131
Oila va bog’chada shaxslararo munosabatlar ilmiy asosga qurilib,
oqilona qoidaga suyanilsa va pedagogik odob (nazokat) doirasidan chetga
chiqilmasa, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas.
O’jarlik,
qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi
bolaning
kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish
va kichik maktabgacha yosh
davridan maktabgacha davrga o’tishning tashqi ifodasidir. Mustaqillikka
intilish mazkur yosh davridagi o’zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy
xatti-
harakatni va "men o’zim"ni anglashning mahsuli tariqasida ro’yobga
chiqishi kutiladi.
D.B.El’koninning fikricha, bolaning xohishi bilan bu xohishning
harakatda ifodalanishi o’zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so’zsiz
itoatkorlik uning istagini
umumlashtirishga olib keladi, voyaga
е
tganlar
talabiga mos emasligi sababli shunchaki xohish, qat’iy shaxsiy xohish
darajasiga o’sib o’tadi. Odatda "Men xohlayman", "O’zim bajaraman" kabi
mustaqillikka intilish harakatlari xohishnin
g kuchayishida o’z ifodasini
topadi. Ana shu tariqa bola psixikasida xohishlarning o’zaro uzviy
bog’lanishi, motivlar va ularning kurashi yuzaga kela boshlaydi.
K.M.Gurevich 3-4 yoshli bolalarda motivlarning birlamchi tobeligi va
dastlabki irodaviy harakat
ning paydo bo’lishini tadqiq qilgan. Tadqiqotchi
bolaning oldiga jimjimador o’yinchoqni olish uchun avval o’zi yoqtirmagan
harakatni bajarish topshirig’ini qo’ygan. Buning uchun to’rt qismli tajriba
ishi amalga oshirilgan. Olingan ma’lumotlardan ko’rinadik
i:
a) maktabgacha yosh davrida ezgu orzular
asosida harakat qilish
imkoniyati tug’iladi;
b) mazkur orzularning sabablari o’zaro tobeligi (bog’liqligi) bevosita
sabablarga qaraganda ertaroq paydo bo’ladi;
v) bevosita idrok qilinadigan narsalarga aloqador xohishni bajarishga
qaraganda, narsaning o’ziga aloqador xohishni bajarishni muayyan
muddatga kechiktirish osonroqdir.
Shunday qilib, xohish-
istakka tobe bo’lmaslik holatidan unga nisbatan
dastlabki intilish, xayrixohlik tuyg’usining vujudga kelishi aynan
maktabgacha yoshga to’g’ri keladi. Buning zamirida bolaning mayli, niyati,
orzusi, istagi, tilagi va xohishining mazmuni hamda xususiyatidagi keskin
o’zgarishlar yotadi.
D.B.El’koninning ta’kidlashicha, mazkur o’zgarishlar bevosita idrok
qilinadigan buyumlarga qaratilgan xohishning mantiqan mavhumroq
buyumlarga yo’naltirilgan xohishga aylanishidir. Buning asosiy sabablari,
bir tomondan, bolada oddiy umumlashtirish uquvining paydo bo’lishi
hisoblansa,
ikkinchidan, unda nutq faoliyatining jadal sur’atlar bil
an
rivojlanishidir. Shundan so’ng uning faoliyati jozibador, maftunkor,
jimjimador, yaltiroq narsalarning tashqi alomatlariga va ularni bevosita
132
egallashga aloqador bo’lmay, balki mazkur narsalarning timsoli, tasavvur
obrazlari, kelgusida shularning hammas
ini o’zlashtirish istagi asosiga
quriladi.
Bolaning orzu-istagi doirasidagi hali foydalanilmagan yangi, yashirin,
ammo ro’yobga chiqadigan imkoniyatlar
uning kattalar bilan
munosabatida, muomalasida, muloqotida, o’zining shaxsiy faoliyatida, his
-
tuyg’usining mazmuni va rivojlanishidagi keskin, muhim o’zgarishlar
uchun zarur shart-sharoitlar sifatida xizmat qiladi. Undagi tasavvur bilan
uzviy bog’liq his
-
tuyg’ular xohishni qondirishda oldindan taajjublanish
jarayoniga keng istiqbollar yaratadi. Boladagi mavjud his-
tuyg’ular
xohishni qondirishni bevosita aks ettirish bilan kifoyalanib qolmaydi, balki
kelgusida amalga oshirish mo’ljallangan faoliyatning ahamiyatini ham
o’zida mujassamlantiradi. Shuning uchun bolaning quvonchi bilan qayg’usi
daf’atan qanday maqsadni ko’zlashga (amalga oshirishga) yo’nalganida
emas, balki qaysi faoliyatni (ishni) rejalashtirgani bilan uzviy bog’liqdir.
Bevosita idrok qilinmaydigan holatlarga nisbatan his-
tuyg’u,
murakkab ichki tug’yon va kechinmalarning paydo bo’lishi, keyinchali
k
emotsional o’sish
uchun eng qulay shart
-sharoitlar yaratadi.
L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, bola o’yin faoliyatida bemor singari
yig’laydi, o’yinning ishtirokchisi sifatida quvnaydi. Shuning uchun uning
kechinmalari bemor to’g’risidagi tasavvur obrazl
arining majmuasi bilan,
ularning nisbatan rang-
barangligi bilan aniqlanadi. Bola tanlagan rol’
undagi mavjud kechinmalarning amaliy ifodasi kabi gavdalanadi.
Ertaklar tinglashda bolada qahramonlar to’g’risidagi dastlabki
kechinmalar paydo bo’ladi, unga emotsional ta’sir
etish imkoniyati
tug’iladi, kechinmalarni aks ettirish esa tasavvur doirasida vujudga keladi.
Masalan: doktor - davolaydi, shofyor - haydaydi, sotuvchi - mol sotadi,
uchuvchi -
samolyotni boshqaradi, o’qituvchi
- bolalarga bilim beradi va
hokazo.
D.B.El’konin,
Y
E.A.Arkin,
A.V.Zaporojes
va
boshqalarning
isbotlashicha, mazkur shart-sharoitlar bolada kattalar hayotida faol
ishtirok etish tuyg’usi va istagini vujudga keltiradi. Bu h
olda bolaning
faoliyati kattalar faoliyatidan farqlanadi, uning hayot sharoiti kengayadi,
shaxslararo munosabat va shaxsiy munosabatlarning xususiyati
oydinlashadi, unda voyaga
е
tganlarning kundalik ishlarida faol qatnashish
xohish-istagi kuchayadi.
Ko’pchilik
psixologlarning
tadqiqotlaridan
va
o’zimizning
kuzatishlarimizdan ma’lumki, bolalar mazkur inqiroz davrida bir necha
ko’rinishdagi qaysarlik yoshini bosib o’tadilar.
Ana shu ko’rinishlarning bittasi biz nazarda tutgan davrga, ya’ni
bolaning 3 yoshiga
to’g’ri keladi. Shu davrda uning ruhiy dunyosida sifat va
133
miqdor jihatdan turli o’zgarishlar ro’y beradi. Bu o’zgarishlar uning olamni
o’zicha kashf qilayotganiga, psixikasi ma’lumot
va axborotlar bilan soat
sayin boyib borayotganiga bog’liqdir. Ayni shu y
oshda bolada irodasiga
shonch hissi tug’iladi, u o’zligini anglay boshlaydi. O’zligini anglash qarama
-
qarshiliklarni, ziddiyatlarni
е
ngish bilan amalga oshadi.
27
Dostları ilə paylaş: