228
tinch o‘tirish, qimirlayvermaslik
kabi harakat
larni nazorat qilish
malakalarini egallaydi.
Bog‘cha yoshidagi bola o‘z idroki, xotirasi, tafakkurini b
oshqara
boshlaydi. Agar 3 yoshli bolaga muzda sirpanchiq uchayotgan bolalar
tasvirlangan rasmni ko‘rsatib, ulardan qayli biri qo‘lqopini yo‘qotganligi
so‘ralsa (bolalardan biri qo‘lqopsiz va qo‘lqop qor ustida yotgani
tasvirlangan) bola bunga javob bermaydi. Masalani hal qilish uchun barcha
rasmdagi figu ralarni ketma-
ket ko‘zdan kechirish lozim. Bolaning nigohi esa
tartibsiz tarzda biridan ikkinchisiga sakrab ketadi, keyinchalik bola kattalar
yordamida ixtiyoriy idrok qilishga o‘rganadi va shunga o‘xshash
masalalarni
muvaffaqiyatli
е
cha boshlaydi. Esda olib qolish
va qayta esga tushirish
boshqariladigan jarayonga aylana boradi. To‘rt yoshga
еtganda bola o‘z
oldiga kattalar topshirig‘ini yoki yoqimli she’rni esda olib qolish maqsadini
qo‘ya oladi. To‘rt yosh
li bolalarda aqliy faoliyatni boshqarish qobiliyati
kuzatiladi. Masalan, boshqotirmani hal qilishda ular qismlarni bir butun,
yaxlit qilib birlashtirishda sabr bilan turli xil variantlarni qo‘llab ko‘radilar,
bunda ular bir variantdan izchil tarzda ikkinch
isiga o‘ta oladilar.
Bu yoshda xulq-atvorni ongli ravishda boshqarish shakllana boshlaydi.
Irodaviy harakatlar yuzaga kelishi bilan bir qatorda ixtiyorsiz, impulsiv
harakatlar ham saqlanib qoladi. Irodaviy harakatlar
genezisiga murojaat
qiladigan bo‘lsak,
maktabgacha davr mobaynida irodaviy harakatlar ham
ularning umuman xulq-
atvoridagi vazni ham o‘zgarib boradi. Kichik bog‘cha
yo shida bolaning xulq-atvori deyarli butunlay impulsiv xattiharakatlardan
tashkil topsa, 4-5 yoshli bolalarda iroda namoyon qilish kuchayadi, biroq
xulq-
atvorda ular katta o‘rin egallamaydi. Faqat katta bog‘cha yoshida bola
nisbatan irodaviy zo‘riqishlarga qobil bo‘la boshlaydi. Shunday qilib,
irodaviy harakatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi Xarakter
li bo‘lib, xulq
-
atvorda ular
ni qo‘llash sohasi hamda egallagan o‘rni chegaralangan.
Bola irodasining rivojlanishi maktabgacha yosh davrida yuz beradigan
xulq-
atvor motivlarining o‘zgarishi bilan uzviy bog‘langan. Bola uchun eng
muhim bo‘lgan motivlar guruhining birinchi o‘rinda turis
hi shunga olib
keladiki, bola qo‘yilgan maqsadga ongli tarzda erisha boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojida o‘zaro
bog‘liq 3 ta tomonni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular:
229
Maktabgacha yosh davrida harakatlar maqsadga yo‘
nalganligining
tarkib topishida vazifani bajarish jarayonidagi
muvaffaqiyat va
muvaffaqiyatsizlik katta ahamiyat kasb etadi. Ular qiyinchiliklarni
е
ngib
o‘tish va maqsadni ushlab turish davomiyligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Maqsadga erishishdagi omadsizlik bolani unchalik tashvishlantirmaydi. 4-5
yoshli bolalarda esa omadsizlik ularni quyushqondan chiqaradi; faoliyat
muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bo‘lsa bolalar ishni oxirigacha
еtkazishga intiladilar. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar ham o‘zlarini shunday
tutadilar. Hatto ularning ba’zilari ishga boshqacha munosabatda bo‘la
boshlaydilar, ni
ma bo‘lsa ham qiyinchiliklarni
еngib o‘tishga harakat
qiladilar, o‘z kuchlarini yana bir bor sinab ko‘rishlari uchun imkon
so‘raydilar,
е
ngilishdan bosh tortadilar.
Bog‘cha yoshi davrida tarbiyachi ta’siri ostida bola o‘z harakatlarini
maqsaddan ancha yiroq motivlarga, xususan ijtimoiy Xarakterdagi
motivlarga (onasiga sovg‘a qilish) bo‘ysundirishga o‘rgana boshlaydi. Bola
irodasiga qarama-qarshi motivla
r to‘qnashish vaziyatlari
alohida talablar
qo‘yadi. Bola bo‘lishi mu
mkin
bo‘lgan ikkita qarordan birini tanlashi zarur
bo‘ladi. Ushbu vaziyatda motivlar kurashi ro‘y beradi va ulardan birining
g‘alabasi bilan yakunlanadi. 3 yoshli bola xulq
-atvori qarama-qarshi
turtkilarning to‘qnashuvi sababli yuzaga keluvchi ichki nizolar bilan
Xarakter
lanadi. Biroq bola ko‘pincha ongsiz, tanlovsiz, kuchliroq turtki ta’siri
ostida harakat qiladi. Ular uchun tanlov vaziyati juda murakkab bo‘lib,
bunday vaziyatga tushib qolgan bola biron-bir qaror qabul qilishga noqobil
Dostları ilə paylaş: