Тузувчилар: Эргашев Н. Ш. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси мудири, т ф. д., профессор Якубов Э. А. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хуррамов Ф. М. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хакимов


Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə14/60
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#153533
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
Тиббиётга кириш Болалар хирургияси

Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi: bemorlar, patogen mikroorganizmlar tashuvchilar, bemorlarni parvarishida ishtirok etuvchi tibbiy xodimlar, shu jumladan talabalar, bemor qarindoshlari.
Kasalxona ichi infeksiyasining polietiologligi va patogen manbalarining hamda bu kasallikning mexanizmlarining xilma-xilligi, uzatish yo’llari va omillarining turliligi kabi xususiyatilarini belgilaydi.
Kasalxona ichi infeksiyasining infeksiya qo’zg’atuvchilari havo-tomchi, havo-chang, transplatsentar, alimentar, transfuzion hamda jinsiy yo’llar va homilaning tug’ruq yo’lidan o’tish vaqtida ham yuqishi mumkin.
Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish
I. Nospetsifik profilaktikasi

  • Statsionar va ambulatoriya poliklinikalari tashkilotlari inshootlarini ratsional rejalashtirilgan me’moriy yechimlari prinsipiga muvofiq qurish va rekonstruksiya qilish.

  • Sanitariya-texnik tadbirlar: samarali sun’iy va tabiiy shamollatish; suv ta’minotini tartibga solish va unga yetarli shart-sharoitlarini yaratish.

  • Sanitariya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar: kasalxona ichi infeksiyasini epidemiologik kuzatuvi, shu jumladan, kasalxona ichi infeksiyasi tarqalishini tahlil qilish; tibbiy muassasalarda sanitariya-epidemiyaga qarshi kurashni nazorat qilish.

  • Dezinfeksiya va sterilizatsiya choralari: kimyoviy dezinfeksiya vositalaridan foydalanish; fizik dezinfeksiya usullarini qo’llash; asboblarni va tibbiy jihozlarni sterilizatsiyadan oldingi tozalash; ultrabinafsha bakteritsid nurlatish; xonani dezinfeksiya qilish;

  • Aseptika – mikroorganizmlarning yaraga va umuman tanaga kirishini oldini olishga qaratilgan tashkiliy profilaktik tadbirlar kompleksidir.

  • Antiseptika – yara va umuman tanada mikroorganizmlarni yo’q qilishga qaratilgan terapevtik va profilaktik choralar majmui.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin