218
kvadratlar va poloskalar yordamida bolalarni
narsalarni taqqoslashga,
o‘xshatish va farq tomonlarini ajrata olishga, ayrim narsalardan guruh
tuzish va guruh orasidan bittasini ajratib olishga, narsalarni bir necha teng
qismga, ya’ni 2 ga va 4 ga bo‘lishga o‘rgatish va ularni taqqoslashga o‘rgatib
borish zarur.
Tayyorlov
guruhlariga borganda o‘n ichida
tartib bilan sanashga va
og‘zaki masalalar
еchishga o‘rgatish bilan bola tafakkurini o‘stirish mumkin.
Bolalarning ekskursiya va sayllar paytida kuzatuvchanligi ortadi, ular turli
narsalarni taqqoslashga, analiz-sintez qil
ishga o‘rganadi. Masalan: boqqa
ekskursiyaga chiqqan bolalar bog‘ning
bir chekkasida
е
r kovlayotgan
toshbaqaning
oyoqlarini
belkurakka
o‘xshatsa,
ikkinchi
bola
ekskavatorning kovushiga o‘xshatadi. Bunday taqqoslovchi mulohazalar
bolalar tafakkurini o‘stirishda aktiv ta’sir etadi.
Bolalar juda qiziquvchan bo‘ladilar.
Ular hodisalarning sababini
bilishga, hamma narsaning siridan xabardor bo‘lishga intiladi. Bu ularning
bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqishlaridir. K.D. Ushinskiy
aytganidek: «Qiziqish
bu to‘la fikrlashdir». Bolalar tafakkurini o‘stirishda
ana shu qiziqishlardan ham foydalanish lozim,
chunki qiziqish bolaning
bilimlarini chuqurlashtiradi. Demak, maktabgacha davrda yosh bolaning
tafakkuri tez suratlar bilan o‘sib borar ekan, uni yanada t
araqqiy ettirish va
rivojlantirish hozirgi kunda bolalar muassasalari oldida turgan eng muhim
vazifalardan biridir.
40
Dostları ilə paylaş: