214
12.5.2. Obrazli tafakkur va so’z mantqiy tafakkurning bolalarda rivojlanishi 3yoshdan oshgan bolalarning tafakkuri ko‘rgazmali obrazli
Xarakter
ga ega bo‘ladi. Ular o‘zlarining mulohazalarida mavhum
tushunchalarga emas, balki ko‘z o‘ngidagi aniq narsalarga asoslanadilar.
Ko‘rgazmali obrazli tafakkur ko‘rgazmali harakat tafakkuriga qaraganda
nutq bilan ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Bu davrda ham bolalarning turli
faoliyatlarida aniq obrazli tafakkur bilan nutq birga, ya’ni ketma
-ket amalga
oshiriladi. Bolalar ko‘z o‘ngidagi turli narsalar haqida mulohaza
yuritganlarida bu narsalarning nomlarini ataydilar. Lekin bu yoshdagi ba’zi
bolalarning mulohazalarida so‘zlarga nisbatan obrazlar katta o‘rin
egallaydi. Ularning tafakkurida so‘zlar qanda
ydir ikkinchi darajali,
yordamchi rolni o‘ynaydi, so‘zlardan erkin foydalana olmaydilar. Buni
aniqlash uchun professor B.C. Muxina shunday misol keltiradi.
4-
5 yoshli bolalarga ataylab buzilgan o‘yinchoqlar berilib, ularning
buzilish sabablarini aniqlash
va tuzatish talab qilingan. Ko‘pchilik bolalar
buzilgan o‘yinchoqlarning buzilish sababini aniqlab, ularni tuzatganlar.
Lekin qanday qilib tuzatganlarini so‘z bilan aytib bera olmaganlar. Ular
o‘yinchoqlarning mana bu
е
rini unday qildik, mana bu
е
rini bunday qildik,
deb aniq ravishda ko‘rsatish bilan cheklanganlar. Ana shu misoldan ko‘rinib
turibdiki, aniq obrazli tafakkurda ham hali so‘z
еtakchi rol o‘ynamaydi.
4-
5 yoshli bolalar nutqni jadallik bilan o‘zlashtiradilar. Bu yoshdagi
bolalar sodda tarzda umu
mlashtirish, guruhlash qobiliyatiga ega bo‘la
boshlaydilar. Bu davrni mantiqiy tafakkurni egallashga tayyorgarlik davri
deyish mumkin.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkur rivojlana
boshlaydi. 6-7 yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkur taraqqiyotining barcha
imkoniyatlari yuzaga kelgan bo‘ladi. Birinchidan, bu yoshdagi bolalarda
nutq
е
tarli darajada rivojangan, ikkinchidan, tushunchalar tarkib topa
boshlagan. Bolalar obrazlardan, tasavvurlardan foydalanmay, mustaqil
ravishda so‘zlar orqali
tafakkur qila olishlari uchun ular voqelikdagi narsa
va hodisalarning eng muhim xususiyatlarini aks ettiradigan tushunchalarni
o‘zlashtirishlari kerak. Bolalarda avval so‘zlar bilan ifodalanadigan
tasavvurlar tarkib topadi. Le
kin bu tasavvurlar o‘z
-
o‘zid
an tushunchaga
aylanib qolmaydi.
Tushunchalarni tarkib toptirishda bu tasavvurlardan foydalanish
mumkin. Tushunchalar va ularga asoslangan mantiqiy tafakkur shakllari
bolalarning turli sohalarga doir bilim asoslarini o‘zlashtirish jarayonida
tarkib topa b
oshlaydi. Tushunchalarni izchil tarzda o‘zlashtirish
maktabdagi ta’lim bilan bog‘liqdir. Bolalar ma’lum darajada tushunchalarni
215
o‘zlashtirganlaridan so‘ng mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatiga ega
bo‘ladilar. Bun
da bolalar berilgan masalani aql bilan
е
cha oladigan
bo‘ladilar.