128
Rus fiziologlari N.I. Krasnogorskiy va A.G. Ivanov Smolenskiylar
tomonidan ko‘plab o‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, MTT yoshidagi
bolalarning nerv sistemalari o‘z faoliyati jihatidan hali qat’iy bir izga
tushmagan,
o‘zgarib turadigan bo‘ladi. Markaziy nerv sistemasi faoliyat
ining
o‘zgaruvchanligi xususan ilk yoshda ravshan ko‘rinadi. Masalan, bu yoshdagi
bolalarda qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustunlik qiladi. Mana
shuning uchun ham bu yoshda bolalar juda ser
harakat va o‘ta
hayajonlanuvchan bo‘ladilar. MTT yoshidagi bolalarda qo‘zg‘alish jarayo
-
nining nisbatan ustun bo‘lishi tufayli muvaqqat bog‘lanishlar
kattalarga
qaraganda sekinlik bilan maydonga keladi. Shu sababli ularda muvaqqat
bog‘lanishlarni yuzaga ke
ltirish takror-
takror ta’sir etishni talab qiladi. Biroq,
shunga qaramay, hosil etilgan muvaqqat bog‘lanishlar juda
е
ngillik bilan
tormozlanib (o‘chib) qoladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati
tashqi muhitdan bolaga ta’sir qilayotgan bi
ron q
o‘zg‘atuvchining ta’siri bilan
yuzaga keladigan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari ilk yoshdagi
bolalarniki kabi keng irradiatsiyalash (atrofga keng yoyilish)
xususiyatini
saqlab qolgandir. Natijada miya po‘stining ma’lum markazida yuz bergan
qo‘zg‘alish yoki tormozlanish hodisasi miya po‘stida joylashgan boshqa
markazlarga ham keng tarqalib ketadi. Bu bog‘cha yoshidagi bolalarning
ayrim psixik jarayonlarida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun bog‘cha
yoshidagi bolalar o‘z diqqatlarini biron narsaga uz
oq
muddat davomida
qarata olmaydilar.
Nerv sistemasining taraqqiyoti bog‘cha yoshidagi hamma bolalarda bir
xil temp bilan davom etmaydi. Bu murakkab taraqqiyot bolalarning
individual xususiyatlariga va xususan, yashash sharoitlariga, ya’ni oilada
hamda bog
‘chada qanday tarbiyalanishiga bog‘liqdir.
Bolaning tarbiyasi
qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, uning nerv sistemasi shunchalik
normal taraqqiy etadi. Bola nerv sistemasining taraqqiy etishida uning
atrofidagi har turli narsa va hodisalar bilan bevosita mustaqil munosabatda
bo‘lishi ham nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Chunki bunda, ya’ni bolaning
mustaqil harakatlarida uning nerv sistemasi akliv faoliyatda bo‘ladi
va tez
rivojlanadi. Mana shu holatni nazarda tutib, tarbiyachilar bolalarning musta-
qil
faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil etishga alohida e’tibor berib borishlari lozim.
26
Uch yoshli bolalarga to’g’ri tarbiya berish, ta’sir o’tkazish, ularning
harakatlarini maqsadga muvofiq yo’naltirish orqali ularda mustaqil holda
ovqatlanish, kiyinish, yuvin
ish, o’z o’rnini yig’ishtirish ko’nikmalarini tarkib
toptirishga, ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarish malakasini
shakllantirishga erishish mumkin. Mazkur yosh hususiyatlarini tadqiq
qilgan N.M.Shchelovanov, D.B.El’konin va boshqalarning fikricha,
bolaning
26
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti,
2017 yil.- 292-295betlar.
129
uch yoshgacha o’sishida erishgan yutuqlari uning xulq
-atvorini,
bilish
jarayonlarini sifat jihatdan ancha o’zgartirib yuboradi. Shunga qaramay,
bolaning o’sishiga kattalarning ta’siri, roli
е
takchiligicha qolaveradi, lekin
asta-
sekin o’sib borishi mustaqilroq bo’lishini ta’minlaydi. Ammo
maktabgacha yoshdagi mustaqillik ko’pincha bolaning amaliy faoliyatda
uncha kuchli bo’lmagan shaxsiy imkoniyati doirasida kattalar yordamisiz
harakat qilishida, nisbatan oz uchrasa-
da, tobelikdan qutulish tuyg’usi
da
ro’yobga chiqadi.
Dostları ilə paylaş: