216
Bolala
rning beradigan savollari juda qiziq bo‘lishiga
bir necha
sabablar bor:
1. Bolalar tevarak-
atrofdagi narsa va hodisalarni qanday bo‘lsa,
shundayligicha, ya’ni yaxlit holda, xuddi rasmdagidek aks ettiradilar;
2.
Narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik va
sababiylikni chuqur
analiz va sintez qila olmaydilar;
3. Ularda turli tabiat va jamiyat hodisalariga doir ilmiy tushunchalar
tarkib topmagan va
еtilmagan bo‘ladi;
4.
Bolalarda ularning turmush tajribalari juda oz bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning
beradigan savollaridan ular
tafakkurining aniq obrazli Xarakter
ga ega ekanligi ham ko‘rinib turadi.
Masalan, katta bog‘cha yoshidagi bolalar quyidagi savollarni berishlari
mumkin: Bulutlar nega yuradi? Osmon kattami,
е
r kattami? Yulduzlar
nechta? Osmondagi yulduzlar nima uchun kunduzi ko‘rinmaydi?
Daraxtlar nima
еb o‘sadi? Qorbobo odammi? Hozir qorbobo qaerda?
Nima uchun qorbobo yozda kelmaydi? Elektr toki qayerdan keladi? Nega
simd
a olov ko‘rinmaydi? Bolalarni tabiat
va
jamiyatdagi narsalarning
sababiy bog‘liqligi hamda ichki taraqqiyot qonunlari emas, balki shu
narsalarning o‘zi qiziqtiradi. Ular hamma narsani bilishga intiladilar. Katta
guruh bolalarining gaplariga diqqat qilsak, ular shunday hodisalar haqida
mulohaz
a yurgizishayotganining guvohi bo‘lamiz. «Te
mir
og‘ir narsa
bo‘lgani uchun suvda cho‘kadi, yog‘och
еngil, shuning uchun u oqadi», «Ichi
bo‘sh banka
еngil, shuning uchun u cho‘kmaydi», «Urug‘ni
е
rga eksa,
ko‘karib chiqadi» va shu kabilar.
Ayrim bolalar hadd
an tashqari ko‘p savol beradilar, boshqa bir bolalar
esa deyarli hech savol bermaydilar. Bolalarning juda ko‘plab savollar
berishlari ijobiy Xarakter
ga ega bo‘lib, bu ularning qiziquvchanligi, faolligi
va mustaqilligidan darak beradi. Odatda, juda passiv va tortinchoq bolalar
savol bermaydilar. Bunday bola
larga turli mashg‘ulotlar
va ekskursiyalar
vaqtida tarbiyachining o‘zi savol berishi, shu bilan ularni faollashtirib
borishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar fikr yuritish jarayonida ayni shu
chog‘da i
drok qilayotgan narsalargina emas, balki ilgari idrok qilgan
narsalariga ham tayana oladilar. Masalan, bolaga ilgaridan ma’lum bo‘lgan
biron topshiriq yoki savol berilsa, u o‘z tasavvuriga asoslanib, qiynalmay,
darhol javob qaytaradi. Chunonchi 6
yoshli bi
r boladan «Yong‘oq suvda
cho‘kadimi yoki oqadimi?» deb so‘ralganda, u «oqadi» deb javob bergan.
Bolaning to‘g‘ri javob berganligiga sabab shundaki, u o‘z tajribasida
yong‘oqni suvga tashlab ko‘rgan. Bu bolalarda induktiv va deduktiv xulosa
chiqarishning en
g sodda shakllari yuzaga kela boshlaganini ko‘rsatadi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkurining
Xarakterli xususiyatlaridan
217
biri ular tafakkurining hamon obrazli bo‘lishidir. Ular o‘zlarining
mulohazalarida
mavhum tushunchalarga emas, balki aniq faktlarga
asoslanadilar. Shuning uchun ular mavhum tusda berilgan oddiy vazifalarni
hal qila olmaydilar. Biroq, katta guruh bolalarida, ayrim narsa va
hodisalarning muhim belgilariga qarab, umumlashtirish qobiliyati yuzaga
kela boshlaydi. Masalan, bola olma, o‘rik, nok, olcha, olxo‘ri, uzum, anor, behi
va anjirlarning rasmlarini to‘plab, meva deb ataydi. Ular endi meva degan
umumiy tushunchadan o‘z nutqlarida erkin foydalana oladigan bo‘ladilar.
Bolalar
xilma-
xil rasmli lotolar bilan o‘ynash jarayonida ana shunday
umu
mlashtirishga o‘rgana boshlaydilar. Bunday o‘yinlarda ba’zan
tarbiyachining aralashuvi va bolalarga umumlashtirish yuzasidan (masalan,
hayvonlar, hasharotlar, gullar, qushlar, o‘yinchoqlar va hokazolar) berilgan
topshiriqlarni bajarilishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: