247
Katta yoshdagi maktabgacha ta’
lim tashkilotida o'tkaziladigan
sistemali mashg'ulotlar davomida ayrim ta'lim ishlari, ya'ni o'qish jarayoni
bilan bog'liq bo'lgan malakalar tarkib topadi.
Bola rasm chizish
mashg'ulotlarida qalamni to'g'ri ushlash malakasini orttiradi, sanoq va ona
tili mashg'ulotlarida birdan o'ngacha sanash
va boshqa malakalarga ega
bo'la boradi. Ana shunday malakalarni tarkib toptirishda mashqning roli
kattadir. Ta'limiy mashg'ulotlarda tarbiyachi har bir harakatning qanday
bajarilishini oldin o'zi ko'rsatishi va undan so'ng
bolalardan talab qilishi
kerak. Mashq qilish orqali bolalarda juda elementar hisoblash,
yozish va
o'qish malakalari hosil qilinadi.
Umuman, malaka va odatlarning inson hayotidagi roli bag'oyat katta.
Buni biz maktabga bog'chadan va to'ppa-to'g'ri uydan kelgan bolalarning
taraqqiyot darajalari o'rtasidagi farqdan yaqqol ko'rishimiz mumkin.
43
Dostları ilə paylaş: