Тузувчилар: Эргашев Н. Ш. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси мудири, т ф. д., профессор Якубов Э. А. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хуррамов Ф. М. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хакимов



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə4/60
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#153533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Тиббиётга кириш Болалар хирургияси

Mexanik antiseptika – bu mexanik yo’l bilan mikroorganizmlarni jaroxatdan olib tashlashdir.
Mexanik antiseptika usullariga quyidagilar kiradi: jaroxatga ishlov berish (jaroxatdan yot jismlarni, yiringlarni, va qon laxtalarini olib tashlash, xamda nekrozga uchragan to’qimalarni kesib olib tashlash tushuniladi.
Fizikaviy antiseptika – jaroxatni davolashda va yalliglanishga qarshi kurashda asosiy zamonaviy usullardan biridir.
Fizikaviy antiseptikani asosini quyidagilar tashkil etadi – issiqlik, har xil lampalar, ovoz tovushlari, xar xil nurlar, atrof muhit (havoning namligi va uning harorati), jarohatni ochiq qoldirish va gigroskopik usullar. Shunindek fizikaviy antiseptikaga fizioterapevtik davolar ham kiradi, bular: UVCH-terapiya, elektroforez usullari, diotermiya usuli, ozonoterapiya usuli, davolovchi loylar va boshqalar.
Infektsiyani organizmga tarqalishini oldini olishda va yalliglanish infiltratini so’rilishini ta’minlash maqsadida (UN) – ul’trabinafsha nuri bilan kam miqdorda nurlash ishlatiladi. Bu organizimni immunitetini, aglyutinlarni miqdorini va qon-plazma elementlarini miqdorini oshiradi.
Oxirgi o’n yilda lazer nuri bilan davolash ko’p qo’llanilib kelmoqda. Lazer bilan davolashda lazerni kam miqdordagi nuri foydalanilib kelinmoqda. Bunda geliy-neonli lazer nurlari monoxromatik doirani hosil qilb teriga 0.61 mm; mushakga 2.04 mm gacha ta’sir qiladi. Shuningdek ul’tratovush usullari xam davolashda keng qo’llanilib kelinmoqda.
Kimyoviy antiseptika – mikroorganizmlarga qarshi kurashda turli xil kimyoviy moddalarni qo’llash usulidir. Xozirgi kunda strukturasiga ko’ra turli xil kimyoviy moddalar ishlatiladi.
Ular bo’linadi:

  • Neorganik strukturali moddalar – galoidlilar (xlor va uning birikmalari, yod va uning birikmalari); oksik erituvchilar (bor kislotasi, kaliy permanganat, vodorod peroksid); ogir metallar (simob, kumush va alyuminiy).

  • Organik strukturali moddalar – fenollar, salitsil kislotasi va farmaldigidlar kiradi.

Shuningdek kimyoviy antiseptiklarga kiradigan bakteriyalarga va yalliglanishga qarshi moddalar xam bor. Ularga sul’fanilamid gruppasiga kiradigan antibiotiklar, nitrofuranlar gruppasiga kiradiganlar va sintetik usulda olinadigan turli gruppadagi antibiotiklar.
Sul’fanilamid gruppasiga kiradigan moddalar – streptotsid, norsul’fazol, urosul’fan, sul’fapiridazin. Ular mikroorganizimga ta’siriga ko’ra bakteriostatik mexanizmiga ega. Ya’ni, hujayra hayoti uchun zarur moddalarni sintezini (folieviy va digidrofoliyeviy kislotalarni) to’xtatadi.
Nitrofuran preparatlari 5-nitrofuran hosilalari hisoblanadi va ta’siriga ko’ra keng ta’sir doirali antibiotiklarga yaqin turadi. Lekin ba’zi xollarda ular ko’prok aktivlikga ega va kam zaxarliligi bilan ajralib turadi, keng ta’sir doirasiga ega, ko’pchiligi grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, spiroxettalarga, sodda hujayrali parazitlarga va yirik viruslarga aktiv tasir ko’rsatadi. Bu preparatlarni tabletka formasi ichishga beriladi – furodonin, furazolidon, furagin, furazolin. Vena ichiga – salafur yoki furagin K. Tashqi teriga ko’llaniladigan shakillari – furatsillin.
Ko’pchilik kimyoviy preparatlar klinik amaliyotda to’qimalarni kontakt va implantatsion zaxarlanishni oldini olish uchun, instrumentlarda, qo’l terisida va tikuv materialidagi mikroblar sterilizatsiyasida ishlatiladi. Shuningdek spirt, yod eritmasi, chumoli kislota eritmasi, dioqtsid 1:5000, xlor geksidinning 20% eritmasi jarrox qo’liga ishlov berish uchun ishlatiladi.
Instrumentlarni sterilizatsiyasi uchun chumoli kislota eritmasiga formaldigitni 2% spirtli eritmasini, yoki glyutal’degidni 2% eritmasi solinadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin