130
ta’sir
ko’rsatish unda o’jarlikni paydo qiladi.
Shuningdek, bu yoshdagi
bolalarning o’jarligi doimiy bo’lmaydi, masalan, o’z tengdoshlariga nisbatan
o’jarlik qilish ahyon
-
ahyondagina ro’y beradi, ular asosan katta yoshdagi
odamlarga, shunda ham muayyan tarbiyach
iga yoki oila a’zolarining
birortasiga o’jarlik qiladilar
A.N.Golubeva bolalardagi o’jarlik barqaror emasligi sababli uning
oldini olish mumkinligini uqtiradi. A.P.Larinning tadqiqotida esa noqulay
va nomaqbul tarbiyaviy shart-sharoitlarda
qaysarlik juda erta, hatto uch
yoshda ham paydo bo’lishi ifodalangan. Dastlab o’jarlik ba’zi
-
ba’zida ro’y
beradi, lekin u hech qachon barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan
bo’lmaydi, binobarin, uning ob’ekti alohida shaxs hisoblanadi. Bola
Xarakterining bu sifati mu
hitning noto’g’ri tarbiyaviy ta’siri oqibatida biror
darajada barqarorlashsa, keyinchalik ko’pchilikka
qaratilgan, umumlash
-
gan shaklga kira boshlaydi. O’jarlik bir guruh odamlarga yo’nalganligini
ham uchratish mumkin. A.P.Larin to’plagan ma’lumotlar o’jar
likning asosiy
sabablari -
bolaning mustaqilligini cheklab qo’yish, erkinlik tuyg’usi va
tashabbusini so’ndirish va uning ong xususiyatini (anglash sur’atini)
kamsitishdan iboratligini ko’rsatadi.
Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi
va uning psixik o’sishi davomida muayyan darajada o’zgarib boradi.
Ularning o’zgarishi kattalarning bolaga u erishgan kamolot bosqichini
hisobga olib, oqilona munosabatda bo’lishiga bog’liq. Agar maktabgacha
davrda bolaga tegishlicha munosabatda
bo’linmasa, unda o’jarlik vujudga
kelishi mumkin.
Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo’lgan o’jarlik
va nojo’ya
qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o’zgarish ro’y
berganini, endi unga uning hozirgi o’sish darajasini hisobga olib,
munosabatni amalga oshirish zarurligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: