“Umumiy matematika” kafedrasi Mavzu: O'zbekistonda matematika fanini o'qitish metodikasi tarixi va rivojlanishi


 Predmet sifatidagi matematika va uning metodikasi



Yüklə 379,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix29.01.2023
ölçüsü379,73 Kb.
#81531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
1.3. Predmet sifatidagi matematika va uning metodikasi 
Hozirgi butun xalq xo'jaligi va ijtimoiy hayotni qayta qurish davri 
texnikaning eng takomillashgan vositalarini talab etadi. Bunga esa faqat fan bilan 
ishlab chiqarishning mustahkam o'zaro hamkorligi asosidagina erishish mumkin. 
Xususan, texnika taraqqiyoti matematik olimlarimiz oldiga nazariy jihatdan 
ishlanib chiqilishi zarur bo'lgan bir qator masalalarni qo'yadi. Bu masalalarning hal 
etilishi o'z navbatida matematika fanining rivojlanishiga, yangi muvoffaqiyatlarga 
erishishiga sabab bo'ladi. 
Texnika va fanning hamkorlikda bunday jadal rivojlanishi yosh avlod – 
bo'lajak ishlab chiqarish kadrlari va ilm muxlislaridan fan yutuqlarini turmush 
talablariga ko'ra foydalana olish darajasida o'zlashtirishni talab etadi. 
Ma'lumki, oliy o'quv yurtlarida matematika o'qitishdan kutilgan maqsad 


13 
talabalarni matematikaning asosiy apparatlari bilan hamda nazariy va amaliy 
masalalarni echish uchun zarur bo'lgan matematikaning elementlari bilan 
tanishtirishdan, yangiliklarni mustaqil o'rganib, uning tadbiqlarini o'zlashtira 
bilishga o'rgatishdan, talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o'stirishdan, 
matematik izlanishlarga va muhandislik masalalarni matematik tilga ko'chirishdan 
iborat. 
Bu maqsadlarga muvoffaqiyatli erishish uchun kurash – intilish o'z 
navbatida matematika fanini o'qitish metodikasini takomillashtirish masalasini 
keltirib chiqaradi. Matematikani o'qitish metodikasi matematika fani, psixologiya 
va pedagogika fanlari bilan bog‘liqdir. Uning zimmasiga predmet sifatidagi 
matematikaning mazmunini aniqlash va uni o'rganuvchilar tomonidan nisbatan 
engil o'zlashtirishni ta'minlashdek vazifa yuklatiladi. 
Yuqoridagi jumladan predmet sifatidagi matematikani hatto oliy o'quv 
yurtlarida ham ravshan ajrata olish lozimligi kelib chiqadi. 
Predmet sifatidagi matematika (o'quv predmeti) – bu aslida sun'iy yaratilgan 
va aniq printsiplar asosida tashkil qilingan ilmiy faktlar va nazariyalarning hamda 
maxsus tanlab olingan misol va masalalarning sistemasidir. 
Bu sistema talabalarga ilmiy faktlar va nazariyalarni tanishtirish maqsadida 
amaliyot talablari asosida, aniq pedagogik qoidalarga rioya qilgan holda yaratiladi. 
Xususan, predmet sifatidagi matematika iloji boricha ko'p faktlarni bayon 
qilishga intilmay, balki oldiga qo'yilgan maqsadga javob beradigan faktlarning 
zarur bo'lganini o'z ichiga oladi. So'ngra predmet sifatidagi matematika, agar 
programma aralash fanlar sohasiga kirishni talab qilsa birgina fan doirasida 
cheklanishi shart emas. 
Shunday qilib, predmet sifatidagi matematika zamonaviy fan taraqqiyoti 
jarayonida yaratilgan faktlarni maxsus o'qitish muassasasi talabiga ko'ra, u erdagi 
talabalarning bilimi va fikrlash qobiliyatini hisobga olgan holda, yorita bilishi 
kerak. 
Matematika predmeti figuralar va kattaliklar haqida gapiradigan bo'lsa, 
o'qitish metodikasi ularga odamlar nuqtai nazaridan yondoshadi. 


14 
Metodikaning maqsadi o'sha figura va kattaliklarni o'rganish talabalarga 
qanday holda manzur bo'lishini, ularda qanday holda qiziqish uyg‘ota olishini 
o'rganishdan iborat bo'lishi lozim. Chunki shu figura va kattaliklarni o'rganishga 
talabalar qiziqsalargina predmetni katta muvoffaqiyatlar bilan o'zlashtirishlari 
mumkin. 
Yuqorida aytilganlardan metodikaning maqsadi qisqa vaqt ichida iloji 
boricha 
to'liq 
bilimlar 
sistemasini 
berishdan 
va 
talabalarning 
fikrlash 
qobiliyatlarini o'stira olishdan iboratdir. 
Ma'lumki, matematika fanini o‘qitishda 2 xil matematik fikrlashlar mavjud: 
1-toifadagilar chuqur abstraktsiyaga ega bo'lgan shaxslar bo'lib, ular matematikani 
kasb sifatida qabul qilsalar, 2-toifadagi kishilar esa boshqa fanlarni vakili sifatida 
matematikadan samarali foydalana oladilar. Keng ma'noda barcha shaxslar 
matematikadan ma'lum bir doiradagi bilimlarga, o'z kasbi, sotsial holatiga ko'ra 
ega bo'lishini tabiiy talab deb qaralgan. Shu bois matematikani o‘qitish 
muammolari ham, mos uslubiyat va didaktikani yaratish muammolari ham turlicha 
va hatto davr va ta'lim tizimlariga bog‘liq. Masalan, ta'lim tizimidagi olmoncha 
modelda talabalardan barcha sohalar bo'yicha mumkin qadar chuqur va atroflicha 
bilim talab etilgan bo'lsa, boshqa, aytaylik AQSh modelida, ixtisoslikka 
yo'naltirilgan chuqur bilimlarni shakllash birinchi navbatda talab etiladi. 
Hozirgi kunga kelib modelning qanday bo'lishidan qat'iy nazar ta'lim tizimi 
pedagogik va axborot texnologiyalariga tayanganligi uchun bu talablar yangi 
sayqal olgan. 
Ta'lim tizimiga axborot va kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi 
matematika fani imkoniyatlarini va ta'sir doirasini kengaytirib yubordi. An'anaviy 
tarzdagi faoliyatlar – o'quv-axborot, o'quv-o'yinlar, tajriba-tadqiqot faoliyatlari, 
mustaqil faoliyatlar qatoriga bevosita talabalarning kompyuter oldidagi o'quv 
faoliyati kelib qo'shiladi. Talabaning kompyuter oldidagi o'quv faoliyati esa yangi 
informatsion texnologiyalari, jumladan, tarmoq texnologiyalariga tayanganligi 
sababli unga abstrakt tushunchalarni chuqurroq anglash, nazariy bilimlarni puxta 
o'zlashtirish va amaliy ko'nikmalarni qamrovli tarzda shakllantirish imkonini 


15 
yaratadi. Bu imkoniyatni bir tomondan, avvalo o'qituvchini dastlabki didaktik 
ishlanmalari 
yaratsa, 
ikkinchi 
tomondan, 
yuqori 
darajadagi 
multimedia 
texnologiyalariga 
asoslangan 
dasturlar 
majmuasi 
ta'minlaydi. 
Ma'lumki, 
rivojlangan mamlakatlardagi etakchi OTMlarida bu masala bosqichma-bosqich 
muvoffaqiyatli hal etilib kelinmoqdaki, natijada bitiruvchilar fan, ta'lim tizimi, 
texnologik jarayonlarda talabalik davrida olgan bilimlarini bevosita tadbiq qila 
olishlari bilan ajralib turadilar. 
Bugungi kunda oliy ta'limda mazmun va sifatni yangilashga alohida e'tibor 
qaratilmoqda. Ta'kidlash joizki, axborotlashgan ta'lim tizimi yo'lga qo'yilayotgan 
bir vaqtda o‘qitishdagi o'quvchi-talaba oldiga qo'yilayotgan barcha muammolar 
(muammoli savollar, topshiriqlar, muammoli boshqotirmalar va sh.k.) kompyuter 
vositasi yordamida, aniqrog‘i turli dasturiy muhitlar yordamida o'z echimini 
topavermaydi. Ya'ni, kompyuter, axborot texnologiyalari qanchalik kuchli vosita 
bo'lmasin, an'anaviy texnologiyalarni, shuningdek, o'qituvchi o'rnini egallay 
olmaydi va o'z navbatida qo'yilgan muammo echimini topib bera olmaydi. Shuni 
nazarda tutgan holda aytish mumkinki, har qanday bilim, har qanday yangilik 
o'quvchi-talabaning izlanishlari, har qanday muammoni echimlarini topishda 
chuqur va atroflicha fikr yuritib, ijodiy yondoshishlari natijasida ―kashf‖ 
qilinsagina o'quv jarayoni o'z samarasini ko'rsatadi. 
Umuman olganda, ta'lim tizimidagi, xususan oliy ta'lim tizimidagi mavjud
muammolar 
va 
kamchiliklarga 
qaramasdan 
tizimda 
olib 
borilayotgan 
axborotlashtirish jarayoni juda tez sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Natijada 
sohadagi muammolar bosqichma-bosqich o'z echimini topib bormoqda. 
Aytish mumkinki, kadrlar tayyorlash tizimi talablari asosida zamon talabiga 
javob beradigan raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda ta'lim 
jarayoniga axborot texnologiyalarini qo'llash orqali erishish mumkinligi hayotiy 
zaruriyat deb qarash mumkin. 


16 

Yüklə 379,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin