“Umumiy matematika” kafedrasi Mavzu: O'zbekistonda matematika fanini o'qitish metodikasi tarixi va rivojlanishi



Yüklə 379,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix29.01.2023
ölçüsü379,73 Kb.
#81531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Birinchidan - matematikani fan sifatida rivojlanishining haqiqiy mazmuni
yoritilishini. Bularda matematikaning metodlari, tushunchalari va fikrlari qanday 
paydo bo‘lganligi, ayrim matematik nazariyalar tarixan qanday dunyoga kelgani 
yoritilishini. Xalqlarda ma'lum tarixiy davrlarda matematikani rivojlanishini 
xarakteri va xususiyatlarini aniqlashni barcha zamondagi ulug‘ olimlarning 
qo‘shgan hissalarini yoritishni hal qilish. 
Ikkinchidan - matematika tarixi matematikani turli-tuman aloqalarini 
ochishi; jumladan; matematikani odamlarning amaliy ehtiyojlari va faoliyatlari 
bilan aloqasini, boshqa fanlar rivojlanishi bilan aloqasini ochish, jamiyatning 
sotsial va iqtisodiy strukturasiga va sinfiy kurashlarga ta'sirini ochish, xalqlarning 
olim individining, olimlar kollektivining rolini ochishdan iborat. 
Uchinchidan - matematika tarixini o‘rganish hozirgi zamon matematikasini 
mantiqiy mazmunini, rivojlanish dialektikasini va kelajagini to‘g‘ri tushunishga 
yordam berishi kerak. 
Matematika juda qadimgi fanlardan biri bo‘lib dastlabki bosqichlarda o‘zaro 
muomala va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. U asta-sekin rivojlana 
boshladi, ya'ni faktlar yig‘a boshladi. 
Matematika mustaqil fan sifatida vujudga kela boshlaganda uning bundan 
keyingi rivojlanishiga matematik bilimlarning o‘zi ham ta'sir eta boshladi. 
Shulardan ba'zilarini qayd etib o‘taylik. 
1) 
N'yutonning 
(differentsial va integral xisobining ilk kadamlari) 
flyuksiyalarni hisoblash usuli darhol mexanikani masalalarini hal qilishni umumiy 
metodi darajasigacha ko‘tarildi. 



2) Lagranj algebraik tenglamalarni radikallarda hal qilish problemasini 
izlaganda tenglama ildizlarini ―gruppalash masalalarini‖ qaragan edi. Keyinroq 
esa E.Galua gruppalar nazariyasini rivojlantirib, yuqoridagi problemani hal etdi. 
So‘ng XIX asrda A.Keli gruppaga ta'rif berdi. S.Li esa uzluksiz gruppalar 
nazariyasini yaratdi.1890 yilda E.S.Fedorov gruppalar nazariyasi kristollografiyaga 
tatbik etdi. Hozirda esa gruppalar nazariyasi kvant fizikasining ilmiy quroliga 
aylangan. 
Bulardan ko‘rinadiki matematika nafaqat o‘z-o‘zini rivojlantiradi, balki 
boshqa fanlarning rivojlanishiga va aksincha boshqa fan yutuqlari asosida o‘zi ham 
rivojlanadi. 
Matematika metodlarini tabiiy fanlarga tatbiki; 
1) U yoki bu hodisani mazmuniga mos keluvchi matematik masalani bayon 
etish, ya'ni matematik modelini vujudga keltirish va uni echishning metodini 
topish; 
2) Matematik modelni echish va uning forma va metodlarini takomillashtirish 
va mantiqiy kamolotga intilish; 
So‘ngi yillarda fan va texnikaning jadal rivojlanishi (kibernetika, hisoblash 
texnikasi,...) 
ekonomika, 
boshqarish 
sistemasi, 
psixologiya 
sohalarda
matematikaning roli yanada kuchayib ketdi. Matematika tarixi matematikaning 
rivojlanish jarayonida ko‘pdan – ko‘p yorqin dalillar bilan bir qatorda qorong‘u 
zulmat davrlarini boshidan kechirganligidan dalolat beradi. Haqiqatdan, ham din 
peshvolari din ta'limotiga mos kelmagan har qanday yangilikning yo‘q qilishga 
yoki bo‘g‘ishga intilganlar. Faqat ayrim olimlarning katta jasoratigina fanni ilgari 
siljishi uchun imkoniyatlar yaratib bergan. 
Qadim davrda fan boylarning ermagi bo‘lgan. 
O’rta asrlarda esa fan ko’p jihatdan boy-feodallarning manfaatiga, dinga 
buysundirilgan. (Savdo ishlari, hosil bo’lish, meros bo’lish, o’zga yerlarni bosib 
olish, ta'sir doiralarni kengaytirish). 
Kapitalistik 
jamiyatda 
esa 
ilmiy-tekshirish 
institutlari, 
markazlari, 
laboratoriyalar monopoliyalar manfaatiga bo‘ysundirilgan. Shuning uchun 



ularning ishlari ko‘p jihatdan ularga xizmat qiladi (ko‘proq foyda, ...) va bir 
tomonlama rivojlangan bo‘ladi. (XX - asrning 2-yarmigacha). Sotsializm 
mamlakatlarida repressiya yillarida va turg‘unlik davrida bir tomonlikka 
ekonomikani ilmiy planlashtirmaslikka ogishlash kup problemalarni keltirib 
chiqardi. 
Matematika fanida ilg‘or va reaksion kuchlarning kurashi har doim sinfiy 
xarakterga ega bo‘lib kelgan. Ayniqsa tarixiy va filosofik masalalarda bu yaqqol 
ko‘rinib turadi .
Demak, matematika tarixini bilish fanni mantiqan va tarixan rivojlanishining 
asosiy faktlarini va qonunlarini to‘g‘ri bilish va talqin qilish imkonini beradi, 
sxolostikani bartaraf etadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. 

Yüklə 379,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin