy kechinmalar qo'rquv, jahl, jirkanish, ijobiy
kechinmalar shodlik, bola mehrining atrofdagilarga tovlanib ketishi, ota-
onasiga qalban, yaqinlashishi ko'rinishlarida namoyon bo'lishi mumkin.
3.Bolalar
hissiyotlarining
rivojlanishi
muayyan
ob'ektga
yo'naltirilgan emotsiyalaming umumlashishi sifatida ro'y beradi.
Emotsiya va hissiyotlarning shakllangan tizimida emotsiyalar
boshdan o'tkazilayotgan hissiyotning namoyon bo'lishi sifatida
gavdalanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsiya va hissiyotlar tizimi endi-
endi shakllanayotgan bo'ladi. Shuning uchun ularning emotsiyalari ular
kechirayotgan hissiyotlarning namoyon bo'lishi emas, balki ko'proq oliy
hissiyotlarning shakllanishi uchun umumlashtirilishi kerak bo'lgan
materialdir.
4
.
Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsional sohasining rivojlanishi
davomida emotsional kechinmalarni uyg'otuvchi ob'ektdan sub'ekt
munosabat ajralib boradi. Bola qanchalik kichik bo'lsa, uning uchun ob'ekt
tavsifl bilan sub'ektiv kechinmalari tavsifi shunchalik bir-biriga yaqin
bo'ladi. 3 yoshli betob bola uchun unga ukol qilgan hamshira "yomon xol"
dir. Bunda bola o'z emotsional holatining salbiy tavsifl (Xarakteristikasi)ni
bu holatning yuzaga kelishiga sababchi bo'lgan odamga ko'chirib o'tkazadi.
5.Maktabgacha yoshda emotsiya va hissiyotlarning dinamik va
mazmuniy tomonlari rivoj topadi. Mazmun tomonining rivojlanishi atrof
olam haqidagi bola bilimlarining kengayishi va chuqurlashishi, bola
barqaror (doimo bir xil) munosabatda bo'ladigan predmet va hodisalarning
ko'payib borishi bilan taqqoslanadi. (shular tufayli emotsiya va hissiyotlar
mazmun jihatdan rivojlanadi). Dinamik tomonining rivojlanishi bolada o'z
emotsiyalarini nazorat qilish va boshqara olish ko'nikmalarining
shakllanishi bilan taqozolanadi. Emotsiya va hissiyotlarning mazmuniy
aspekti (tomon) emotsional kechinmalarning ob'ektlari, sabablari bilan
237
bog'liq. Dinamik aspekt esa emotsional kechinmalarning chuqurligi,
davomiyligi va vujudga kelish chastotasi bilan Xarakterlanadi.
Emotsiya va hissiyotlar rivojlanishi boshqa psixik jarayonlar, ayniqsa,
nutqning rivojlanishi bilan bog'liq. Nutq yordamida bola o'z hisiyotlari va
emotsiyalarini anglaydi va boshqaradi. Nutq orqali bolalar nafaqat biror
narsaga ehtiyoj sezayotganlarini bildiradilar, balki ma'lum bir tarzda o'z
kechinmalarini ifodalaydilar.
Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoiy vaziyatlar bilan
bog'liq. Bolaning vaziyatni tushunish, vaziyat va undagi o'zgarishlarni
boshdan kechirish muayyan emotsional holatni hosil qiladi .
Bola uchun odatiy bo'lgan vaziyatlarning buzilishiga bola hayot tarzi,
kun tartibining o'zgarishi sabab bo'lishi mumkin. Bu esa ba'zida stress
holatini yuzaga keltiradi. A.I.Mishkis va L.G.Golubevaning ma'lumotlariga
ko'ra, bolalar yangi sharoitlarga moslashishi uchun 2 oy talab qilinadi.
Odatiy vaziyatning buzilishi affektiv reaksiyalar shuningdek,
qo'rquvni keltirib chiqarishi mumkin. Affekt (qisqa muddatli, jo'shqin
kechadigan salbiy emotsional reaksiya) bosh miya po'stlog'i boshqaruv
funksiyasning sustligi natijasi bo'lishi ham mumkin.
Bolalardagi o'zgarish tormozlanishdan ustun kelishi mumkin. Bola
ijobiy emotsiyalarning jo'shqin ifodalanishini tormozlay olmasligi tufayli
qarama- qarshi (salbiy) emotsiyalar paydo bo'lishi mumkin. Masalan,
jo'shqin xursandchilik ko'pincha yig'i va ko'z yoshi bilan tugaydi.
Maktabgacha yoshdagi bola faoliyatining vaqt stkrukturasida
emotsiyalarning tutgan o'rni asta-sekin o'zgarib boradi: dastlabki
bosqichlarda kechinmalar erishilgan natijaning emotsional bahosi sifatida
yuzaga kelsa, keyingi bosqichlarda harakatlarni bajarguncha oldindan
emotsional sezish shaklida vujudga keladi.
L.Z. Neverovich o'tkazgan tajribada 4-6 yoshli bolalar ma'lum ketma-
ketlikda 19 ta aylanachani terib chiqib piramidalar yasashi kerak edi.
Bolalar vazifani nafaqat ishning ahamiyati ularga tushuntirilganda
(piramida o'yin o'ynash uchun kerakligi tushuntirilganda), shu bilan birga
vaziyatni oldindan emotsional sezish hosil qilinganda yaxshi bajarishgan.
Vaziyatni oldindan emotsional sezishni hosil qilish uchun eksperimentator
bolalarga rasmlar ko'rsatadi. Birinchi rasmda yoyilib yotgan aylanachalar
oldida yig'lab o'tirgan bolalar tasvirlangan, ikkinchisida esa yasab bo'lingan
piramidalarni xursandchilik bilan o'ynayotgan bolalar aks ettirilgan.
Bolalar bilan rasmlarni muhokama qilish ularda berilgan vazifani
bajarish yoki bajarmaslik oqibatlari haqida emotsional bo'yoqdor
tasavvurlarni vujudga keltiradi. Bu esa bolalarni berilgan vazifani
oxirigacha bajarishga undaydi. A.V.Zaporojes yozganidek, bola rivojlanib
borar ekan, affektiv va bilish jarayonlari o'zaro aloqaga kirishadi hamda
238
odamlarga xos hissiyotlarning bir butun funktsional tizimini hosil qiladi. Bu
tizim sube'ktga o'z xatti-harakatlarining oqibatlarini nafaqat oldindan
ko'ra bilish, balki ayni vaqtda his eta olish va shu tariqa faoliyatning
murakkab shakllarini adekvat emotsional boshqarish imkonini beradi.
P.M. Yakobson ko'rsatib o'tganidek, maktabgacha yosh davrida
hissiyotning bola harakatlarini motivi sifatidagi roli o'zgarib boradi. 3
yoshgacha bolaning harakatlari nima yoqimsiz-u, nima yoqimli ekanini
anglashga asoslanadi.
3-4 yoshda boladagi jahl, qo'rquv, qayg'urish darhol uni harakatga
undaydi. U boshqa bola bilan urishadi, o'yinchoqni tortib oladi yoki
kimgadir rahmi kelayotganini ko'rsatadi. 4-5 yoshli bola o'z Harakatlarida
hissiyotlarini bevosita namoyon etishdan o'zini tuta olishi yoki oliy
hissiyotlariga asoslanib harakat qilishi mumkin. Emotsiya va hissiyotlar
boshqaruv funktsiyasini bajarib, bolaning xulq-atvorini qayta qurishga
yordam beradi.
Emotsional kechinmalar, xatti-harakatlarni qo'llab-quvvatlaydi,
yo'naltiradi yoki tormozlaydi. Bolaning xulq-atvorini o'zgartirishga
qaratilgan kattalarning ta'sirlari va talablari bola tomonidan emotsinal
qabul qilinsa, bola harakatlarining undovchisi bo'lib xizmat qiladi va
emotsional javobni uyg'otadi. Bolada oliy (ahloqiy hissiyotlar, bilish
xissiyotlari) shakllanishi uchun unda yaxshilik va yomonlik go'zallik va
xunuklik haqida tushuncha hamda bilish ehtiyoji shakllangan bo'lishi
lozim. Hissiyotlar asta-sekin shakllanib boradi. Dastlab bolalar
hodisalarning to'g'ridan-to'g'ri ma'nosini, keyinchalik ularning umumiy
ma'nosini tushunadilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oliy hissiyotlarning qo'shilib
ketganligi xos. Bolalar estetik kechinmalarni chaqiruvchi ob'ekt va
hodisalarni ham, estetik kechinmalarni uyg'otuvchi ob'ekt va vositalarni
ham, intellektual kechinmalarni yuzaga keltiruvchi ob'ekt va hodisalarni
ham "yaxshi" degan umumiy baho bilan baholaydilar. Boshqacha aytganda,
bu davrda bola uchun yaxshi narsa - bu chiroyli, bu mehribon, bu qiziqarli
narsadir. Aynan bir ob'ekt o'zida estetik, axloqiy hissiyotlarni jamlagan
kechinmalarni uyg'otadi.
Keyinchalik maxsus axloqiy va estetik mezonlar asosida analiz qilish
va baholash ko'nikmasi shakllangach, sinkretik (qo'shilib, birlashib ketgan)
hissiyotlar estetik, axloqiy intellektual hissiyotlarga differentsiallashadi
(ajraladi).
Dostları ilə paylaş: |