Tuzuvchilar: A. A. Usmanxodjaeva O. N. Vыsogorseva


Moduldagi ma’ruza mashg‘ulotlari mavzulari va mazmuni, tashkil bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə3/12
tarix19.06.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#132590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3.1. Moduldagi ma’ruza mashg‘ulotlari mavzulari va mazmuni, tashkil bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar:


5-semestr


1-mavzu. “Fizioterapiya” moduli, tushunchasi va vazifalari. Fizik omillarning klassifikatsiyasi, ta’sir mexanizmlari.

Talabalarni “Fizioterapiya” moduli bilan tanishtirish. Fizioterapiya tarixi. Ibn Sinoning fizioterapiya sohasidagi ilmiy merosi. Umumiy va xususiy fizioterapiyani o‘rganish maqsadi va vazifalari, fizik muolajalar yordamida kasallikning oldini olish. Fizik omillarning ta’sir mexanizmi. Fizioterapiyaning asosini tashkil qiluvchi fizik omillar, klassifikatsiyasi. Umumiy ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Fizioprofilaktika to‘g‘risida zamonaviy tushunchalar.




2-mavzu. Doimiy va impulsli toklar.

Galvanik toklarga fizik xarakteristika. Xujayra va to‘qimalarda kechadigan biofizik jarayonlar. Odam organizmiga doimiy tokning ta’sir mexanizmi. Qo‘llanilishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.


Elektroforez haqida tushuncha. Elektroforezning afzalligi. Elektroforez usulida dori moddalarini organizmga kiritish qoidasi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.


Impulsli toklar, impuls shakllari va chastotasiga nisbatan klassifikatsiyasi (elektr uyqu, diadinamik toklar (DDT), sinusoidal modullangan toklar (SMT, amplipulsterapiya), flyuktuorizatsiya). Davolovchi ta’sir mexanizmi, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.




3-mavzu. Elektr toki bilan davolash (o‘zgaruvchan toklar va har xil turdagi elektrmagnit maydonlari).

O‘zgaruvchan toklarning fizik xarakteristikasi. YUqori chastotali terapiya usullari, ularni tebranish chastotasi, energiyani yuborish usullari va apparat tuzilishiga binoan farqi (Darsonvalizatsiya, induktotermiya, ultra yuqori va o‘ta yuqori chastotali toklar). O‘zgaruvchan tok va yuqori chastotali tebranishlar ta’siri ostida to‘qimalarda ro‘y beradigan biofizik hodisalar. Franklinizatsiya. Davolash maqsadida yuqori kuchlanishli doimiy elektr maydonidan foydalanish. Franklinizatsiyaning ta’sir etuvchi omillari. Omil ta’siriga javob reaksiyalar. Har bir omilning fiziologik ta’siri. Xususiy ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.


Magnit maydonining fizik tafsifi. Doimiy, o‘zgaruvchan, impulsli, “yuguruvchi” magnit maydoni manbalari. Magnit maydon ta’sir mexanizmi. Ko‘rsatma, qarshi ko‘rsatmalar.


5
4-mavzu. Fototerapiya. Ultratovushterapiya. Aerozolterapiya.




Baroterapiya.

YOrug‘lik bilan davolash. YOrug‘lik oqimining fizik xarakteristikasi. Turli spektrdagi nurlarning biologik ta’siri. Organizmda kechadigan fotobiologik jarayonlar.


Ultratovush terapiya. Fizik omil tafsifi. Muhitga qarab ultratovushni yutilishi. Ultratovushning asosiy dozimetrik parametrlarni organizmga ta’siri. Ko‘rsatma, qarshi kursatmalar. Qo‘llaniladigan doza va usullari.


Aerozolterapiya haqida tushuncha, ingalyasiya turlari va ahamiyati, qo‘llaniladigan dori moddalari, aeroiono- va gidroaeroionoterapiyaning tutgan o‘rni.


Baroterapiyada qo‘llaniladigan fizik omil, usullari, apparatlari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalari.





Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin