233
XIV-BOB. BOLALARDA HISSIY SOHANING RIVOJLANISHI
Bobning qisqacha mazmuni:
1.
Maktabgacha tarbiya yosh davrida o’z
-
o’ziga baho berish
2.
Maktabgacha tarbiya yosh davrida o’z
-
o’ziga baho berish
3. Ontogenezda emotsiyalar va hissiyotlar rivojlanishining umumiy
qonuniyatlari
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda oliy hislarning rivojlanishi
14.1. Maktabgacha tarbiya yosh davrida o’z
-
o’ziga baho berish
Bog'cha yosh davrida o'ziga-o'zi baho berish emotsional Xarakterga
ega bo'ladi. Bolaning boshqalarga beradigan bahosi ham shunday
xususiyatga ega bo'ladi. Bola uni o'rab turgan kattalardan qaysi biriga
ishonch his etsa, mehri tovlansa o'sha kishiga ijobiy baho beradi. Katta
bog'cha yoshidagi bolalar ularni o'rab turgan kattalarning ichki olamiga
baho berishga harakat qiladilar. O'rta va kichik bog'cha
yoshidagi
bolalardan farqli ravishda kattalarning ichki olamiga anchagina chuqur va
differensiallashgan baho beradilar.
Aniqlanishicha bolaning guruhda egallagan mavqeining o'ziga o'zi
beradigan bahosiga ta'sir etadi. Masalan, guruhdagi mavqei unchalik
baland bo'lmagan bolalarda o'ziga juda yuqori baho berish, aksincha
guruhdagi mavqei ancha yaxshi bo'lgan bolalarda o'zini past baholash
tendentsiyasi kuzatiladi. Bog'cha yoshining oxiriga kelib, bolaning
atrofdagilarga
beradigan bahosi ancha chuqur, to'liq detallashgan va
kengaytirilgan tus ola boshlaydi.
Bu o'zgarishlar shu bilan tushuntiriladiki, katta bog'cha yoshidagi
bolalarda odamlarning ichki olamiga qiziqish ortib boradi, ular baho
berishda muhim bo'lgan mezonlarni o'zlashtirib boradilar,
tafakkur va
nutqlari rivojlanib boradi.
Bog'cha yoshidagi bolaning o'ziga-o'zi beradigan bahosida unda
rivojlanib borayotgan g'urur va uyat tuyg'ulari ham aks etadi.
O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion
sohalari shakllanishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Mana shu sohalarning
rivojlanib borishi natijasida bola ham o'zini, ham o'zi egallab turgan
vaziyatni anglashga qodir bo'la boshlaydi, ya'ni unda o'zining ijtimoiy
"men"ini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga
o'tishida hamda uning maktabga psixologik
tayyorligida muhim rol
o'ynaydi. Bog'cha yoshining oxiriga kelib bolaning o'zgalarga va o'z-o'ziga
234
beradigan bahosidagi mustaqillik, tanqidiy ruh ancha o'sadi. Bog'cha
yoshidagi bolaning motivatsion sohasi aktiv rivojlanib boradi. Kichiq
bog'cha yoshidagi bolaning xulq atvori ilk bolalik davrlarida unchalik farq
qilmaydi. Bu davrda ham bolalar asosan situativ emotsiyalari va xohish -
istaklari ta'sirida harakat qiladilar, biror harakatni bajara turib ular nima
uchun shunday qilayotganliklarini to'liq tushunmaydilar va tushuntira
olmaydilar. Katta bog'cha yoshidagi bolalarning xatti - harakatlari ancha
aniq tarzda ro'y beradi.
Har xil motivlar bog'cha yoshining turli bosqichlaridagi bolalarni
aynan bir harakatni amalga oshirishga undaydi. Masalan, 3 yoshli bola
o'yinchoqlarini yuvishidan maqsadi suv o'ynash bo'lsa, 6 yoshli bolaning
maqsadi o'yinchoqlarni
toza qilish, onasiga yordam berishdan iborat
bo'ladi .
Bog'cha yosh davrida motivatsion sohada aynan shu davrga xos
motivlar paydo bo'ladi. Bular orasida bolaning kattalar olamiga bo'lgan
qiziqishi ularga o'xshashga harakat qilishi bilan bog'liq motivlar ham
mavjud.
Maxsus tadqiqotlar (L.Z.Neverovich va b.)ning ko'rsatishicha, o'z
tabiatiga ko'ra ijtimoiy bo'lgan motivlar bog'cha yoshidayoq ancha katta,
hatto, shaxsiy manfaat va faoliyatning tashqi, protsessual tomonlariga
qiziqish kabi motivlardan ham kattaroq undovchi kuchga ega bo'lishi
mumkin. Biroq tabiatan va mazmunan ijtimoiy bo'lgan motivlar spontan
ravishda
tasodifiy, o'z-o'zidan yuzaga kelmay, balki kattalarning
tarbiyalovchi ta'siri ostida shakllanadi.
Demak, bog'cha yosh davrida xulq-atvorning yangi motivlari paydo
bo'ladi. Bu motivlar muayyan o'zaro munosabatlarga kirishib, bir-biriga
bog'langan holda motivlar ierarxiyasini hosil qiladi. Motivlar ierarxiyasi
bog'cha yosh davridagi bolaning motivatsion sohasida paydo bo'luvchi va
uning rivojlanishida juda muhim o'rin egallovchi tuzilma bo'lib hisoblanadi.
Motivlar ierarxiyasidagi motivlarning bir-biriga o'zaro tobe bo'lib
bog'langanligi
tufayli bola muhim, lekin ancha zerikarli vazifani bajarish
uchun ayni damda unga qiziqarli bo'lib ko'ringan mashg'ulotdan voz
kechishi mumkin. Bog'cha yosh davrida faoliyat motivlari ma'lum bir
tizimga tushib, ayrim motivlar boshqalaridan ustun kela boshlaydi. Qanday
motivning ustun kelishi bola hulq-atvorining yo'nalishini belgilab beradi.
Bog'cha yosh davrida bola shaxsining o'zagi endigina shakllanayotgan
bo'lsa ham shu davrdayoq bolalar hulq-atvorida ma'lum bir yo'nalganlik
kuzatila boshlaydi. Bu yo'nalganlik bar xil - egoistik yo'nalganlikdan tortib,
individualistik, ijtimoiy yo'nalganlikkacha bo'lishi mumkin (albatta, ushbu
yoshning imkonyatlari doirasida).
235
Bog'cha yoshidayoq ba'zi bolalar xulq-atvorida yaratuvchanlik, ayrim
bolalarda esa buzg'unchilikka, iste'molchilikka bo'lgan mayllar yorqin
namoyon bo'ladi. Tarbiyachi va ota-onalar bunday mayllarni tez payqab
olishi lozim. Chunki bu salbiy xususiyatlarni o'z vaqtida korreksiya qilish,
ijtimoiy jihatdan qadrlanadigan ehtiyoj va motivlarni shakllantirish, bar bir
bola uchun o'z-o'zini namoyon etishga sharoit yaratish imkoniyatini beradi.
Bola faoliyati atrof olamni va o'zini bilishi, kattalar va tengdoshlar
bilan bo'lgan munosabat jarayonida xilma-xil emotsiya hamda hissiyotlarni
o'zidan o'tkazadi. U atrofda berayotgan hamda o'zi qilayotgan narsalaiga
muayyan munosabatda bo'ladi. Ana shu munosabat bolada ma'lum bir
emotsiya va hissiyotlarni tug'diradi. Emotsiya va hissiyotlar ham voqelikni
aks ettirishning o'ziga xos shakli. U bolaning atrof olamga bo'lgan
munosabati, biror-bir ehtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli
vujudga keluvchi ichki kechinmalarida namoyon bo'ladi.
Emotsiya va hissiyotlar rivojlanishining quyidagi umumiy
yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish mumkin:
bola hayotiy vaziyatining
o'zgarishiga bog'liq ravishda emotsional holatlarning shakllanishi;
emotsiyalar asosida oliy hissiyotlarning shakllanishi; emotsiya va
hissiyotlarning shaxsiy tuzilmalar orasida yangi tuzilma sifatida shakllanib
borishi.
Emotsiya va hissiyotlarning ontogenezdagi rivoji muayyan
Dostları ilə paylaş: