Тузувчилар: Эргашев Н. Ш. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси мудири, т ф. д., профессор Якубов Э. А. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хуррамов Ф. М. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хакимов



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə7/60
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#153533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Тиббиётга кириш Болалар хирургияси

Evtanaziya (yoki eytanaziya) (yunon. εὖ - “yaxshi” + θάνᾰτος  “o’lim”), (ingl. Euthanasia yengil (og’riqsiz)) – tuzalmas kasallikka chalingan, chidab bo’lmas azoblarni boshidan o’tkazayotgan inson xayotini to’xtatish yoki qisqartirish, tibbiy ko’rsatma bo’lmaganda og’riqsiz yoki kam og’riqli shakldagi azoblarini to’xtatish iltimosini bajarish amaliyoti. Laboratoriyadagi va daydi xayvonlarni uxlatib o’ldirish xam “evtanaziya” deyiladi.
Evtanaziya ikki turga bo’linadi: passiv evtanaziya (be’mor xayotini ta’minlab turgan davoni tibbiyot xodimlari tomonidan kasddan to’xtatish) va aktiv evtanaziya (o’layotgan be’morga tez va og’riqsiz o’limga olib keluvchi preparatlarni yuborish yoki boshqa amallarni bajarish). Bundan tashqari ixtiyoriy yoki noixtiyoriy evtanaziyalarni farqlash lozim. Ixtiyoriy evtanaziya be’mor iltimosi yoki oldindan berilgan roziligi bilan o’tkaziladi. Noixtiyoriy evtanaziya be’mor roziligisiz, odatda xushsiz yetgan xolatida amalga oshiriladi. U nokompitent bemor bilan qarindoshlari yoki javobgar shaxs tomonidan berilgan rozilik bilan amalga oshiriladi.
Rossiyada aktiv va passiv evtanaziya jinoyat xisoblanadi va kasddan sodir etilgan jinoyat kabi tasniflanadi. O’zbekistonda evtanaziyaning barcha turi ta’qiqlangan.


Nazorat savollari:

  1. Yatrogeniya nima?

  2. Yatrogeniyaning qanday turlarini bilasiz?

  3. Yatropatogeniya va uning profilaktikasi.

  4. Evtanaziya nima va uning qanday turlari bor?



Adabiyotlar:

  1. Rusakov V.I. K probleme yatrogenii\\ Xirurgiya 1998 №7 3-7 betlar.

  2. Doletskiy S.YA. Yаtrogeniya v xirurgii \\ YAtrogenniye bolezni i povrejdeniya: Sb. nauchnix rabot – Maxachkala 1991 14-18 betlar.

  3. Akopov V.I. Eticheskiye, pravoviye i meditsinskiye problemi evtanazii\\ Meditsinskoye pravo i etika. 2012 №1 47-55 betlar.



Mashg’ulot №5
BOLALARNI OPERATSIYAGA TAYYORLASHNI ASOSIY TAMOYILLARI. XIRURGIK KASALLIKLAR BILAN KASALLANGAN BOLALARNI OPERATSIYADAN OLDINGI VA KEYINGI DAVRDA PARVALISHLASH. BEMOR, UNING QARINDOSHLARI VA TIBBIYOT XODIMINING O’ZARO TUSHUNISHI VA BIR-BIRIGA BO’LGAN ISHONCHI. QABUL BO’LIMIDA BEMORLARNI SANITAR TOZALASH.

Operatsiyaga bolalarni tayyorlash. Xirurgiya bo’limlariga keladigan bemorlarni ko’pchiligi operatsiya bo’ladi. Bemor bo’limga yotgandan operatsiya oldi davri boshlanadi va operatsiya riskini kamaytirish, asoratlarni oldini olishga qaratilgan harakatlar bo’ladi. Operatsiyadan oldingi davr mohiyati bo’yicha operatsiyaga tayyorgarlik davri hisoblanadi. Bu davrda har xil a’zo va sitemalarni funksional holati o’rganiladi, operatsiyaga tayyorgarlik o’tkaziladi. Bu davrdagi harakatlar umumiy (hamma operatsiyadan oldin o’tkaziladi) va maxsus (faqat ma’lum operatsiyalardan oldin o’tkaziladi) harakatlarga bo’linadi.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin